Vikilugʻat:Vandalizm
Ushbu sahifa Vikilugʻat qoida va qoʻllanmalarining bir qismidir. Bu yerda keltirilgan qoidalarga har bir foydalanuvchi rioya qilishi shart. Tahrir qilishdan oldin kiritilayotgan oʻzgarishlar konsensusga muvofiqligiga ishonch hosil qiling. Qoidalarni sahifa munozarasida muhokama qilish mumkin. |
Vikilugʻatda vandalizm bu — lugʻat ishonchliligi va obroʻsiga putur yetkazish maqsadida qasddan qilingan nomaqbul maʼlumotlar qoʻshish, oʻchirish yoki tarkibni oʻzgartirish amali. Asosan, vandalizm sifatli maqolalar mazmunini soʻkinishlar, oʻchirishlar yoki maqola mavzusiga mutlaqo aloqasi boʻlmagan boshqa kontent bilan almashtirishlarda namoyon boʻladi.
Haqiqiy notoʻgʻri tushuncha tufayli notoʻgʻri oʻzgarishlar qilish vandalizm emas.
Vandalizm Vikipediya va/yoki Vikilugʻat uchun katta muammo emas. Chunki maqolalarga kiritilgan barcha oʻzgarishlar maxsus maʼlumotlar bazasida saqlanadi. Shunday ekan, vandalizm qilganlar maʼlumotni butunlay yoʻq qila olmaydi.
Sahifaning vandalizmga uchraganini sezgan foydalanuvchi buzilgan versiyani „orqaga qaytarishi“ kerak. Buni qilish qiyin emas. Vandalga ogohlantirish berish uchun uning munozarasiga yozishda vandal andozasini qoʻshishingiz kerak: {{vandal}}.
Tadqiqotlarga koʻra, inglizcha Vikipediyada vandalizmning aksariyati bir necha daqiqada bartaraf etiladi.
Vandalizm turlari
[tahrirlash]- Spam — oʻz-oʻzini reklama qilish uchun nomaqbul tashqi havolalarni qoʻshish.
- Bot vandalizmi — maxsus bot dasturi yordamida koʻp (yuzlab, minglab) sahifalarni oʻzgartirish (bunday vandalizmni qaytarish ham avtomatik ravishda amalga oshiriladi).
- Yosh bolacha vandalizm — graffit qoʻshish yoki sahifalarni tozalash.
- Ahmoqona vandalizm — hazil-mutoyiba sahifalarini qoʻshish yoki mavjud sahifalarni oʻzgartirish.
- Yashirin vandalizm — aniqlash qiyin boʻlgan vandalizm. Notoʻgʻri maʼlumotlar qoʻshish, sanalarni oʻzgartirish va hokazo.
- Eʼtiborni jalb qilish uchun qilingan vandalizm — haqorat qoʻshish, haqoratli taxalluslarni tanlash, soʻkinish va hokazo.
- Foydalanuvchi sahifalaridagi vandalizm — foydalanuvchi sahifalariga haqoratomuz matn qoʻshish yoki almashtirish.
- Rasm vandalizmi — haqoratli rasmlarni yuklash, GIF animatsiyalarini yaratish.
- Andoza vandalizmi — shablonlarga yuqorida sanab oʻtilganlaridan istalgan birini qoʻshish.
- Nomini oʻzgartirish vandalizmi — sahifa nomlarini haqoratli yoki maʼnosiz qilib oʻzgartirish.
- Qayta yoʻnaltiruvchi sahifada vandalizm — haqoratli maqolalar yoki rasmlarga yoʻnaltirish
Vandalizm boʻlmagan harakatlar
[tahrirlash]Baʼzi harakatlar vandalizmga oʻxshaydi, lekin unday emas. Ayniqsa:
- Wiki kuchini oʻrganish. Baʼzi foydalanuvchilar darhol wiki-belgilarni oʻrganmaydilar. Ularga tashqi va ichki havolalar, jadvallar va boshqalar bilan tajriba oʻtkazish uchun vaqt kerak. Yangi foydalanuvchilarni vandal sifatida qoralash oʻrniga, u tushunmaydigan wiki-belgilarning xususiyatlarini tushuntiring va/yoki tegishli maʼlumot sahifalariga (ayniqsa, Vikilug‘at:Sahifani qanday tahrirlash lozim).
- Neytrallikning buzilishi. Neytral nuqtai nazardan yozish oson emas, hatto Vikilugʻat va Vikipediya faxriylari ham baʼzida bu nuqtai nazardan ideal boʻlmagan narsalarni yozishadi. Bu vandalizm emas.
- Dadil tahrirlar. Vikilugʻat Siyosati — Bemalol tahrir qiling! Baʼzi foydalanuvchilar maqolalarni yaxshilash maqsadida ularga keng qamrovli tahrirlar kiritadilar. Va siz yozgan matnning katta qismini oʻchirib tashlangan yoki jiddiy tahrirlanganini koʻrish siz uchun yoqimsiz boʻlishi mumkin boʻlsa-da, bu vandalizm emas.
- Xatolar. Xatolar taʼrifiga koʻra vandalizm emas. Agar siz maqolada notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud deb hisoblasangiz, iltimos, muallif bilan faktlarni tekshiring va/yoki muhokama qiling.
Vikipediya va Vikilugʻatda taʼqib yoki haqorat qilish taqiqlangan, ammo bu vandalizm emas.
- Kutilmagan oʻzgarishlar. Gʻayrioddiy tahrirlash uslubi vandalizmga kirmaydi. Agar kimdir yaxshi tahrir qilsa-yu, lekin qisqa tavsifda „Salom, bu Vali!“, deb yozsa, bu — vandalizm emas. Bu yangi foydalanuvchi. Doʻstona tarzda, unga qisqacha tavsifni qanday yozishni tushuntiring. Uni bloklamang yoki uning oʻzgarishlarini oʻchirmang.