[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

ovqat

Vikilug‘atdan olingan
2024-yil 1-sentyabr, 11:26 dagi Muzaffar Murodovich (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

ov-qat

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]
  1. Rizkdanish, yeyish-ichish uchun tayyor narsa; yemish, taom, yemak. ◆ Tamli ovqat. Issiq ovqat. Yengil ovqat. Parhez ovqat. Xushxoʻr ovqat. Kechki ovqat. Tushki ovqat. Bolaga ovqat yedirmoq. yash Mulla Norqoʻzi ovqatini yeb, choyga umidvor boʻlib oʻtirganida, koʻcha eshigidan yoshgina bir xotim kirib keldi. A. Qahhor, „Mayiz yemagan xotin“ . ◆ Ahmad brigadir ovqatga non toʻgʻrab, ishtaha bilan ovqatlandi. S. Nurov, „Maysa-larni ayoz urmaydi“ .
    1. Ovqat qilmoq 1) taom tayyorlamoq, pi-shirmoq. ◆ Tezroq uyga borib, cholning ogʻziga yoqadigan ovqat qilib berishga shoshilardi. S. Ahmad, „Yulduz“ . 2) taom yemoq, ovqatlanmoq. ◆ Biz.. ularni yonimizga, birga ovqat qilishga chaqirdik. A. Rahmat, „Soqov bola“ .
  2. Ovqatlanish. ◆ Sidiqjon ovqatdan keyin qoʻliga gazeta olgan edi, bir maqolani yarim-latmasdan koʻzi suzildi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
    1. Ovqat ustida Ovqat yeyilayotgan vaqtda, dasturxon ustida. ◆ Ovqat ustida hech kim or-tiqcha soʻzlamadi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
  3. Uy hayvonlarining yem-xashagi; oziq; ozuqa. ◆ Mollarga ovqat solmoq.
  4. Yeyish, ichish, tirikchilik uchun darkor narsalar; oziq. ◆ Fuod afandi bizga mehribon-chilik qilib, ovqatimizga qarashib turdi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

ov-qat

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]
II \a. oljjl - vaqt (ciij) s. koʻpl.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

Vaqt(lar), davrlar, mavsumlar; tirikchilik, kun oʻtkazish.

Ovqat(ini) oʻtkazmoq Tirikchilik qil-moq, kun kechirmoq. ◆ Katta oʻgʻli har kimlarga suv tashib berib, ovqatini oʻtkazib yurardi. Oydin, „Hazil emish“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Taom, Luqma, Rizq

Antonimlari

[tahrirlash]

ОВҚАТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

ovqat
1 пища, кушанье, еда; ◆ yengil ovqat лёгкая пища; ◆ ogʻir ovqat тяжёлая пища; ◆ xushxoʻr ovqat аппетитное кушанье; ◆ ovqat oldidan или ◆  ovqatday oldin перед едой; ◆ ovqatdan keyin после еды; ◆ kechki ovqat ужин; ◆ ovqat qilmoq 1) готовить пищу; 2) кушать, есть, принимать пищу; ◆ men hali ovqat qilganim yoʻq 1) я ещё не готовил пишу; 2) я ещё не ел; ◆ ovqat bermoq кормить; ◆ ovqat oʻtmaydi 1) кусок не идёт в горло; ◆ usiz mendan ovqat oʻtmaydi без него мне кусок не идёт в горло; 2) не ест (не ем и т. п.); ◆ undan goʻshtli ovqat oʻtmaydi он не ест мясного; ◆ mendan goʻshtsiz ovqat oʻtmaydi я ем только мясное, я ем только мясные блюда;
2 питание; pulsiz (или tekin) ◆ ovqat бесплатное питание;
3 прост. корм; ◆ molga ovqat bermoq давать корм скоту.