fond
[edit]
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[edit]fond
Aytilishi
[edit]Etimologiyasi
[edit]fr. fond < lot. fundus — tub, asos
Maʼnoviy xususiyatlari
[edit]Maʼnosi
[edit]1 Davlat, muassasa va shu kabilarning muayyan maqsad uchun ajratilgan puli, mablagʻi, moddiy boyliklari majmui; jamgʻarma. Valyuta fondi. Ish haqi fondi. Boʻlinmas fond, yash Fondimizda bir yuz ming soʻm pul bor. S. Ahmad, Qadrdon dalalar. Boʻlinmas fondimizda naqd bir yarim million soʻm pul bor. "Oʻzbekiston qoʻrikdari".
2 Qatiy, barqaror daromad keltiruv-chi qimmatbaho qogozlar. Fond birjasi. Fond bozori.
3 Pamlab, ehtiyotlab qoʻyilgan zaxira, boylik. Jamoa xoʻjaligining urugʻlik fondi. Muzey fondi. Uy-joy fondi. Kitob fondi. Tilning lugʻat fondi. yash Muzeyimiz fondi-da Oʻroqovning shaxsiy buyumlari, suratlari saqlanmoqda. N. Safarov, Olovli izlar.
4 Biron-bir ijtimoiy qatlam, aholi guruhiga (bolalalar, nogironlar, badiiy-ijodiy uyushmalarning aʼzolariga) moddiy yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan muassasa, tashkilot. Arxitektorlar fondi. Badiiy fond.
- Oltin fond 1) oltin zaxirasi; 2) koʻchma jamiyat yoki uning biror qismining eng yaxshi intellektual kuchlari. Vatan, inson
— bu kabi mangu, boqiy mavzularda bitilgan asarlar jahon sheʼriyatining oltin fondi-ni tashkil etadi. "OʻTA". Agronom — dav-latimizning oltin fondini tashkil qiluv-chi kadrlarimizdandir. Gazetadan.
Sinonimlari
[edit]Antonimlari
[edit]FOND. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.