qochqin
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashqoch-qin
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashQOCHQIN 'jazodan, tutqunlikdan qochib yurgan kishi1. Otliqlar mirshab bilan birga q o ch q i n — l a r n i qoʻlga tushirish uchun choʻl tomon ot surib ketdilar (Sadriddin Ayniy). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu soʻz asli qach- feʼ-lidan —gʻïn qoʻshimchasi bilan yasalgan (ДС, 400: qachgʻïn 'beglïy'): keyinchalik gʻ undoshi q undoshiga, a unlisi â unlisiga almashgan, ï unliSining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: qach— + gʻïn = qachgʻïn > qachqïn > qâchqin.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlash1 Jazodan yoki jazo oʻrnidan, tutqunlikdan qochgan kishi. ◆ Otshqlar mir-shab bilan birga qochqinlarni qoʻlga tushi-rish uchun choʻl tomonga ot surib ketdilar. S. Ayniy, „Qullar“ .
2 ayn. qochoq 1. ◆ Qayoqdandir dushman sa-molyotlari paydo boʻlib, qishloq ustida va chodir tikib yotgan qochqinlar tepasida ashshna boshladi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ .
3 ayn. qochoq 2. ◆ Uning yakkayu yagona oʻgʻli qochqin — xoin boʻlib chiqadi. Bu hol Ikrom-jon k,albiga zoʻr iztirob soladi. U. Norma-tov, „Musibat va matonat“ .
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashҚОЧҚИН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
tahrirlashRuscha ru
qochqin
1 беглый; // беглец;
2 дезертир; перебежчик.