oyoq
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlasho-yoq
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashOYOQ I 'gavdaning tayanib turishi va harakatla — nishi uchun xizmat qiladigan aʼzo’. Havo ayniydigan boʻlsa, darrov o yo gʻ i m ogʻriy boshlaydi. Bu ot qadimgi turkiy tildagi 'qadamla-’ maʼnosini anglatgan e:d- feʼlining ay- shaklidan -(a)q qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, I, 103; ПДП, 356; Devon, I, 112; DS, 27); oʻzbek tilida a unlilari â unlilariga almashgan: ay— + aq = ayaq > âyâq.
OYOQ II 'suyuqlik quyib ichiladigan kattagina idish’ (oz ishlatiladi). .. shiringina taom hilib be— raman, bir-ikki o yo h boʻza ham keltiraman (Oybek). Bu ot qadimgi turkiy tildagi 'oʻyilgan joy’ maʼnosini anglatgan agʻ otining ay shaklidan (ЭСТЯ, I, 82) ’kichik’ maʼnosini ifodalovchi -(a)q qoʻshimchasi bilan hosil qilingan boʻlsa kerak (ЭСТЯ, I, 104; Devon, I, 112; DS, 27), oʻzbek tilida a unlilari â unlilariga almashgan: ay + aq = ayaq > âyâq. Bu soʻz hozirgi oʻzbek tilida idish-âyâq juft soʻzi tarkibida ishlatiladi.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi I
tahrirlash- Odam, hayvon, qush va umuman jonli organizmlar gavdasining tayanib turishi va yurishi yoki oʻrmalashi uchun xizmat qiladigan aʼzo. ◆ Oʻng oyoq. ◆ Chap oyoq. ◆ Ipak qurtining oyoqlari. ◆ Otning orqa va oldingi oyoqlari. ◆ Do‘st - boshga, dushman oyoqqa boqadi. Maqol ◆ Oʻng oyogʻimni koʻtarsam, chap oyogʻim yerga kirib ketayotgandek boʻlaveradi. Xudoyberdi Toʻxtaboyev, „Shirin qovunlar mamlakati“ ◆ U ["farishta"] atlas koʻylak, lozim kiygan, bosh yalang, oyoq yalang, yoshgina.. bir yigit edi. Abdulla Qahhor, „Mayiz yemagan xotin“ ◆ Sharofat.. oʻziga keldi-yu, oyoq uchida borib, darchaning yoniga choʻnqaydi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“
Oyoq bosmoq - 1) qadam tashlamoq, yurmoq. ◆ Bemor endi-endi oyoq bosyapti. ◆ U oʻng oyogʻini bosolmaydi. Saqlab sukut oyoq bosdi, Xamma jimjit, boshlar quyi. Gʻafur Gʻulom, „Koʻkan“ 2) koʻchma oʻylab, mulohaza bilan ish tutmoq. ◆ Oyogʻingni bilib bos! 3) biror joyga bormoq, kelmoq. ◆ Odam oyoq bosmagan sahro. Siznikiga oyoq bosmaganim boʻlsin!
Oyoq osti (yoki oyogʻ-osti) boʻlmoq - toptalmoq, ezilmoq, bosilmoq, poymol boʻlmoq, bosib-yanchib tashlanmoq.
Oyoqosti (yoki oyogʻosti) qilmoq - toptamoq, ezmoq, bosmoq, poymol qilmoq, bosib-yanchib tashlamoq. ◆ U oʻz haqini tanigan, endi oʻzini birovga oyoq osti qildirib qoʻymaydi. Said Ahmad, „Ufq“
Oyoq ostida - 1) yurish, qadam bosish lozim boʻlgan joyda, odamlarning yoʻli ustida. ◆ Bolalar, oyoq ostida oʻralashmanglar! 2) har qadamda. ◆ Falokat oyoq ostida. Maqol 3) koʻchma poymol boʻlgan bir holda. ◆ Bu zamonda.. haqiqat oyoq ostida qolib ketmaydi. Said Ahmad, „Hukm“
Oyoq ustida - tikka turgan holda. ◆ Mana, oʻrtoqlar, oyoq ustida, ish boshida umumiy yigʻilish ham oʻtkazib oldik. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“
Oyoqda (yoki oyoq ustida, oyoq uzra) turmoq - 1) tik(ka) turmoq. ◆ Oyoqda turgan holda yana bir oz gaplashib, soʻng Eshvoy joʻnab qoldi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ Otabek holsizlanib, oyoq uzra turar. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ 2) oʻzini tutib (tik holatda) turmoq. ◆ U yoʻldan charchab kelganidan, oyoq ustida zoʻrgʻa turar edi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“
Oyoqdan yiqitmoq (yoki yiqmoq) - 1) agʻanatmoq, yiqitmoq; 2) koʻchma ishdan, izdan chiqarmoq, ishni buzmoq. ◆ Bu yolgʻiz Boʻtani beobroʻ qilish uchun emas, kolxozni oyoqdan yiqitish uchun qilingan igʻvo. Said Ahmad, „Hukm“
Oyoqdan qolmoq - yurolmaydigan boʻlib qolmoq, bir joyda oʻtirib qolmoq (qarilik, xastalik, bedarmonlik sababli). ◆ -Boshimga bir mushkul tushdi, — deb gap boshladi Bozor, — bugun ukam birdan kasal boʻlib, ham tildan, ham oyoqdan qoldi. Sadriddin Ayniy, „Doxunda“
Oyoqqa bosmoq - 1) yura boshlamoq (yosh bola yoki bemor haqida); 2) koʻchma yoʻlga, izga tushmoq, tartibga tushib, olgʻa bosmoq, rivojlana boshlamoq. ◆ Kolxozimiz sal oyoqqa bosgandan keyin, oʻzim borib, sizni olib kelaman. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“
Oyoqqa bostirmoq - 1) ayn. oyoqqa turgʻizmoq 1; 2) koʻchma davolab yurgizib yubormoq; 3) koʻchma yoʻlga, izga solib, rivojlantirib yubormoq. ◆ Toʻgʻonni qurib, kolxozimizni oyoqqa bostirib olaylik, uylaringga radio tushirib beramiz. Said Ahmad, „Hukm“
Oyoqqa turmoq - 1) oʻrnidan turmoq. ◆ Devonbegi.. mehmonxonaga kirganda.. butun mehmonxonadagilar oyoqqa turdilar. Sadriddin Ayniy, „Qullar“ 2) koʻchma bosh koʻtarmoq, qoʻzgʻalmoq, qarshi chiqmoq, oyoqlanmoq. ◆ Oʻsha kuni butun shahar oyoqqa turdi. J. Sharipov, „Xorazm“ 3) koʻchma kasaldan sogʻayib, yurib ketmoq. ◆ -Yaxshiligingizni aslo unutmayman, — dedi vrachga bemor, — oyoqqa turib ketay, sizni xursand qilaman. Gazetadan ◆ Qani endi oyoqqa turib ketsa-yu, butun umrini ana shu odamni asrab-avaylash uchun bagʻishlasa. S. Zunnunova, „Koʻk chiroqlar“ 4) koʻchma yoʻlga, izga tushmoq, yaxshilanmoq. ◆ Kolxozimiz qancha oyoqqa tursa, shu bizning dushmanga zarbamiz boʻladi. S. Ahmad, „Hukm“
Oyoqqa turgʻizmoq (yoki qoʻymoq) - q. turgʻizmoq. ◆ Kolxozni kolxoz qilib, oyoqqa turgʻizguncha, eha, qancha qurbon bermadik! Hakim Nazir, „Uzr, otaxon“ ◆ Abdulla uka, butun xalqni qanday qilib oyoqqa turgʻizish mumkin? Sh. Xolmirzayev, „Qahramonning soʻngi kunlari“ - Stol, stul, soʻri, karavot kabi buyumlarning yerga tayanib turadigan qismi, poyasi. ◆ Dadam suvogʻi koʻchgan devorlarga, eski shkaf, oyogʻi maymoq stullarga bir qarab qoʻydi. Sa’dulla Siyoyev, „Yorugʻlik“
- Oxir, adoq. ◆ Koʻchaning boshidan oyogʻigacha tosh terilgan. ◆ Podachi podaning oyoq tomonidan chang yutib, elan-qaran yurib kelayotgan sigirni tayogʻi bilan koʻrsatib: "Anavi seniki", dedi. S. Anorboyev, „Hamsuhbatlar“ ◆ Otabek kishi orqasidan ketdi, oldinma-ketin, soʻzlashmasdangina koʻchaning oyogʻiga qarab borar edilar. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
- Fasl, davr va shu kabilarning oxiri, tugayotgan vaqti. ◆ Kuz kunlarining oyogʻi va qish kunlarining boshi edi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
Oyoqda qoldirmoq - orqada qoldirmoq. ◆ Men bularga oʻrgatarmishman.. Meni oyoqda qoldirib ketishadi bu shumtakalar. H. Nazir, „Olmos“ - Chet, chekka; quyi tomon; etak. ◆ Ekinzorning oyogʻi. ◆ Yerning oyogʻi.
- Uyning, xonaning eshikka yaqin oʻrni; poygak; zid. toʻr II. ◆ Asalxon bir toʻda qizlar bilan oyoqroqda gʻuj boʻlib turganini koʻrgan Soraxon oʻrtaga tushib, yigitlarni chaqib oldi. H. Gʻulom, „Senga intilaman“
Bir oyogʻi toʻrda, bir oyogʻi goʻrda - juda qarib, munkillab qolgan. ◆ Otamning qilayotgan ishiga qarab, yoshini surishtirib: Toʻqsondan oshibsiz, bir oyogʻingiz toʻrda, bir oyogʻingiz goʻrda, tinib oʻtirmaysizmi, — debdi Shukrullo, „Saylanma“
Yengil (yoki suyuq) oyoq yoki oyogʻi yengil - salb. buzuq, fohisha.
Yolgʻiz oyoq yoʻl - q. yolgʻiz.
Ikki oyogʻini bir etikka tiqmoq (yoki suqmoq) - aytganining darhol bajarilishini talab qilmoq, qistovga olmoq. ◆ Otam uylantiraman deb, ikki oyogʻini bir etikka suqib olgan, hol-jonimga qoʻymaydi. Said Ahmad, „Qadrdon dalalar“
Oyoq olish - 1) yurish, qadam tashlash. ◆ Ummatali xotinining oyoq olishiga qarab yuradigan boʻlsa, otliq kelayotgan Akbarali undan oldin Azizxonni topadi, unga biror shikayet yetkazadiganday boʻlib tuyuladi. Said Ahmad, „Ufq“ 2) yurish-turish, xatti-harakat. ◆ Uning oyoq olishi bejo.
Oyoq ostidan chiqmoq - toʻsatdan paydo boʻlib qolmoq. ◆ Dushman uchun kutilmagan bu falokat xuddi oyoq ostidan chiqqandek boʻldi. N. Safarov, „Jangchi Shokir“ ◆ Oʻsha katta ish kecha oyoqning ostidan chiqib qoldi. Said Ahmad, „Ufq“
Oyoq tiramoq - oʻz aytganida qattiq turib olmoq, boshqa gapga koʻnmaslik. ◆ Bolalarning boʻyi yetib, toʻy boshlaymiz deganda, qizi qurmagur birdan oyogʻini tirab oldi. Oybek, „Oltin vodiydan shabadalar“ ◆ U uylansam, Mahbubaga uylanaman, boʻlmasa, frontga ariza berib ketaman, deb ikki oyogʻini bir etikka tiqib turib oldi. Said Ahmad, „Ufq“
Oyoq uzatmoq (yoki choʻzmoq) - 1) koʻngli tinchimoq, gʻam-tashvishdan xoli boʻlmoq. ◆ Oftob oyim hamon oyoq uzatmadi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ 2) koʻchma oʻlmoq, jon bermoq.
Oyoq uzmoq - kelib-ketishni toʻxtatmoq, tamoman kelmaslik. ◆ Boʻri Paygʻamov, Nusratbekning bu yerdan oyogʻi uzilib, gaplar bosti-bosti boʻlguncha, panaroqda turdi. S. Nurov, „Maysalarni ayoz urmaydi“
Oyoq uchi bilan (yoki uchida) koʻrsatmoq - mensimaslik, nazarga ilmaslik. ◆ Choʻri qiz boshimizga chiqib, bizlarni oyoq uchi bilan koʻrsatadi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ Odamni oyoq uchida koʻrsatib, kalaka qiladi. Hakim Nazir, „Oʻtlar tutashganda“
Oyoq uchida - sekin, tovush chiqarmay. ◆ Sherali oyoq uchida kelib, devor tagida bir yonboshda uxlashgagina yetadigan joyga oʻtirdi. S. Karomatov, „Oltin qum“
Oyoq chiqarmoq - soʻroqsiz har tarafga bora beradigan boʻlib qolmoq, tartibdan chiqa boshlamoq. ◆ Bizning xotin til chiqargan desam, oyoq ham chiqaripti. Abdulla Qahhor, „Ogʻriq tishlar“
Oyoq qoʻymoq - biror ishga kirishmoq. ◆ Uning roziligini olmasdan turib, bu ishga oyoq qoʻyish mumkin emas. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
Oyogʻi kuygan tovuqdek - bezovtalik bilan, zir yugurib, oʻzini har yoqqa urib. ◆ Odamlar oyogʻi kuygan tovuqdek pishillab yugurdilar. Oydin, „Oʻzidan koʻrsin“
Oyogʻi olti, qoʻli yetti - shodlikdan oʻzini hech qayerga sigʻdirolmaydi, gʻoyat xursand. ◆ Zaynab oyogʻi olti, qoʻli yetti boʻlgani holda, erini toʻrt qavat koʻrpacha ustiga oʻtqazib, yoniga uchta nap yostiqni qoʻydi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
Oyogʻi osmonda - s. t. quladi, yiqildi, ishi chappa. ◆ Lashkarboshi usta boʻlsa, dushman oyogʻi osmonda. Maqol
Oyog‘i osmondan boʻldi (yoki keldi) - s. t. quladi, yiqildi, ishi chappasiga aylandi. ◆ Chekinadigan joy yoʻq, orqada jahannam, bir qadam chekinsak, oyogʻimiz osmondan keladi. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“
Oyogʻi tortmaslik - borgisi kelmaslik.
Oyogʻiga bolta urmoq - q. bolta.
Oyogʻiga bosh urmoq (yoki qoʻymoq) yoki oyogʻiga yiqilmoq - panoh tortib yoki najot izlab kelmoq; sajda qilmoq.
Oyogʻidan tortmoq - s. t. jinoyatda qatnashgan sheriklarini aytib berib, javobgarlikka torttirmoq.
Oyogʻini osmondan keltirmoq - s. t. qulatmoq, agʻanatmoq, oʻrnidan tushirmoq, ishini chappasiga aylantirmoq.
Oyogʻini qoʻlga olib - s. t. tez, gʻirillab. ◆ Shartta oʻrnimdan turib, qalpoqchamni oldim-da, oyogʻimni qoʻlga olib, uy tomon yugurdim. „Yoshlik“
Osmonga chiqsang, oyogʻingdan tortaman, yerga kirsang — qulogʻingdan - mendan qochib qutulolmaysan, qayerga qochsang ham, bari bir, tutib olaman. ◆ [Solihboy:] Mening oltinlarim shunday ziyrak josus.. shunday ulugʻ hokimki, yerga kirsang — qulogʻingdan, osmonga chiqsang, oyogʻingdan tortib, mening qoʻynimga olmaday qilib solib qoʻyadi! Hamza, „Boy ila xizmatchi“
Ogʻir oyoq - homilador.
Sovuq oyoq - ayn. shum oyoq q. shum. ◆ Keng sohilingda kezdi shum oyoq, Sindirdi nechaning boshida tayoq. Gʻayratiy
Yuziga oyoq qoʻymoq (yoki tiramoq) - kimsaning xohishiga qarshi, uning hurmati bilan hisoblashmay ish qilmoq. ◆ Turgʻun akam bshyun raisning yuzlariga qanday qilib oyoq qoʻya olaman. N. Safarov, „Hayot maktabi“ . ◆ Sen yuzingga oyoq tirab ketgan oʻsha beti qattiq xotiningnikiga bordingmi? Said Ahmad, „Ufq“
O‘z oyogʻi bilan - o‘z xohishi, ixtiyori bilan, oʻzicha. ◆ Dard arigisi kelsa, tabib oʻz oyogʻi bilan keladi. Maqol
Oʻz oyogʻidan yitmoq - oʻz ixtiyori, xohishi bilan yoʻqolmoq, yoʻq boʻlib ketmoq.
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlasho-yoq
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashMaʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi II
tahrirlash- esk. Kosa, idish.
- esk. ayn. qadah. ◆ Achchigʻlanma, bek yigit.. shiringina taom qilib beraman, bir-ikki oyoq boʻza ham keltiraman. Oybek, „Navoiy“ ◆ Novcha yigit suzgan boʻzadan ozgina tatib koʻrib, birinchi oyoqni Sultonga uzatdi. Gʻafur Gʻulom, „Shum bola“
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashОЁҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
tahrirlash- Yoqutcha: атах
Ruscha ru
oyoq I
1 нога; ноги; // ножной; ◆ oldingi oyoqlar передние ноги, передние лапы; ◆ yalang oyoq или ◆ oyoq yalang 1) босиком, на босу ногу; 2) босой, босоногий; 3) перен. босяк, оборванец; ◆ oyoq tovushi звук шагов, шум шагов, топот; ◆ oyoq tovushi eshitildi послышались шаги; ◆ oyoq mashina ножная (швейная) машина; ◆ oyoq bosmoq 1) ступить, становиться на ноги, вставать; ogʻriqdan oyogʻimni bosolmay qoldim от боли я не могу ступить на ногу; ◆ u oyoq bosib turolmaydi он не может стоять на ногах; он не стоит на ногах (о больном, пьяном и т. п.); 2) бывать (где-л.), посещать (кого-что-л.); ◆ u biznikiga oyoq bosmay qoʻydi он перестал посещать нас; ◆ oyoqda turib стоя (на ногах); ◆ oyoqda turib tinglamoq слушать стоя; ◆ men uch soat oyoqda turib qoldim я простоял три часа; ◆ oyoq uchida (или ◆ oyoq uchi bilan ) yurmoq 1) ходить на цыпочках, на носках; 2) перен. еле ходить, еле двигаться (о больном); ◆ oyoq olmoq шагать, идти, двигаться; ◆ oyoqqa bosmoq становиться на ноги; идти в гору; налаживаться; ◆ ish oyoqqa bosa boshladi дело стало налаживаться; ◆ oyoqqa turmoq 1) вставать, становиться; 2) перен. становиться на ноги, оправиться; ◆ oyoq uzatmoq вытягивать ноги; ◆ koʻrpangga qarab oyoq uzat посл. (букв. протягивай ноги по своему одеялу) по одёжке протягивай ножки; ◆ oyoq chalishtirib oʻtirmoq сидеть, заложив ногу на ногу, сидеть нога на ногу; ◆ oyoq chalmoq подставлять ножку; oʻz oyogʻi bilan kelmoq (букв. прийти собственными ногами) прийти самому, добровольно, прийти по собственному желанию; bemor tuzalgisi kelsa, tabib oʻz oyogʻi bilan keladi посл. если больному суждено поправиться, то лекарь придёт сам без приглашения (букв. своими ногами); ◆ falokat oyoq ostida погов. (букв. несчастье под ногами) соотв. беда идёт из-за угла; oyogʻi ildam быстроногий, проворный; qoʻli sust kosibdan oyogʻi ildam gadoy yaxshi посл. проворный нищий лучше неумелого сапожника; oyogʻiga yiqilmoq (или bosh urmoq) 1) бросаться в ноги (кому-л.); бросаться к ногам (чьим-л.); 2) кланяться, класть земные поклоны, бить челом; ◆ oyoqdan horimoq сильно уставать, не чувствовать ног (от усталости); ahmoq oʻz oyogʻidan horiydi посл. дурная голова ногам покоя не даёт; ◆ oyoqdan qolmoq 1) быть не в состоянии ходить, переставать ходить (вследствие болезни); ◆ kasal oyoqdan qoldi больной перестал ходить, больной уже не в состоянии ходить; 2) выходить из моды, выходить из употребления, пережить свой век; ◆ oyoq-qoʻl ноги и руки; ◆ oyoq-qoʻlli (или ◆ oyoq-qoʻyan chaqqon ) odam проворный, ловкий, умелый человек; ◆ oyoq kiyimi обувь; ◆ bosh-oyoq kiyim полный комплект одежды и обуви; ◆ bosh-oyoq kiyintirmoq одевать с головы до ног;
2 ножка (стола, стула, штатива и т. д.);
3 конец; ◆ boshdan oyoq с начала до конца, от начала и до конца; полностью, сплошь;
4 конец, край (напр. участка);
5 устье, низовье (реки); ◆ suvga oyoq yer местность, куда по оросительным каналам доходит очень мало воды;
6 место в комнате возле двери, у порога (в противоположность почётному месту); men uyning oyogʻida oʻtirgan edim я сидел в комнате возле двери (не на почётном месте); * oʻz oyogʻidan yitsin! чтоб он пропал!, пропади он пропадом!; birovning oyogʻiga bolta urmoq (букв. ударять топором по чьим-либо ногам) подкапываться под кого-либо, готовить гибель кому-либо; подрубать корни; подрывать основание; oʻz oyogʻiga bolta urmoq (букв. ударять топором по своим ногам) ставить себя под удар; ◆ yolgʻiz oyoq yoʻl тропа, тропинка; ◆ ikki oyoqni bir etikka tiqib (букв. всунув обе ноги в один сапог) настоятельно, упорно, не желая идти ни на какие уступки; oyogʻi kuygan tovuqday (букв. как курица, обжёгшая лапы) как угорелый, как ошпаренный; bu ishni oydinda oyogʻim keladi (букв. эту работу я могу сделать ногами при лунном свете) эта работа для меня - пустяки; ◆ oyoq olishi поведение (кого-л.); ◆ uning oyoq olishi bejo у него неважное поведение; oyogʻini osmondan keltirmoq опрокидывать; свергать; разбивать; ставить вверх дном; lashkarboshi usta boʻlsa, dushman oyogʻi osmonda посл. если полководец искусен, противник будет разбит; ◆ oyoq osti boʻlmoq 1) быть попираемым, попираться; 2) подвергаться издезательству; ◆ oyoq osti qilmoq 1) попирать, топтать; 2) издеваться, глумиться, унижать; oyogʻim tortmayapti что-то меня (туда) не тянет, мне что-то не хочется идти (в назначенное место); oyogʻi toʻrtta boʻlmoq рваться, идти с большой охотой; бежать со всех ног; oyogʻini toʻrtta qilmoq разг. шутл. женить (кого-л.); ◆ oyoq uzmoq переставать бывать (где-л.), перестать посещать (кого-что-л.); ◆ oyoq uchi bilan koʻrsatmoq относиться пренебрежительно, с пренебрежением; ◆ oyoqni qoʻlga olib yugurmoq (букв. бежать, взяв ноги в руки) бежать быстро, стремительно; ◆ oyoq oʻyin разг. танец, пляска; ◆ suyuq oyoq 1) женщина лёгкого поведения; 2) развратник; ◆ oyogʻi yengil = suyuq oyoq 1; oyogʻi olti, qoʻli yetti проворный, ловкий; способный (о человеке).
oyoq II
уст. чаша; бокал; деревянная чашка; ◆
- idish-oyoq посуда, всякого рода посуда.