irmoq
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashir-moq
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashIRMOQ ’daryoga quyiluvchi kichik suv yoʻli’. Sir— daryoning irmohlari koʻp. Bu ot asli qadimgi turkiy tildagi suvning oqishini bildirgan ïr- feʼ-lidan (ЭСТЯ, I, 665) -ma qoʻshimchasi bilan yasalgan otga kichraytirish maʼnosini ifodalovchi -q qoʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan; oʻzbek tilida a unlisi â unli — siga almashgan, ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqol-gan: (ïr- + ma- = ïrma) + q = ïrmaq > irmaq > irmâq.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlash1 Birlashib, katga daryo hosil qiluvchi har bir ayrim kichik daryo. ◆ Sirdaryo irmoqlari. m ◆ Yolgiz oqqan irmoq ham foyda keltiradi, qizim, axir, oqib-oqib, daryoga qoʻshiladi-ku! Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ . ◆ Gʻayratlar paxta terayotgan yerlarning oxi-rida Zarafshon daryosining bir irmogʻi — Qoradaryooʻtadi. M. Hazratqulov, Jurʼat.
2 Umuman, daryocha, kichik daryo. ◆ Bu vo-diyning quyoshi ham bizniki, Baxmal qiru zum-rad irmoqlari ham. Gʻ. Gʻulom . ◆ ..Muzliklar ostidan chiqayotgan suv kichik irmoq hosil etib oqardi. S. Karomatov, „Oltin qum“ .
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashИРМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
tahrirlashOt
tahrirlashirmoq (koʻplik irmoqlar)