[go: up one dir, main page]

Moy kislota (butan kislota, etilsirka kislota), SN3—SN2 —SN2 —SOON — rangeiz suyuklik. Mol. m. 88,11. Suyuqlanish temperaturasi — 5,26°, qaynash temperaturasi 163,5°; zichligi 957,7 kg/m3. Suvda eriydi, organik erituvchilar bilan aralashadi. Suv bilan azeotrop aralashma xreil qiladi (qaynash temperaturasi 99,4°, massa jihatidan 18,4% Moy kislota). Sigir sutida (3—4%) va neftda oz miqdorda boʻladi. Sanoatda moy aldegid yoki butanolni katalizator ishtirokida oksidlash, shuningdek, tarkibida kraxmal boʻlgan qishloq xoʻjaligi chiqindilarini bijgʻitish (moy kislotali bijgʻitish) orqali olinadi. Moy kislota ishqoriy-yer metallar (Sa, Sr, Mg, Va)ni nodir-yer elementlaridan tozalashda, ekstragent tuzlarni (mas, kalsiy tuzlarini) yoʻqotish (koʻn sanoatida), xushboʻy moddalar sintezida va boshqalarda qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil