[go: up one dir, main page]

Xudoybergan Devonov

1-O‘zbek fotografi

Xudoybergan Devonov (1878, Xiva — 1938, Toshkent) — birinchi oʻzbek kinooperatori va oʻzbek kinosanʼatining asoschisi.

Xudoybergan Devonov
Tavalludi 1879
Vafoti 1937-yil 5-sentabr
Toshkent
Fuqaroligi Xiva xonligi
Rossiya imperiyasi Rossiya imperiyasi
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi
O‘zbekiston SSR
Kasbi Fotograf
Kinematograf
Ssenariychi
Faoliyat yillari 1908-yildan 1938-yilgacha
Otasi Nurmuhammad Devonov
Xudoybergan Devonov
Xudoybergan Devonov shogirdlari bilan

Hayoti

tahrir

Xudoybergan Devonov 1879-yilda Xorazmda tugʻilgan. Bolaligidan bilimga chanqoqligi va ijodiy isteʼdodi bilan ajralib turgan. U arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Qiziquvchan oʻsmir nemis tilini oʻrgana boshlagan va bu kelgusida uning taqdirini belgilab bergan. XX asr oxirida Xorazmning oʻsha paytdagi hukmdori Muhammad Rahimxon II nemis-mennonitlarning bir necha oilasiga oʻlkada yashashiga ruxsat bergan. Ularning eng yoshi ulugʻi Vilgelm Penner yoki mahalliy odamlarning tili bilan Panor buvada qiziquvchan Xudoybergan birinchi marta fotoapparatni koʻrgan va undan foydalanishga ruxsat soʻragan. Keyinchalik Panor buva shogirdining muvaffaqiyatlaridan xursand boʻlib, unga fotoapparatni sovgʻa qilgan. Shunday qilib 1903-yilda Xudoybergan Devonov Xivaning minoralari va hamyurtlarini suratga ola boshlagan. Avvaliga bu diniy ulamolarning qattiq qarshiligiga uchragan. Biroq fotosuratchini har qanday yangilikka qiziqqan Muhammad Rahimxon oʻz himoyasiga olgan. U nafaqat xon, balki isteʼdodli shoir va bastakor sifatida tarixda qolgan. Hukmdor Xudoyberganga oʻzining suratini olishni buyurgan, keyin esa uni oʻz devoniga ishga taklif qilgan. 1907-yilda Devonov Xiva xonligining bir guruh vakillari bilan birga Sankt-Peterburgga safar qilgan. Tashrifdan soʻng delegatsiya rahbaridan Rossiya poytaxtida bir necha kun qolishga ruxsat soʻragan. Bu yerda 29 yoshli Xudoybergan foto sirlarini oʻrganishni davom ettiribgina qolmay, kinematografiya bilan ham qiziqib qolgan. U ona yurtiga qaytib, Xorazmga birinchi kinoapparatni olib kelgan.[1]

19071908-yillar Moskva, Peterburgdan teleskop, grammofon, foto va kino asboblari olib kelib fotolaboratoriya tashkil etgan. Bu laboratoriya Xorazmda fotokinostudiya vazifasini oʻtagan. Devonov ijodi rus kinosanʼatkorlari faoliyati bilan deyarli bir vaqtda boshlangan.

U „Oʻrta Osiyo meʼmoriy yodgorliklari“, „Turkiston koʻrinishlari“, „Xiva va xivaliklar“ kabi qisqa filmlarni ishlagan. Oʻz filmlarida vatanparvarlik, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan. Xorazm xalqi urf-odatlari ifodalangan mingga yaqin fotosurat yaratdi. XXSR davrida maktab, internatlar ochib, unda foto-kino ishlarini olib bordi. „Oʻzbekistanskaya pravda“ („Oʻzbekistan haqiqati“), „Inqilob quyoshi“ gaz.larida fotomuxbirlik qilib, Xorazm dalalarida birinchi traktorning paydo boʻlishi, dehqonlarga yer taqsimlanishi va ommaviy yigʻilishlarga oid koʻp fotosurat va kinolavhalar yaratdi.

 
Devanovaning kamerasi

Oʻzbek kinostudiyasi tashkil etilgach (1925), Devonovga Xorazmda kino ishlarini olib borish topshirildi. Keyinroq „Sovkino“ning muxbiri etib tayinlandi va Moskvaga „Shoʻr koʻl“, „Ishchi ayollar“ singari syujet va lavhalarini yuborib turdi. Devonov. suratga olgan kinolentalarning koʻpi haligacha topilgani yoʻq. Urganch shahridagi kinoteatr, Xiva shahridagi Devonov, yashagan koʻcha uning nomi bilan yuritiladi. Xudoybergan Devonov — birinchi oʻzbek fotosuratchisi va kinotasvirchisi.

Vafoti

tahrir

1936-yilda Stalin qatagʻonlari avjiga chiqqan davrda, Devonov „xalq dushmani“ sifatida hibsga olingan. 1938-yilda X.Devanov Yangiyoʻl shahridagi siyosiy mahbuslar lageriga joʻnatilgan va 1940-yilda vafot etgan[2].

1958-yilda Xudoybergan Devonovning nomi oqlanib, aybsiz deb topildi.

Manbalar

tahrir
  1. "Xudoybergan Devonov" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. "Xudoybergan Devonov" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil