[go: up one dir, main page]

Bu maqola Vashington shahri haqida. „Vashington“ soʻzining boshqa maʼnolari uchun qarang: Vashington (maʼnolari)

AQSh poytaxti Vashington (Kolumbiya okrugi, DC).

Vashington
Tepa chap: Georgetown Universitetining Healy Hall imorati; tepa oʻng: AQSh Kapitoliyi; markaz: Vashington monumenti; past chap: Frederick Douglass milliy tarixiy joyi; past oʻng: Grajdanlari urushida qatnashgan afroamerikaliklar xotirasiga oʻrnatilgan haykal
Tepa chap: Georgetown Universitetining Healy Hall imorati; tepa oʻng: AQSh Kapitoliyi; markaz: Vashington monumenti; past chap: Frederick Douglass milliy tarixiy joyi; past oʻng: Grajdanlari urushida qatnashgan afroamerikaliklar xotirasiga oʻrnatilgan haykal
Vashington, Kolumbiya okrugining bayrogʻi
Bayroq
Vashington, Kolumbiya okrugining rasmiy gerbi
Gerb
38°53′42″N 77°2′12″W / 38.89500°N 77.03667°W / 38.89500; -77.03667
Mamlakat AQSh
Hukumat
 • mer Vincent C. Gray
Vashington xaritada

Vashington shahri — Amerika Qoʻshma Shtatlarining poytaxti, ilk prezident sharafiga shunday nomlangan. Shahar maydoni 177 kv. km. Aholisi 601 mingdan ziyod (2010). Vashington aglomeratsiyasida (atrofidagi yaqin shaharlarda) 5,4 million kishi istiqomat qiladi[1]. Kolumbiya okrugida, Potomak daryosi boʻyida joylashgan. Shaharni Potomak daryosi Virjiniya va Merilend shtatlaridan ajratib turadi. Vashington shtatidan ajratish uchun odatda shahar Vashington, Kolumbiya okrugi (inglizcha Washington, D.C., Washington, District of Columbia yoki shunchaki D.C.) deb yuritiladi. AQSh federal davlatining uchchala palatasi ham: Kongress, prezident va Oliy Sud, Vashingtonda joylashgan.

Tarixi

tahrir

1790-yil 16-iyulda AQSh konstitutsiyasiga muvofiq ravishda AQSh Kongressi poytaxt okrugi yaratish haqida qaror qabul qilgan. Shu sabab Kolumbiya okrugi hech qaysi shtatga kirmaydi. 1800-yilda hukumat muassasalari Filadelfiyadan Vashingtonga koʻchirilgan.

Okrugni tuzish uchun Maryland va Virginia shtatlari Potomac daryosi boʻylab oʻz yerlaridan joy berishgan. Lekin 1846-yil Kongres Virginiaga oʻz ulushini qaytarib bergan. Vashington shahriga 1791-yil avvaldan majvud boʻlgan Georgetown portining sharq tomonida mamlakatning poytaxti qilib asos solingan. Vashington shahriga ham, shtatiga ham AQShning birinchi prezidenti George Washingtonning (1732—1799) nomi berilgan.

1812—1814-yillardagi Angliya-Amerika urushida Vashington shahri katta zarar koʻrdi. Urushdan keyin qayta tiklandi.

Vashingtonda bir qancha muhim xalqaro konferensiyalar boʻlib oʻtgan va xalqaro bitimlar tuzilgan. 1942-yil yanvarda Vashingtonda 26 davlat deklaratsiyasi imzolandi. Bu deklaratsiyani imzolagan va uni quvvatlagan davlatlar „Birlashgan Millatlar“ nomini oldi. 1949-yil aprelda Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) ham shu yerda imzolangan.

Aholisi

tahrir

Vashington shahrining aholisi 2011-yil 617 996 kishi boʻlgan. 2010-yilgi maʼlumotga koʻra, shahar Amerikaning 24-eng koʻp aholi yashaydigan shahridir. Maryland va Virginia shtatlaridan ishga kelib-ketadiganlarni hisoblaganda shaharning aholisi 1 milliondan oshadi. Vashington shahri va uning atrofidagi maydonning aholisi 5,6 million kishidir.

Iqtisodi

tahrir

Vashington sanoati mamlakat miqyosida ahamiyatga ega emas. Sanoat mahsulotlari asosan mahalliy ehtiyojlar uchun ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, tikuvchilik, poligrafiya, harbiy sanoat korxonalari bor. Aholining koʻp qismi davlat xizmatida, maishiy xizmat koʻrsatish, savdo va moliya ishlarida band.

Madaniyati

tahrir

Vashington mamlakatning yirik ilmiy va madaniy markazidir[2]. Shaharda koʻplab oliy oʻquv yurtlari, jumladan 5 universitet, AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi, Harbiy akademiya, ilmiy jamiyatlar, muzeylar bor. Shaharda yana Kongress kutubxonasi va boshqa kutubxonalar, Milliy sanʼat galereyasi joylashgan. Vashington tashqi qiyofasi bilann AQShning boshqa yirik shaharlaridan farq qiladi. Unda koʻp qavatli baland binolar, yirik korxonalar yoʻq. Bogʻ va xiyobonlar, haykallar, yodgorlik uchun qurilgan binolar koʻp. Vashingtonga har yili millionlagan turistlar kelib ketadi.

Hukumati

tahrir
 
Oq uy

Vashingtonda prezident qarorgohi (Oq uy, 1792—1818-yillarda qurilgan), Kongress binosi (Kapitoliy, 1793—1863), Davlat departamenti, Harbiy shtab (Pentagon), ministrliklar va boshqa oliy davlat muassasalari joylashgan. Amerika davlatlari tashkilotlarining rahbarlik organlari ham Vashingtonda. Shaharda 176 mamlakatning elchixonasi va koʻplagan xalqaro tashkilotlar, savdo birlashmalar, nodavlat tashkilotlar va kasaba uyushmalarining asosiy binolari joylashgan.

Shaharni 1973-yildan beri mahalliy saylangan mer va 13-aʼzoli shahar kengashi boshqarib keladi. Shunday boʻlsa ham, Kongress shaharni boshqarib turadi va shahar qonunlarini bekor qilishi mumkin. Shu sabab Vashington shahri yashovchilarining oʻz-oʻzini boshqarish huquqi boshqa yerdagi AQSh fuqarolarinikidan oz. Shaharning kongresda saylov huquqiga ega boʻlmagan vakili bor, ammo senatorlari yoʻq. 1961-yil ratifikatsiya qilingan oʻzgarishga binoan prezidentlik saylovlarida shahar uch saylov ovozi beradi.

Transporti

tahrir

Vashington yirik transport yoʻllari tuguni. Shaharning janubi-gʻarbida daryo porti mavjud. Shahar joylashgan huddudda uch aeroport bor. Ronald Reagan Washington National Airport Potomac daryosining nargi betida, Arlington, Virginiada joylashgan. Washington Dulles International Airport boʻlsa shahardan 42.3 kilometr masofada Virginianing Fairfax va Loudoun countylarida joylashgan. Baltimore-Washington International Thurgood Marshall Airport boʻlsa 51 km masofoda Marylandning Anne Arundel countylarida joylashgan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir