[go: up one dir, main page]

Undov belgisi — gap oxirida qoʻllanadigan, ikki elementli tinish belgisi (!). Yozma nutqda, ayniqsa, badiiy asarlarda turli tuygʻular, holatlar, har xil emotsionalliklarni ifodalashda Undov belgisi ning roli katta. Undov belgisi, asosan, undov va buyruq gaplar oxiriga qoʻyiladi. Bunda u muayyan gapning emotsional yoki qatʼiy buyruq maʼnosiga ega ekanligini, tugallanganligini, boshqa gaplardan chegaralanish nuqtasini koʻrsatadi. Undov belgisi oʻzbek tiliga rus tili orqali kirib kelgan. U oʻzbek yozuvida 20-asrning boshidan — dastlab "Turkiston viloyatining gazeti"da 1901-yildan, keyinchalik boshqa bosma asarlarda muntazam qoʻllana boshlagan.

!
Undov belgisi
Unicode ichida U+0021
UTF-16 0x21
URL-kod %21
Yana qara
Nuqta

Hozirgi oʻzbek adabiy tilida Undov belgisi, asosan quyidagi hollarda qoʻllanadi: 1) undov gaplar oxirida (Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday falokat, bu qanday mudhish motam! — Oybek); 2) buyruq, tilak, orzu maʼnolarini ifodalagan gaplar oxirida (Onangni qoʻlingda tutsang , singlingni boshingda tut! — Oybek; Fido boʻlsin senga jontanim, onam!); 3) gap boshida kelib, kuchli his-hayajon ifodalagan undalmalardan, undovlardan hamda xa va yoʻq soʻzlaridan keyin (Jamila! Bas, tur oʻrningdan! — Hamza; Yoʻq, yoʻq! Bu ogʻir ishni boʻynimga ololmayman). Undov belgisining qoʻllanishida yana bir qancha xususiy holatlar ham uchraydi.