Taxmon
Taxmon — xona devoridagi koʻrpatoʻshak yigʻib qoʻyiladigan maxsus joy. Oʻrta Osiyo turar joy meʼmorligida mehmonxona toʻrining oʻrtasiga (2 yoni tokchali, chinnilar terilgan), yotoqxonaning 2 yoniga (oʻrtasi tokchali, kiyimlar taxlangan) ishlangan. Taxmonning eni va boʻyi taxlanadigan koʻrpa va sandiq joylanishiga moʻljallangan. Yuqori qismi ravoq va toʻrtburchak shaklda qurilib, ganchkori bezak, muqarnas kosachalar va turli rangdagi yorqin bezaklar bilan pardozlangan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |