[go: up one dir, main page]

Sil, tuberkulyoz – turli aʼzolar, asosan, oʻpkada oʻziga xos yalligʻli oʻzgarishlar roʻy berishi bilan tavsiflanadigan yuqumli surunkali kasallik turi hisoblanadi. Odamlarda uchraydigan Silni ftiziatriya oʻrganadi. Nemis mikrobiologi Robert Kox (1882-yil) sil qoʻzgʻatuvchisini aniqladi (bu qoʻzgʻatuvchi uning sharafiga Kox tayoqchasi deb nomlandi). Sil kasalligi qadimdan maʼlum. Kasallik belgilari Gippokrat, Ibn Sino asarlarida ham taʼriflangan.

Sil

Sil bilan ogʻrigan bemor rentgenogrammasi.
Umumiy maʼlumotlar
Qoʻzgʻatuvchisi Mycobacterium tuberculosis
Yuqish yoʻllari havo-tomchi
kontakt
alimentar
ona qornida yuqish
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Infeksion kasalliklar, pulmonologiya
KXK-10 A15A19
KXK-9 010018
OMIM 607948
DiseasesDB 8515
MedlinePlus 000077
eMedicine med/2324 emerg/618 radio/411
Patient UK Sil
MeSH D014376
Orphanet 3389

Sil kasali oxiri oʻlim bilan tugaydi.

Sil bilan odamlardan tashqari, uy hayvonlari (asosan, qoramol), uy parrandalari (tovuq, kurka) kasallanadi.

Odamlarda kasallikning asosiy manbai oʻpka sili bilan ogʻrib, mikobakteriyalar aralash balgʻam tashlab yuradigan bemorlardir. Sil hammadan koʻp havotomchi yoʻli bilan tarqaladi: yoʻtalganda, aksirganda mikobakteriyali balgʻam va shilliq zarralari havoga tarqalib atrofidagi buyumlargatushadi. Sil mikobakteriyasi, asosan, nafas yoʻllari orqali kiradi. U boshqa mikroblarga nisbatan tashqi muhitning turli taʼsirlariga juda chidamli boʻlib, oʻzining yashash va koʻpayish xususiyatlarini uzoq muddat davomida saqlab qoladi. Quruq holdagi Sil mikrobakteriyasiga 36° haroratda taʼsir etilsa, u 180 kungacha, +70° qizdirilsa 7 soat davomida, oqar suvlarda 150 kun, koʻcha changida 10 kun ichida hayot kechirish va koʻpayish xususiyatlarini yoʻqotmaydi. Ayniqsa, quyosh nuri tushmaydigan zax yerlarda uzoq muddat saqlanib qoladi. Sil mikobakteriyalarining atrofmuhitda uzoq vaqt saqlanishi Sil kasalligining idishtovoq, kiyimkechak, oʻrinkoʻrpa va boshqa orqali yuqish ehtimolini tugʻdiradi. Silning ochiq va yashirin shakli farq qilinadi. Silning ochiq shaklida bemor balgʻamida Sil mikobakteriyalari topiladi; bemor gigiyena qoidalariga rioya qilmasa, boshqalarga kasal yuqtiruvchi boʻlib qolishi mumkin. Silning yashirin shaklida mikobakteriyalar balgʻamda topilmaydi, bunday bemorlar atrofidagilar uchun yuqumli boʻlmaydi. Sil bilan ogʻrigan bemor barcha gigiyena qoidalariga rioya qilsa, amalda atrofdagilar uchun xavfli boʻlmaydi. Sil mikobakteriyalari faqat oʻpkani emas, balki organizmda soch va tirnoqdan boshqa boʻgʻimlar, suyaklar, miya pardalari, buyraklar va boshqa aʼzolarni zararlaydi. Sil kasalligiga aksari yosh bolalar (chunki ularda hali immunitet sust rivojlangan boʻladi), balogʻatga yetish davridagi oʻsmirlar (nervendokrin boshqaruvining beqarorligi tufayli), shuningdek, organizmning infeksiyaga chidami susaygan yoshi katta odamlar chalinadi. Oʻpka siliga xos belgilar kasallik shakliga, yoshga va boshqalarga bogʻliq.

Birlamchi Silda kasallik alomatlari yaqqol namoyon boʻlmaydi. Biroq teri ostiga tuberkulin yuborib oʻtkaziladigan Mantu sinamasi musbat chiqsa va bemorda kasallikning umumiy belgilari (rang ketishi, quvvatsizlik, uyqu va ishtaha buzilishi, tez toliqish, gavda haroratining koʻtarilishi, tunda terlash) paydo boʻlsa, busilin toksikatsiyasidan darak beradi. Yosh bolalarda kasallik maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga qaraganda ogʻirroq oʻtadi, aksari asoratlar kuzatiladi. Sil intoksikatsiyasi bolalarda roʻyrost namoyon boʻladi; bolaning rangi siniqadi, injiq boʻlib qoladi, ishtahasi yoʻqolib, teztez shamollab turadi. Vrachga oʻz vaqtida borib, bolani toʻgʻri parvarish qilinsa, odatda, butunlay sogʻayib ketadi.

Ikkilamchi Sil – oʻpka silining hammadan koʻp uchraydigan shakli. U oʻpkada va limfa tugunlarida sakdanib qolgan infeksiya „qoʻri“dan kelib chiqadi; noxush sharoitlarda Sil qoʻzgʻatuvchisi faollashib, jarayonni zoʻraytiradi (faol shakli). S mikobakteriyasi bor bemor bilan uzoq vaqt muloqotda boʻlganda Sil qaytalanishi ham mumkin. Bunga organizmning zaiflanishi, sifatsiz ovqatlanish, stresslar, zararli odatlar (chekish, ichkilikbozlik, giyohvandlik), surunkali kasalliklar, oʻpkaning nospetsifik kasalliklari, qandli diabet, gastrit, meʼdaichak yaralari, SPID, shuningdek, homiladorlik va gugʻruqdan keyin organizm himoya qobiliyatining kamayishi va boshqa sabab boʻladi. Odatda, ikkilamchi Sil yoshlikda va oʻrta yoshda paydo boʻladi, oʻz vaqtida davo qilinmasa, kasallik astasekin, lekin toʻxtamay rivojlanadi. Aksari oʻpkaning yuqori boʻlaklarida mayda oʻchoqlar paydo boʻladi (Sil ning oʻchoqli shakli), baʼzan yiringli infiltratlar (Silning yalligʻlangan shakli) kuzatiladi.

Kasallik baʼzan uzoq vaqtgacha hech qanday alomatlarsiz kechadi, biroq, oʻpka sili rivojlanganda, yaʼni Sil mikobakteriyalari koʻpayishi boshlanganda organizmda zaharlanish alomatlari paydo boʻladi: holsizlik, tez charchash, tunda terlash, ozib kegish va boshqa, borabora bemorda yoʻtal zoʻrayadi, hansiraydi, nimjon boʻlib qoladi. Zoʻr berib davolanish kasallik rivojlanishining oldini oladi. Oʻpkadan tashqaridagi Sil (hiqildoq, ichak, buyrak, teri, suyak, boʻgʻim va boshqalar) oʻpka siliga karaganda ancha kam uchraydi. Silni barvaqt aniklash kasallikni toʻlatoʻkis davolash imkonini beradi.

Davosi

tahrir

Davolash, asosan, kasalxona sharoitida, vrach nazorati ostida olib boriladi. Silga qarshi ishlatiladigan zamonaviy doridarmonlardan kasallikning turi va ogʻirengilligiga qarab tayinlanadi. Odatda, bu dorilar uzoq vaqt davomida (bir necha oylab) qoʻllanadi. Silni davolashda foydalaniladigan kimyoterapevtik dorilar maʼlum bir guruxlarga boʻlinadi: izoniazid va uning analoglari, rifampitsin; etambutol, protionamid (etionamid, tizamid (pirazinamid), streptomitsin, kanamitsin, florimitsin va boshqa

Oldini olish ijtimoiy, sanitariya, kimyoviy va maxsus tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirish moddiy hayot sharoitini yaxshilash, aholining umumiy madaniyatini oshirish va sanitariya bilimlarini targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Vrach buyurgan kun tartibiga amal qilish, toʻlatoʻkis ovqatlanish, iloji boricha ochiq havoda boʻlish, xonani botbot shamollatib turish lozim. Sil bilan ogʻrigan bemorlarni kasallikning ilk bosqichlarida aniqlash maqsadida aholini ommaviy tekshirish, yaʼni flyuorografiya tekshiruvidan (kamida 2 yilda 1 marta) oʻtkazish ijobiy natija beradi. Sil ni bolalarda barvaqt aniklash uchun bolalar poliklinikalarida, bogʻchalarida, maktablarda tuberkulin sinamasi oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda barcha yangi tugʻilgan chaqaloqlar vrachning moneligi boʻlmasa, Silga qarshi vaksinatsiya qilinadi; vaqtvaqti bilan (7,12 yoshda) revaksinatsiya oʻtkaziladi.

/lA.Typcynov F. I., Ibrohimov M. A., Sodiqov A. S, Sil, T., 1999.

Abdulla Ubaydullayev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil