[go: up one dir, main page]

Sergey Smorodin (1994-yil 15-fevralda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi[1], darvozabon sifatida oʻynagan.

Sergey Smorodin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergey Dmitrievich Smorodin
Tavallud sanasi 15-fevral 1994-yil (1994-02-15) (30 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi 186 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2013 Paxtakor 0 (0)
2012   Paxtakor-2 - (-)
2013   Andijon 12 (0)
2014 Andijon 20 (0)
2015—2016 Neftchi 17 (0)
2017 Chornomorets Odessa 1 (12)
2018 Green Streets 64 (25)
2019—2020 Chornomorets Odessa - (-)
2021 Krivbas-2 (havaskorlar) - (-)
Milliy terma jamoa
2011 O‘zbekiston U-17 6 (0)
2013 O‘zbekiston U-20 5 (0)
2014 O‘zbekiston U-23 2 (0)
Boshqargan klublari
2021 Krivbas-2 (darvozabonlar murabbiyi)
2021—h. v. Krivbas-2 ayollar jamoasi
(darvozabonlar murabbiyi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

2012-yilgi mavsum birinchi ligada ishtirok etgan „Paxtakor-2“ jamoasi tarkibida oʻynagan. „Paxtakor“ jamoasi tarkibida bu davrda ikki nafar asosiy darvozabon borligi sababli Sergey boshqa jamoaga ijara shartnomasi evaziga ketishga rozi boʻlgan. 2013-yilgi mavsumni Andijon jamoasida ijara asosida boshlagan. Sergey klubdagi dastlabki davrida jamoaning uchinchi darvozaboni hisoblangan, lekin tez orada jamoaning asosiy va ikkinchi darvozabonlarining beqaqor oʻyini tufayli, oʻzini koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan. Oʻsha mavsumda birinchi liganing 12 uchrashuvida maydonga tushgan. Chempionat yakunida „Andijon“ futbolchining shartnomasini sotib olgan[1].

2014-yilgi mavsum avvalida jamoaning ikkinchi raqamli darvozaboni boʻlishi kutilgan edi ammo mavsum davomida Oliy ligada faqat bitta oʻyinda maydonga tushgan. Chempionat yakunida „Neftchi“ klubi Smorodinni „Andijon“ jamoasidan sotib olgan[2] va Fargʻona klubi rahbariyati Sergeyga jamoaning birinchi darvozaboni oʻrnini vaʼda qilgan. Biroq chempionat boshlanishi arafasida klub Qozonning „Rubin“ klubidan darvozabon Yevgeniy Cheremisinni ham sotib olgan[1]. Rahbariyat Sergeyning jamoadagi ahamiyatiga ishontirishiga qaramay, amalda Smorodin ikkinchi darvozabonga aylangan[1].

2017-yil fevral oyida Sergey Ukraina Premyer-ligasining „Chernomorets“ klubi bilan shartnoma imzolagan[3].

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

Turli yosh toifasidagi Oʻzbekiston yoshlar va oʻsmirlar terma jamoalariga chaqirilgan. 2010-yilgi U16 Osiyo chempionati kumush medali sovrindori, 2011-yilgi U17 oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati chorak finalchisi boʻlgan. Bu turnirlar davomida asosan zaxira darvozaboni boʻlgan.

Manbalar

tahrir

Havoalar

tahrir