[go: up one dir, main page]

Qorangkoʻlsoy – Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy, Chirchiq daryosining chap irmogʻi[1].

Qorangkoʻlsoy
Qorangkoʻlsoy oʻrta oqimida
Qorangkoʻlsoy oʻrta oqimida


Havzasi Chirchiq daryosi/Sirdaryo/
Kichik Orol dengizi/Katta Orol dengizi
Suv oqimi
Boshlanishi
 · Boshlanish joyi Qoʻngʻirbuk tizmasi
 · Balandligi 1 600—1 800 m
Quyilishi Chirchiq (daryo)
 · Quyilish joyi Xoʻjakent GESning quyi befi
 · Balandligi 1 093 m
Joylashuvi
Davlat Oʻzbekiston
Mintaqa Toshkent viloyati
Tuman Boʻstonliq tumani
Qorangkoʻlsoy

Gidrologik xususiyatlari

tahrir
 
Qorangkoʻlsoy darasi (quyi oqimi)

Qorangkoʻlsoy – Chirchiqning nisbatan yirik irmoqlaridan biri boʻlib, Gʻalvasoy, Oqsoqotasoy, Parkentsoy va Qizilsoy bilan birgalikda chap tomondagi irmoq hisoblanadi[izoh 1][2]. Havzasining maydoni 15,6 km²[3], suv yigʻilish maydonining oʻrtacha balandligi 1380 m. Qorangkoʻl maydonida oʻlchanadigan yillik oʻrtacha suv sarfi 0,134 m³/s, yillik oqim hajmi 4,28 mln m³, oʻrtacha oqim moduli 8, 57 l/ sek. km², oqim qatlami – 275 sm/yil[4], 40 yillik kuzatuvlarga (1947—1987-yillar) koʻra, suv oqimining oʻzgaruvchanlik koeffitsienti 0,647 tashkil etadi[5]. Kuzatilgan maksimal suv oqimi 26,1 m³/s[3].

Soy oqimi

tahrir

Qoʻngʻirbuk tizmasidan oqib oʻtuvchi Qorangkoʻlsoy Chatqol tizmaslarini kesib oʻtadi[6]. Soy manbalari taxminan 1600-1800 m balandlikda joylashgan. Dastlab daryo toʻliq gʻarbiy yoʻnalishda oqadi, Qorangkoʻl qishlogʻi hududidan shimoli-gʻarbga buriladi. Qorangkoʻlsoy yuqori oqimda toshlar bilan toʻldirilgan tor daralarda oqadi. Qorangkoʻlsoy manbasida ob-havo va suv taʼsirida gʻalati shaklga ega boʻlgan ohaktosh jinslar bor. Soy pastga qarab nisbatan tik yonbagʻirli dara tubida oqadi[6]. Quyilish joyidan 3 km uzoqlikda, oʻng qiyalikdan koʻchki natijasida vodiyning tubi 10-12 m kengligida loy bilan toʻlgan. Bu choʻkindi massa eni yuqorida 5-6 m, quyida 1,0-1,5 m, chuqurligi 3-4 m boʻlgan kanyonga oʻxshash joyni yuvadi. Qorangkoʻlsoy darasi oʻrmonlar bilan qoplangan boʻlib, ularda togʻolcha, doʻlana, naʼmatak, yongʻoq, ozroq yovvoyi olma oʻsadi. Soy sohillarida toʻqay oʻsimliklari zich oʻsadi[7].

 
Qorangkoʻlsoy oʻzanidagi toshlar (quyi oqimi)

Qorangkoʻlsoyning oʻrta oqimida Qorangkoʻl qishlogʻi boʻlib, uning ortida soy oʻng qirgʻogʻida bogʻlar joylashgan. Chap qirgʻoqda esa Toshkent toʻqimachilik kombinatining „Toʻqimachi“ bolalar lageri qurilgan[6]. Qoraqultoʻgʻay qishlogʻi hududida soy suvlari Chirchiq daryosiga Xoʻjakent GESning quyi befida, taxminan 720 m balandlikda quyiladi. Chirchiqqda qoʻshilishdan oldin Qorangkoʻlsoy P-12 avtomagistral va Toshkent-Xoʻjakent temir yoʻlini kesib oʻtadi.

Izohlar

tahrir
  1. Parkentsoy va Qizilsoy Chirchiqdan chiqadigan Chapqirgʻoq Qorasuvga quyiladi

Manbalar

tahrir
  1. "Qorangkoʻlsoy" OʻzME. Ch-harfi (Chirchiq daryosi maqolasida)[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Чуб В. Е.. Изменение климата и его влияние на гидрометеорологические процессы, агроклиматические и водные ресурсы Республики Узбекистан (ru). Toshkent: «VORIS NASHRIYOT» MChJ, 2007-yil — 91-bet. ISBN 978-9943-304-23-9. 
  3. 3,0 3,1 Чуб В. Е.. Изменение климата и его влияние на гидрометеорологические процессы, агроклиматические и водные ресурсы Республики Узбекистан (ru). Toshkent: «VORIS NASHRIYOT» MChJ, 2007-yil — 53-bet. ISBN 978-9943-304-23-9. 
  4. Чуб В. Е.. Изменение климата и его влияние на гидрометеорологические процессы, агроклиматические и водные ресурсы Республики Узбекистан (ru). Toshkent: «VORIS NASHRIYOT» MChJ, 2007-yil — 92-bet. ISBN 978-9943-304-23-9. 
  5. Чуб В. Е.. Изменение климата и его влияние на гидрометеорологические процессы, агроклиматические и водные ресурсы Республики Узбекистан (ru). Toshkent: «VORIS NASHRIYOT» MChJ, 2007-yil — 93-bet. ISBN 978-9943-304-23-9. 
  6. 6,0 6,1 6,2 Колбинцев А. П.. Ташкентский оазис (ru). Toshkent: Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 1983-yil — 45-bet. 
  7. Колбинцев А. П.. Ташкентский оазис (ru). Toshkent: Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 1983-yil — 46-bet.