[go: up one dir, main page]

Palembang — Indoneziyadagi shahar. Janubiy Sumatra provinsiyasining maʼmuriy markazi. Musi daryosining kuyilish joyidan 86 km yuqoridagi port. Aholisi 1,4 mln. kishi (1990-yillar oxiri). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. P. — mamlakatda neft kazib olinadigan asosiy rayonning markazi. Neft va kauchukni qayta ishlash, oziq-ovqat, kemasozlik, toʻqimachilik, qurilish materiallari, azot oʻgʻitlari zavodi bor. Chetga neft va neft mahsulotlari, kauchuk, kofe va hokazo chiqariladi.[1]

Umuman olganda, Palembang aholisi Palembangni shaharning kundalik tili sifatida ishlatishadi. Ayni paytda, muhojirlar odatda o'z ona tillaridan foydalanadilar, masalan, komeringliklar uyda yoki Palembang shahridagi qarindoshlari bilan uchrashganda Komering tilidan foydalanadilar.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil