[go: up one dir, main page]

Metabolizm (grekcha: μεταβολή - metabole - oʻzgarish) — hujayralarda sodir boʻladigan fermentativ reaksiyalar majmui. Metabolizmda organik hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan moddalar va energiya xosil boʻladi. "Metabolizm" termini, koʻpincha, moddalar va energiya almashinuvining hujayrada kechadigan bosqichlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Bu jihatdan Metabolizm tor maʼnoda oraliq almashinuvni, yaʼni moddalarning xujayra ichida oxirgi mahsulotga aylanishini ifodalaydi. Oziq moddalar hujayraga tushgach, bir qator kimyoviy oʻzgarishlarga uchraydi. Bunday reaksiyalarning muayyan tartibda ketma-ket roʻy berishi metabolitik yoʻl, hosil boʻlgan oraliq mahsulotlar metabolitlar deyiladi. Metabolizm anabolizm va katabolizmdan iborat. Anabolizmda hujayralar va toʻqimalar tarkibiga kiruvchi moddalar sintezlanadi, hujayra tarkibi yangilanadi. Anabolitik reaksiyalar, asosan, qaytarilish reaksiyalaridan iborat boʻlib, ular erkin kimyoviy energiya sarf boʻlishi orqali boradi (qarang Qaytarilish reaksiyalari). Katabolitik reaksiyalar, asosan, oksidlanish reaksiyalaridan iborat boʻlib, unda murakkab moddalar birmuncha oddiy molekulalargacha parchalanadi va energiya ajralib chiqadi (qarang Oksidlanish reaksiyalari). Metabolizmning bu ikki tomoni oʻzaro chambarchas bogʻlangan[1].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil