[go: up one dir, main page]

Meklenburg-Old Pomeraniya (olm. Mecklenburg-Vorpommern) — Olmoniya yeri. Mamlakatning shim.-sharqiy qismida, Boltiq dengizi so-hilida joylashgan. Maydoni 23,2 mingkm². Maʼmuriy markazi — Shverin shahri Aholisi 1,8 mln. kishi (2000). Meklenburg-Old Pomeraniyada aholi nisbatan siyrak. Tabiiy landshafti saqgsanib qolgan. Relyefi sertepa, yaylov va oʻrmonlar bor. Eng katta daryosi — Elba. Koʻl koʻp bulgani uchun "Ming kullar yeri" deb ataladi. Eng yirigi — Myurits koʻli (maydoni 117 km2). Meklenburg-Old Pomeraniyada 250 dan ortiq tabiiy va landshaft qoʻriqxonalari tashkil etilgan, 3 milliy bogʻ bor. Old Pomeraniya uzok, vaqt Shvetsiya hukmronligi ostida boʻlgan, keyinroq Prussiya tarkibiga oʻtgan. Meklenburg Olmoniya imperiyasi tarkibidagi mustaqil hudud edi. Meklenburg-Old Pomeraniya yeri Ikkinchi jahon urushidan soʻng sobiq Olmoniya Demokratik Respublikasi tarkibida tashkil etilgan, biroq tez orada 3 okrugga ajratib yuborildi. 1990-yilda yana GFR tarkibidagi yer qilib tiklandi.

Meklenburg-Old Pomeraniya xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi yetakchi tarmoq. Dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Dengiz va dare suvlaridan baliq ovlanadi. Sohilboʻyida sharqiy rayonlarning kema verfi va kemasozlik korxonalari joylashgan. Turizm rivojlangan. Yil davomida 10 mln.dan ortiq sayyoh kelib-ketadi. Yirik shaharlari — Rostok, Shverin.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil