[go: up one dir, main page]

Kefalogematoma (cephalhematoma) (yunoncha dan. bosh va qon) — suyak usti pardasi va kalla suyagi tashqi yuzasi oraligi’ga qon quyilishi. Gematoma kalla suyagi maʼlum bir suyagining chekkalari bilan chegaralanadi, koʻpincha tepa suyagida, kamroq ensa suyagida uchraydi. 3-8 haftadan keyin yoʻqoladi.

kefalogematoma

Odatda davolash talab qilinmaydi: yiringlash boʻlsa — antibiotiklar hamda jarrohlik yoʻli bilan davolanadi[1]. Kefalogematoma yangi tugʻilgan chaqaloqlarda tugʻruq travmalari borligini anglatadi.

Tashqi tomondan, kefalogematoma bosh sohasidagi shishga oʻxshaydi.

Kefalogematomaning chastotasi 1000 yangi tugʻilgan chaqaloqqa 3-5 holat toʻgri keladi. Kefalogematomadagi qon miqdori 5 ml dan 150 ml gacha oʻzgarib turadi. Qon uzoq vaqt davomida suyuqlik koʻrinishda boʻladi va ivimaydi, bu yangi tugʻilgan chaqaloqda ivish omillarining yetishmasligi bilan bogʻliq.

Turlari

tahrir

Subperiostal qon ketishining oʻlchamiga koʻra, kefalogematomaning uch darajasi mavjud:

  • 1 daraja — qon quyilishning diametri 4 sm yoki undan kam;
  • 2 daraja — kefalogematoma diametri 4,1 — 8 sm;
  • 3-daraja — qon quyilishning diametri 8 sm dan ortiq (koʻplab sefalogematomalar boʻlsa, qon ketishining umumiy maydoni inobatga olib, baholanadi).

Kefalogematoma quyidagi shikastlanishlar bilan birga keladi:

  • kefalogematoma kalla suyagi suyaklarining sinishi bilan;
  • kefalgematoma bosh miya shikastlanishi bilan (epidural gematoma, miya shishi yoki miyaga qon quyilishi);
  • kefalogematomaning nevrologik holatlar bilan kombinatsiyasi (oʻchoqli va umumiy miya simptomlari).[2]

Qon quyilish joylashishiga koʻra kefalogematoma boʻlinadi:

tepa(koʻproq uchraydi), peshona va ensa suyaklari sohasida(kamroq), chakka suyagi sohasi juda kam joylashadi.

Sabablari

tahrir

Kefalogematomaning shakllanishiga olib keladigan sabablar ham homila, ham ona bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Homilaning tomondan:

  • katta homila, diabetik fetopatiya;
  • homilaning notoʻgʻri holati va kelishi (chanoq, koʻndalang, yuz bilan kelishi);
  • homilaning malformatsiyasi (gidrosefaliya);
  • kechiktirilgan homiladorlik (homilaning juda zich suyaklari tugʻruq paytida boshni konfiguratsiyalash imkonini bermaydi);

Ona tomondan:

  • akusherlik shipsalarni qoʻllash yoki homilaning vakuumli ekstraksiyasi (hozirda kamdan-kam qoʻllanadi);
  • homila boshi va onaning chanoq boʻshligʻi kattaligi oʻrtasidagi nomuvofiqlik (anatomik va klinik jihatdan tor chanoq);
  • kechikkan yoki erta tugʻilish;
  • tugʻruq kuchlarining nomutanosibligi;
  • chanoq suyaklarining ekzostozi, anamnezda chanoq travmasi;
  • ayolning yoshi (35 yoshdan katta).

Shuningdek, kefalogematoma gipoksik kelib chiqishi ham mumkin: tugʻruq paytida kindik tizimchasidagi oʻralanish yoki siqilish, bolaning tilini tortib olish, homilaning nafas olish yoʻllarida koʻp miqdorda shilimshiq mavjudligi.

Kefalogematomaning simptomlari

tahrir

Kefalogematomaning namoyon boʻlishi 2-3 kunlarda, tugʻilish oʻsimtasi pasayganda sezilarli boʻladi.

Tugʻilgan kunning birinchi kunidan boshlab qon ketishining hajmi yangi tugʻilgan chaqaloqning qon ivish omillarining yetishmasligi tufayli ortib boradi — qon uzoq vaqt davomida suyuq boʻlib qoladi, shuning uchun shikastlangan tomirlarni qon quyqaları bilan trombozlashning hech qanday usuli yoʻq.

Tekkanda kefalogematoma tarang boʻlib, qon ketish joyiga bosganda suyuqlikning harakatini his qilish mumkin.

Agar kefalogematoma kichik boʻlsa, u 7-8-kunlarda kamayishni boshlaydi va izsiz yoʻqoladi. Qon ketishining sezilarli hajmi boʻlsa, uning rezorbsiyasi jarayoni bir necha oyga kechikishi mumkin. Koʻpincha kefalogematomani joylashgan sohasida suyakning sinishi (yorilishi) kuzatiladi.

Kefalogematoma har doim qon ketishining atrofi boʻylab siqilgan valik shaklida aniq chegaralarga ega.

Diagnostikasi

tahrir

Differensial diagnostika tugʻilish oʻsimtasi, aponevroz ostidagi qon ketishi (xamirli konsistensiyaga ega, tekis va choklarni kesib oʻtadi), miya churrasi (miya pardalarining liqildoq orqali chiqishi) bilan amalga oshiriladi.

qoʻllanadigan qoʻshimcha tekshirish usullaridan :

  • frontal va lateral proektsiyalarda suyaklarning shikastlanishini istisno qilish uchun kraniogramma (bosh suyagi suyaklarining rentgenogrammasi);
  • neyrosonografiya (bosh miyadagi zararlanish oʻchoqlarini aniqlaydi);
  • Kefalogematomaning ultratovush tekshiruvi (aniq oʻlchamni aniqlashga imkon beradi, miya churrasini istisno qiladi);
  • kompyuter tomografiyasi (miya toʻqimalari zararlanishiga shubha qilinganda ishlatiladi).

Kefalogematomani tashxislash qiyin emas. 99 % hollarda xarakterli belgilar bilan boshni tekshirish tashxis qoʻyish uchun yetarli boʻladi.

Singanga shubha boʻlsa, rentgen tekshiruvidan foydalanish mumkin.

Kefalogematomani davolash

tahrir

Kefalogematomani davolashda neonatolog va bolalar jarrohi (koʻrsatmalar boʻyicha) ishtirok etadi. Kichkina qon ketishi bor bolaga qon ketishini toʻxtatish va koagulyatsion omillar ishlab chiqarishni stimullash uchun 3-5 kun davomida kalsiy preparatlari (kalsiy glyukonat) va K vitamini buyuriladi.

8 sm va undan katta oʻlchamdagi kefalogematomani punksiya qilish kerak (punksiyada bolalar jarrohi ishtirok etadi) va suyuq qonni aspiratsiya qilish kerak. Keyin bosim boylami qoʻllanadi.

Onalar esda tutishlari kerakki, kefalogematomasi bor bolani silkitib yoki chayqatib boʻlmaydi.

Gematomaning yiringlashi (isitma, qon ketishida terining yalligʻlanishi) boʻlsa, uni ochish, yiring va qon quyqalarini olib tashlash kerak. Shundan soʻng yara drenajlanadi, antiseptiklar va antibiotiklar bilan bogʻlash buyuriladi. Asoratlanmagan kefalogematoma uchun shifoxonada davolanish 7-10 kun davom etadi va asoratlangan boʻlsa — bir oy yoki undan koʻproq davom etadi. Kelajakda bola bir yil davomida bolalar jarroh va nevropatolog tomonidan kuzatuvga olinadi. Agar kefalogematomaning sababi koagulyatsiyaning pasayishi bilan bogʻliq qon kasalligi boʻlsa, unda birinchi navbatda, asosiy kasallikni davolashdan boshlash kerak.

Asoratlari va prognoz

tahrir

Kefalogematomaning mumkin boʻlgan asoratlari:

  • anemiya (qon yoʻqotish tufayli);
  • sariqlik (atrofdagi toʻqimalarga singib ketgan qon bilirubingacha parchalanadi va qon tomir oʻzaniga kiradi);
  • yiringlash;
  • kefalogematomaning ossifikatsiyasi (kalla suyagi shaklini oʻzgarishi).

Kefalogematomali bolalar uchun odatda yaxshi prognoz qilinadi.

Manbalar

tahrir
  1. „Детские болезни“, Справочник фельдшера, 280000 экз, Москва: «Медицина», 1975 — 319-bet. 
  2. „РОДОВАЯ ТРАВМА“, Учебное пособие. Москва: «Медицина», 2015 — 1-bet. 

Havolalar

tahrir