[go: up one dir, main page]

Iyerogliflarni soddalashtirish (xit. soddalashtrilgan 简化字, pinyin: jiǎnhuà zì) — Xitoy Xalq Respublikasida, keyinroq boshqa davlatlarda ham yozuvning yangi normalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish jarayonidir. Islohotlar doirasida ancha murakkab koʻrinishdagi 2235 ta iyeroglifning koʻrinishi oʻzgartirilgan[1].

"Xitoy" soʻzi (xit. an’anaviy 中國, soddalashtrilgan 中国) anʼanaviy va soddalashtirilgan koʻrinishlarda
Bu sahifa yoki boʻlim
matni Osiyo mamlakatlari yozuvini oʻz ichiga oladi.

agar sizda kerakli shriftlar yoʻq boʻlsa,
ayrim belgilar sizning qurilmangizda
notoʻgʻri koʻrinishga ega boʻlishi mumkin.

Tarixi

tahrir

Iyeroglifik yozuvni soddalashtirish XX asr boshlarida taklif qilingan[2], murakkab yozuv Xitoyning iqtisodiy qoloqligiga sabab qilib koʻrsatilgan[3], aslida soddalashtirilgan iyerogliflardan avval ham, asosan tez yozishda foydalanilgan. Soddalashtirilgan belgilarni qonuniylashtirishga urinishlarning birinchi bosqichi — 1851—1864-yillar oraligʻida Taypinlar qoʻzgʻoloni (1850-1865) davrida boshlangan. Shu davrda xalq orasida tarqalgan soddalashtirilgan iyerogliflardan muhr, hujjatlar va kitob chop etishda ham foydalanilgan. Bundan tashqari iyerogliflarni soddalashtirishning koʻplab variantlari yaratilgan. Ularning barchasi ham iyerogliflarning „olti kategoriyasi“ga mos kelmagan. Bu soddalashtirilgan iyerogliflarning koʻpi „Xitoy iyerogliflarini soddalashtirish dasturi“ga kirgan. 1930 — 1940-yillar yapon okkupatsiyasi davrida yapon iyerogliflarini soddalashtirsh bilan birga parallel ravishda iyerogliflarni soddalashtirish tizimli dasturi boshlangan. Soddalashtirilgan iyerogliflar Xitoyda xit. soddalashtrilgan 简体字, pinyin: jiăntĭzì deyiladi.

XXRda iyerogliflarni soddalashtirish boʻyicha rasmiy taklif (xit. soddalashtrilgan 汉字简化方案, pinyin: hànzì jiǎnhuà fāng'àn) 1956-yil eʼlon qilingan[4]. Bu roʻyxatdagi soddalashtirilgan iyerogliflar qisman yapon sindzitayi bilan muvofiq edi, Xitoy hukumati uning oʻrniga ancha kengaytirilgan roʻyxatni taqdim etdi. Soddalashtirilgan iyerogliflarning maqomi 1964-yil eʼlon qilingan „Soddalashtirilgan iyerogliflarning umumiy jadvali“ (xit. soddalashtrilgan 简化字总表, pinyin: jiǎnhuàzì zǒngbiǎo) orqali rasmiylashtirildi[1]. Unda 2238 ta iyeroglifning soddarogʻi bilan oʻzgartirilgan roʻyxati bor edi.

1975-yil tahrirlashning ikkinchi bosqichi tayyorlandi (xitoycha: 二简字), unga koʻra yana 248 ta iyeroglif soddalashtirilgan va yana 605 tasi boʻyicha fikr-mulohazalar soʻralgan[5]. 1977-yildan „Jenmin jibao“ kabi nufuzli gazetalar ikkinchi bosqichda soddalashtirilgan iyerogliflardan foydalana boshlaganlar. Lekin yuzaga kelgan tushunmovchiliklar oqibatida hukumat avval maktablarni va nashriyotlarni yangi soddalashtirishdan foydalanmaslikka chaqirishga majbur qilgan. 1986-yil 24-iyundan ikkinchi bosqichdagi soddalashtirish butunlay bekor qilingan. Yana qayta 1964-yilgi standart qabul qilingan lekin ikkinchi bosqichda soddalashtirilgan uchta iyeroglif istisnoviy holda saqlab qolingan[6]. Shu alfozda 2235 ta soddalashtirish qolgan. Oʻsha yilning 10-oktabrida bundan keyingi soddalashtirishlar juda ehtiyotkorlik bilan oʻtkazilishi eʼlon qilingan[7].

1969-yilda Singapur xalq taʼlimi vazirligi 502 ta oʻrniga 498 ta soddalashtirilgan iyeroglifni qabul qildi (ayrim anʼanaviy iyerogliflar qoʻshib yuborilgandi). 1974-yilda 2287 ta iyeroglifni soddalashtirish boʻyicha tahrirlashning yangi bosqichi boshlandi. 1976-yilda yana ayrim oʻzgarishlarga qoʻl urildi. 1993-yil esa 1986-yilgi Xitoy tahrirlari qabul qilindi.

Malayziya 1981-yildan Xitoy amalga oshirgan oʻzgarishlarni qabul qildi. Tayvan, Makao va Gonkong hozirda ham anʼanaviy iyerogliflardan foydalanadi[8]. Xitoy (kandzi) iyerogliflaridan foydalanuvchi Yaponiya ham 1946-yilda ayrim iyerogliflarning yozilishini soddalashtirdi (soddalashtirish jarayoni 1930-yillardan boshlangan). Kandzidagi barcha tahrirlar ham Xitoy tahrirlari bilan mos kelavermaydi.

Koreya Respublikasida xancha nomi bilan yuritilgan Xitoy iyerogliflari xangil alifbosidan toʻliq chiqarib tashlangan. Shu sababli u yerda soddalashtirish amalga oshirilmadi. Koreya Xalq Demokratik Respublikasida esa rasman Xitoy iyerogliflaridan foydalanilmaydi.

Soddalashtirish tamoyillari

tahrir

1952-yil Xitoy yozuvni tahrirlash tadqiqotlar qoʻmitasi iyerogliflarni soddalashtirishning asosiy tamoyili sifatida Lun Yuyning „rivojlantiramiz lekin oʻylab topmaymiz“, gapini iqtibos qilib olganlar.(xitoycha: 述而不作)[2]. Izlanishlar natijasida soddalashtirishning quyidagi tamoyillari ishlab chiqildi:

  • Udumlarga va oddiylikka amal qilish
  • Standartlashtirish
    • Iyerogliflarning turli yozilish variantlarini yoʻqotish
    • Fonetik jihatlarga eʼtibor qaratish
    • Imkon qadar ideogramm jihatlarni saqlab qolish
  • Barqarorlik
  • Amaliy jihatdan qulaylik
  • Imkon qadar badiiylik

Qoʻshimcha tarzda iyerogliflarning barqaror, xalqchil soddalashtirishlari va kamroq chiziqlarga ega boʻlgan koʻrinishlaridan foydalaniladi. Imkon qadar iyerogliflarning anʼanaviy koʻrinishlarini (elementlarini) saqlab qolishga boʻlgan urinishlarga qaramay, (asosan soddalashtirishning ikkinchi bosqichida) koʻplab yangi formalar yaratildi.

Soddalashtirish usullari

tahrir
 
Koʻplab „soddalashtirilgan“ iyerogliflar (masalan: 猕, mi, 猕猴 mihou, „makaka“ soʻzida ishlatiladi) oʻtmishda standart iyeroglif varianti shaklida mavjud boʻlgan (獼). (Morrison lugʻati, ilk nashri tm. 1820-yillar)

Iyerogliflar bir nechta usullar bilan soddalashtirilgan:

  1. Koʻp ishlatiladigan iyerogliflarning murakkab qismlarini oddiyroq shaklga almashtirish:
    • ; ; va hokazo.
  2. Fonetik tarkibiy qismlarini (komponentlarini) oʻzgartirish:
    • ; ; va hokazo.
  3. Tarkibiy qismlardan (komponentlardan) voz kechish:
    • 广; ; va hokazo.
  4. Qiya (kursiv) kalligrafik yozilish shakllaridan foydalanish (xit. an’anaviy 草書楷化, soddalashtrilgan 草书楷化, pinyin: cǎoshūkǎihuà):
    • ; ; va hokazo.
  5. Ancha sodda shaklga ega boʻlgan qadimiy iyerogliflardan foydalanish:
    • ; ; va hokazo.
  6. Belgi-belgi yangi kombinatsiyalarini yaratish:
    • ; ; va hokazo.
  7. Belgi-fonetik qism yangi kombinatsiyalarini yaratish:
    • ; ; va hokazo.
  8. Iyeroglifni xuddi shu yoki oʻxshash tovushni ifodalaydigan boshqa iyeroglif bilan almashtirish:
    • ; ; va hokazo.
  9. Bir nechta iyerogliflarni qoʻshıb, oddiyroq yoziladigan shaklga keltirish:
    • va ; va va hokazo.
  10. Iyerogliflarda koʻp uchraydigan tarkibiy qismni (komponentni) soddalashtirish:
    • ; ; va hokazo (bu qoidada ikkita istisno bor — asosiy belgisi „darvoza“ () boʻlgan „ochish“: va „yopish“ , iyerogliflari toʻligʻicha bu komponentdan ozod qilinadi).

Bir nechta anʼanaviy iyerogliflar mavjud soddarogʻi bilan almashtirilganda, klassik matnlarni soddalashtirilgan iyerogliflar bilan yozish va oʻqishda chalkashliklar kelib chiqishi mumkin. Tizimli soddalashtirish sababli ayrim hollarda soddalashtirilgan iyeroglifning yozilishi anʼanaviy iyeroglifdan koʻra murakkabroq boʻlishi mumkin. Masalan, avval qoʻllangan variant oʻrniga qabul qilingan. Iyeroglifning chap qismidagi uch chiziqdan iborat „qoʻl“ belgisi () toʻrt chiziqli „daraxt“ belgisi () bilan almashtirilgan. Oʻzgarmay qolgan iyerogliflar — masalan, „工欲善其事,必先利其器“, merosiy (xit. soddalashtrilgan 传承字, pinyin: chuánchéngzì) deb ataladi. Bu iyerogliflarni anʼanaviy ham, soddalashtirilgan ham deb boʻlmaydi. Soddalashtirilgan va merosiy iyerogliflardan tashkil topgan yozuv „Soddalashtirilgan Xitoy yozuvi“ nomini olgan (xit. soddalashtrilgan 简体中文, pinyin: jiǎntǐ zhōnɡwén).

Misollar

tahrir
Anʼanaviy, xitoycha va yaponcha soddalashtirilgan iyerogliflarning ayrimlarini solishtirish
Anʼanaviy Xitoyda soddalashtirilgan Yaponiyada soddalashtirilgan Tarjima
Xitoyda soddalashtirilgan,
Yaponiyada soddalashtirilmagan
elektr toki
sotib olmoq
ochmoq
sharq
arava, avtomobil
qizil, ol (rang)
Mu (rad etmoq)
qush
issiq
vaqt
til, nutq
Yaponiyada soddalashtirilgan,
Xitoyda soddalashtirilmagan
Budda
xizmat
yaxshi fazilat
koutou, birovga sigʻinish
qora
muz
quyon
hasad
Xitoyda va Yaponiyada turlicha
koʻrinishlarda soddalashtirilgan
eshitmoq
sertifikat, isbot
ajdar
sotmoq
toshbaqa
yosh, yil
sanʼat
urush, jang
yopmoq
temir, metall
xarita, rasm
guruh
burmoq
广
keng
yomon, yovuz
serob
miya
turli-tuman
bosim, siqmoq
tovuq
narx
shodlik, quvnoqlik
havo, ruh
zal, ofis
Xitoy va Yaponiyada bir xil
soddalashtirilgan
ovoz, tovush
oʻqitmoq, oʻrgatmoq
tana
nuqta
mushuk
hasharot
eski, qadimiy
kutib olmoq
10 000
oʻgʻri
xazina
yurt
meditsina

Qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Чжоу Югуан Модернизация китайского языка и письменности // Новое в зарубежной лингвистике. — Москва, 1989. — B. 376-398.
  2. 2,0 2,1
    Iyerogliflarni soddalashtirish
    Muallif(lar) 胡怀琛
    Nashriyot 商务印书馆
    Andoza parametrlarida xatolik {{dead link}}.  (ochilmaydigan havola)(xit.)
  3. „中共中央关于讨论汉字简化方案的指示“ (zh) (deadlink). 2012-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 13-sentyabr. „arxiv nusxasi“. 2012-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
  4. „国务院关于公布汉字简化方案的决议“ (zh) (deadlink). 2012-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 13-sentyabr. „arxiv nusxasi“. 2012-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
  5. Second Stage Simplifications 第二次汉字简化方案(草案)(ingl.)
  6. „国务院批转国家语言文字工作委员会《关于废止〈第二次汉字简化方案(草案)〉和纠正社会用字混乱现象的请示》的通知“ (zh) (deadlink). 2012-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 13-sentyabr. „arxiv nusxasi“. 2012-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
  7. s:zh:简化字总表(xit.)
  8. Ольга Завьялова Лабиринты иероглифа // НГ-Наука. — 2001. — № 06 (42).

Andoza:Dunyo yozuvlari