[go: up one dir, main page]

Goyas — Braziliyadagi shtat, Braziliya yassitogʻligining markaziy qismida, Tokantins daryosi havzasida. Mayd. 340,2 ming km2. Axrlisi 4,99 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Goyaniya shahri. Relyefi bal. 800–900 m li Goyas yassitogʻligidan iborat. Yozi sernam subekvatorial iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 22— 26°, yiliga 1500–2000 mm yogʻin yogʻadi. Hududining katta qismini shimolida savannalar egallagan, doim yashil oʻrmonlar bor.

Goyas
portugalcha: Goiás

Gerb
Gerb
Bayroq (Taʼrif)
Bayroq
Braziliya shtati
Tegishli Markaziy-gʻarbiy hudud
Tarkibida • 5 mezoregion;
• 18 mikroregion;
246 munisipalitet
Maʼmuriy markazi Goyaniya shari
Yirik shaharlari Goyaniya, Anapolis, Luizaniya, Riu-Verdi
YAIM (2008) R$ 75,274 mlrd.  (9-oʻrin)
Aholi (2010) 6 003 788 kishi
Zichligi 17,65 kishi./km²
Maydoni 340 103,5 km² (7-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC-3
Kod ISO 3166-2 BR-GO
Rasmiy sayti http://www.goias.gov.br
Xaritada
Goyas xaritada
Goyas, Xarita
15°56′0″S 50°8′0″W / 15.93333°S 50.13333°W / -15.93333; -50.13333

Goyas — agrar shtat; yirik shaharlar atrofida dehqonchilik, ichki rayonlarda ekstensiv chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari — sholi, shakarqamish, paxta, shuningdek, kofe, tamaki, makkajoʻxori, maniok, loviya yetishtiriladi. Foydali qazilmalardan asbest (Braziliyada 1-oʻrinda), oltin, olmos, qisman nikel, mis olinadi. Asosiy sanoat tarmoqlari: oziq-ovqat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yogʻochni qayta ishlash, koʻn poyabzal. Yirik shaharlari: Anapolis, Seris.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Goyas" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil