[go: up one dir, main page]

Galaktika (yunoncha: Galaktikos — sutli, sutsimon) — umumiy oʻzaro tortishish kuchi bilan bogʻlangan hamda Quyoshni ham oʻz ichiga olgan 200 milliarddan ortiq yulduzning ulkan gravitatsion sistemasi. Galaktikada yulduzlardan tashqari yulduzlararo muhit — gaz, chang va turli mayda kosmik zarralar ham bor. Umumiy koʻrinishi jihatidan mashhur Andromeda tumanligi bilan deyarli bir xil, oʻlchami jihatdan esa undan sezilarli farq qiladi. Diametri taxminan 30 ming parsek (pk); 1 pk=206264,8 astronomik birlik (a.b.)=3,2615 yorugʻlik yili (yo.y.)=30,8561015 m; umumiy massasi taxminan 2-1041 kg (10y ta Quyosh massasiga teng). Quyoshga yaqin atrofda zichligi ~4-10"21 kg/m3. Gallaktikaning oʻzbek tilidagi nomi Somon yoʻli, chunki qadimdan yulduzlar maʼlum bir tekislikka (Gallaktika ekvatoriga) nisbatan zich joylashib olganligi kuzatilgan boʻlib, ota-bobolarimiz uni arava ketidan toʻkilib borgan somondan hosil boʻlgan yoʻlga, yunonlar esa yerga toʻkilgan sutga oʻxshatganlar. Yunon faylasufi Demokrit: „Somon yoʻli son-sanoqsiz yulduzlardan iborat“,- deb taxmin qilgan edi. Shunday ekanligini birinchi boʻlib G. Galiley isbotladi (1610). Ingliz astronomi V. Gershel XVIII asrda gallaktikani izchil oʻrgana boshladi. Keyinchalik uni jahondagi koʻp olimlar oʻrganishdi va gallaktikaning yangi-yangi qirralarini aniqlashdi. Oʻzbekistonda gallaktikaga doir masalalar asosan Oʻzbekiston FA Astronomiya institutida va Oʻzbekiston Milliy universiteti astronomiya kafedrasida oʻrganiladi.

NGC 4414, Veronika sochlari yulduz turkumidagi tipik spiral galaktika, diametri taxminan 55 000 yorugʻlik yili va Yerdan taxminan 60 million yorugʻlik yili uzoqlikdadir.

Gallaktika massasining 97% ini yulduzlar tashkil etadi. Somon yoʻli markazi gallaktikaning oʻzagida boʻlib, gallaktika uning atrofida differensial tarzda aylanish xususiyatiga ega. Gallaktikaning aylanish oʻqi Somon yoʻli tekisligiga perpendikulyar boʻlib, uning shimoliy qutbi Veronika sochlari yulduz turkumi yoʻnalishida, janubiy qutbi esa Haykaltarosh yulduz turkumida joylashgan. Gallaktika oʻzagidan Quyoshgacha boʻlgan masofa 32,6 ming yo. y.=30,85610"m ga teng. Quyosh sistemasi Somon yoʻli markazi atrofida 250 km/sek tezlik bilan hara-kat qilib, 230 mln. yil ichida bir marta toʻla aylanib chikddi. Quyosh sistemasi galaktikaning ekvatorial tekisligidan atigi 66,22-1013 km ga teng masofada yotadi. Bu masofa galaktikamiz oʻrtacha qalinligidan taxminan 150 marta kichik.

Galaktikaning optik diapazonda koʻrinadigan qismiga yon tomondan qaralganda u choʻzinchoq, yupqa linza shakliga ega. Uning diametri boʻyicha joylashgan asosiy massa Somon yoʻlini tashkil qiladi. Galaktika tuzilishiga doir tadqiqotlar elektromagnit nurlanish spektrining barcha diapazonlarida olib boriladi. Galaktikamizda infraqizil nurlar, rentgen nurlari va hatto gamma-nurlar manbalari topildi. Galaktika tarkibi, massasi va b. parametrlari boʻyicha u turlicha alohida komponentlar — oʻzak, disk, balj, galo va tojdan iborat ekan. Geometrik va kinematik jihatlaridan disk va galo bir-biridan keskin farq qiladi. Diskning yoshi galo yoshidan kamida 2 marta kichik. Yulduzlarning fizik harakteristikalari nuqtai nazaridan va tarkibi jihatidan esa galaktika asosan ikkita tashkil etuvchi toʻplamlarga boʻlinadi. I tur yulduz toʻplamiga eng yosh, qaynoq yulduzlar, oʻta gigantlar, uzun davrli sefeidalar, yangi va oʻta yangi yulduzlar, gaz-chang moddalari hamda yulduzlarning tarqoqsimon toʻdalari kiradi. Bu toʻplam obyektlari faqat Somon yoʻlida, uning simmetriya tekisligi va yaqin atrofida joylashib, galaktikaning boshqa joylarida, xususan, oʻzak yoki galo qismlarida umuman kuzatilmaydi. Ularni tekislik tashkil etuvchi qism obyektlari ham deyiladi. I tur toʻplamidagi yudduzlar Somon yoʻli tekisligida spiralsimon tarmoqlar chizib joylashgan. Aynan shu sababli bizning galaktika spiral galaktikalar sinfiga kiradi. II tur yulduz toʻplamiga qisqa davrli sefeidalar, subkarlik, qizil gigant kabi yulduzlar hamda yulduzlarning sharsimon toʻdalari kiradi. Ular, asosan, galaktikaning sfera tashkil etuvchi qismidan joy olgan. Bu toʻplamdagi yulduzlarning galaktika simmetriya tekisligiga nisbatan tezliklar dispersiyasi qiymati I tur toʻplamdagi yulduzlarnikidan ancha katta. Buning sababi galaktikamiz kelib chiqishi va evolyutsiyasi bilan bogʻliq. II tur obyektlari bor yerda I tur toʻplamidan birorta obyekt kuzatilmaydi va, aksincha, II tur obyektlari tekislik tashkil etuvchi qismida koʻrinmaydi. Ushbu dalil galaktikamiz sferik shakldagi gazsimon ulkan bulutning gravitatsion siqilishi natijasida paydo boʻlganligini, hozirgi tuzilishi esa avval sfera tashkil etuvchi qism yulduzlari vujudga kelganligini koʻrsatadi.

Galaktika markazi Qavs yulduzlar turkumida joylashgan. U koʻproq changdan iborat qalin qatlam bilan oʻralgan. galaktika markazining yorqinligi 1042 erg/s. Oʻzak, asosan, qizil gigantlar, quyi spektralsinflarning mitti yudduzlaridan iborat. Galaktikamiz oʻzagi va Somon yoʻli qismi bir qarashda tinch, sokin boʻlib koʻrinadi. Aslida esa ularda tinimsiz va joʻshqin kechayotgan turli fizik jarayonlar, jumladan, yulduzlar portlashi, gaz oqimi uzluksiz ajralib turishi yoki murakkab toʻqnashuvlari, yulduzlar kollapega uchrash holatlari, pulsar va qora oʻralarning vujudga kelishi hodisalari kuzatiladi[1].

Galaktika yulduzlar, yulduz qoldiqlari, yulduzlararo gaz-chang va qora moddadan iborat katta, gravitatsiya bilan bogʻlangan tizimdir[2]. „Galaktika“ soʻzi yunoncha galaksias (grekcha: γαλαξίας) dan olingan boʻlib, „sutli“, degan maʼnoni bildiradi (Somon Yoʻlining toʻkilgan sutga oʻxshashidan). Galaktikalar turli xil: yulduzlari soni 10 milliondan (107)[3] oshmaydigan mitti galaktikalardan to yuzlab trillion (1014) yulduzlarga ega bahaybat galaktikalargacha maʼlum.

Galaktikalarda turli miqdorda yulduz tizimlari, klasterlari va yulduzlararo bulut topiladi. Ushbu jismlar orasida siyrak gaz-chang va kosmik nurlar boʻladi. Qora modda aksariyat galaktikalarning massasining 90 %ini tashkil etishi taxmin qilinadi. Kuzatuvlar shuningdek deyarli barcha galaktikalar markazida oʻta katta qora tuynuklar borligidan dalolat bermoqda. Somon Yoʻli markazida kamida bitta shunday jism mavjud[4].

Galaktikalar tarixan ularning shakliga binoan turkumlarga ajratilgan. Keng tarqalgan shakl elliptik galaktikadir, uning profili ellipsni eslatadi. Spiral galaktikalar esa spiralsimon disk shaklidadir. Noaniq yoki gʻayrioddiy shakllilar notoʻgʻri galaktika deyiladi, bunday shaklga ular qoʻshni galaktikalar taʼsiri tufayli kelgan[5].

Kuzatiladigan olamda 170 milliarddan (1,7 × 1011) ortiq galaktika mavjud[6]. Aksariyat galaktikalar diametri 1 000 — 100 000[7] parsek va bir-biridan millionlab parsek (megaparsek) uzoqlida joylashgan[8]. Galaktikalararo fazo juda siyrak gazdan (~1 atom/m3) iborat. Koʻpchilik galaktikalar galaktika guruhlariga yigʻilgan, ular esa oʻz navbatida superklasterlarga toʻplangan. Eng katta miqyosda galaktikalar iplarga jamlangan va nihoyatda keng boʻshliq bilan oʻralgandir[9].

Etimologiyasi

tahrir

Galaktika atamasi yunoncha galaksias (γαλαξίας, "sutli") yoki kyklos („yumaloq“) galaktikos („sutli“)[10] soʻzlaridan olingan boʻlib, galaktikamiz — Somon Yoʻlining osmondagi koʻrinishiga ishoradir. Yunon mifologiyasida, Zevs oddiy ayoldan tugʻilgan oʻgʻli Geraklni Gera uyqudaligida uning ilohiy sutini emsin va oʻlmas boʻlsin uchun koʻksiga qoʻyadi. Gera toʻsatdan uygʻonib, uni notanish bola emayotganini koʻradi va bolani uloqtiradi, suti esa osmon boʻylab Somon Yoʻli koʻrinishida toʻkiladi[11][12].

Astronomik adabiyotda Somon Yoʻli haqida gap ketganda, bosh harf bilan Galaktika, boshqa hollarda esa galaktika, deb yoziladi.

William Herschel 1786-yili tumanliklar katalogini tuzayotganida M31 kabi ayrim jismlarni spiral tumanlik, deb nomlagan edi. Keyinchalik bular aslida ulkan yulduzlar toʻplami ekanligi aniqlangach, orol olamlar, deb atala boshlandi. Biroq olam atamasi ostida butun borliq nazarda tutilishi tufayli bu jismlar galaktika, deb qarala boshlandi[13].

Kuzatuv tarixi

tahrir

Galaktika ichida ekanligimiz va olamda boshqa galaktikalar ham borligini tushunib yetish tungi osmondagi Somon Yoʻli va boshqa tumanliklarga aloqador kashfiyotlar bilan parallel kechgan.

Somon Yoʻli

tahrir
 
Somon Yoʻlining galaktik markazi

Yunon faylasufi Demokrit (EA 450-370) Somon Yoʻli nomli tungi osmondagi yorqin band alohida yulduzlardan tashkil topishi mumkinligi haqida fikr yuritgan edi[14]. Arastu (EA 384-322) esa Somon Yoʻli „ulkan, koʻp sonli va bir-biriga yaqin yulduzlarning alangalanishidan“ vujudga kelgan, bu alangalanish esa Yer va Oy orasida, atmosferaning yuqori qatlamida sodir boʻlgan, deb hisoblagan edi. Samoning bu burchagidan narigi burchagigacha injular shodasiday sochilgan sirli va guzal kuprik „Somon yoʻli“ deb ataladi. Qadim zamonlarda ham odamlar unga tikilib, biz kabi zavqlanganlar va uning asli nimaligini bilmasdan turib, unga nomlar berishgan. Masalan, nasroniylik dini paydo boʻlgan zamonlarda odamlar Somon Yoʻlini farishtalarni osmonga olib chiqadigan yoʻl, deb bilishgan. Yana ular buni osmon gumbazidan tashqarida nima borligini yerliklar koʻradigan tuynuklar deb ham oʻylashgan. Shunisi qiziqki, Somon yoʻlining paydo boʻlishi haqidagi haqiqat u haqdagi afsonalar kabi goʻzaldir. Hozirgi bilimlar asosida biz galaktikamiz shaklini soat kabi dumaloq va tekis deb tushunamiz. Agar unga tepadan qarash imkoniyati boʻlganida edi, uning soatga oʻxshashligiga rostdan ham ishonch hosil qilgan boʻlardik. Lekin biz galaktika ichkarisida bulganimiz uchun, tepaga qarab, soat gardishini ichkaridan koʻramiz va bu gardish bizning atrofimizda aylanayotganini kuzatamiz. Aslida, Somon yoʻli ham millionlab yulduzlardan iborat. Galaktikamizda uch milliardcha yulduz borligi maʼlum. Biz ularning hajmi haqida ham tasavvurga egamiz. Quyosh nuri Yerga 8 daqiqada yetib keladi. Galaktikamiz markazidan Quyoshgacha nur 27 ming yilda yetib boradi. Galaktikamiz uz oʻqi atrofida xuddi gʻildirakday aylanadi. Uning bir bora tuliq aylanib chiqishi uchun 200 000 000 yil kerak[15]. Kenja Olimpiador (taxminan 495-570) bu qarashni agar Somon Yoʻli Yerga shunchalik yaqin boʻlganida u turli vaqtda turlicha koʻrinishi va parallaksi boʻlishi kerak edi, deb tanqid qilgan. Ushbu gʻoya keyinchalik Islom dunyosiga taʼsir etgan[16].

Mohaniy Muhammadga koʻra, arab astronomi Ibn al-Haysam (965-1037) Somon Yoʻli parallaksini birinchilardan boʻlib kuzatgan va oʻlchagan[17], shu yoʻl bilan u „Somon Yoʻli parallaksi yoʻqligini, demak u Yerdan juda uzoq va atmosferada emasligini aniqlagan“[18]. Markaziy Osiyolik astronom Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Somon Yoʻlini "tumansimon yulduzlarga oʻxshash sanoqsiz qismlar toʻplami, " deb taʼriflagan[19][20]. Andalusiyalik astronom astronomer Ibn Bajja esa Yupiter va Mars birlashishi kuzatuviga tayanib Somon Yoʻli bir-biriga deyarli tegib turadigan darajada yaqin yulduzlardan iborat, ulardan kelayotgan yorugʻlik Yer va Oy orasidagi moddadan qaytib, yaxlit koʻrinadi, deb taxmin qilgan[15][21]. XIV asrda suriyalik Ibn Qayim al-Jauziya Somon Yoʻlini "qoʻzgʻalmas yulduzlar kurrasi ichida joylashgan minglab mitti yulduzlar, " deb taʼriflagan[22].

Somon Yoʻli koʻplab yulduzlardan iborat ekanligiga faktik isbot 1610-yili osmonga teleskop orqali qaragan italyan astronomi Galileo Galilei tomonidan keldi[23]. 1750-yili ingliz astronomi Thomas Wright Olam haqida oʻzgacha nazariya yoki yangi faraz (inglizcha: An original theory or new hypothesis of the Universe) nomli ishida galaktikani Quyosh tizimiga oʻxshash, biroq undan ancha katta miqyosdagi gravitatsiya kuchlari bilan bogʻlangan tumonat yulduzlardan iborat aylanuvchi jism, deb toʻgʻri taxmin qildi. Bunday yulduzlar diski shu disk ichidagi nuqtai nazarimizdan osmonda tasma boʻlib koʻrinadi[24]. 1755-yilgi traktatida Immanuel Kant Wrightʼning Somon Yoʻli tuzilishi haqidagi bu fikrini kengaytirdi.

 
1785-yili William Herschel tomonidan yulduz sanash orqali keltirib chiqarilgan Somon Yoʻli shakli; Quyosh tizimi markazga yaqin, deb oʻylangan.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. NASA Finds Direct Proof of Dark Matter (Wayback Machine saytida 2020-03-28 sanasida arxivlangan), NASA
  3. „Unveiling the Secret of a Virgo Dwarf Galaxy“ (Archive.is saytida 2012-07-29 sanasida arxivlangan). ESO
  4. „Astronomers Get Closest Look Yet At Milky Way’s Mysterious Core“
  5. „Near-Infrared Galaxy Morphology Atlas“
  6. „To see the Universe in a Grain of Taranaki Sand“
  7. „Hubbleʼs Largest Galaxy Portrait Offers a New High-Definition View“, NASA
  8. „"The Galaxies: Islands of Stars"“. 2012-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-iyun.
  9. „Galaxy Clusters and Large-Scale Structure“
  10. Harper, D. „galaxy“. Online Etymology Dictionary. Qaraldi: 2011-yil 11-noyabr.
  11. Waller & Hodge 2003, s. 91
  12. Koneãn˘, Lubomír „Emblematics, Agriculture, and Mythography in The Origin of the Milky Way“. Chexiya Fanlar Akademiyasi. 2006-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 5-yanvar.
  13. Rao, J. „Explore the Archerʼs Realm“. Space.com (2005-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2007-yil 3-yanvar.
  14. Plutarch. The Complete Works Volume 3: Essays and Miscellanies. Chapter 3: Echo Library, 2006 — 66-bet. ISBN 978-1-4068-3224-2. 
  15. 15,0 15,1 Montada, J. P. „Ibn Bajja“. Stanford Encyclopedia of Philosophy (2007-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2008-yil 11-iyul.
  16. Heidarzadeh 2008, ss. 23–25
  17. Mohamed 2000, ss. 49–50
  18. Bouali, H.-E.; Zghal, M.; Lakhdar, Z. B. „Popularisation of Optical Phenomena: Establishing the First Ibn Al-Haytham Workshop on Photography“. The Education and Training in Optics and Photonics Conference (2005). Qaraldi: 2008-yil 8-iyul.
  19. O'Connor, John J.; Robertson, Edmund F., „Abu Rayhan Muhammad ibn Ahmad al-Biruni“, MacTutor History of Mathematics archive, St Andrews universiteti.
  20. Al-Biruni 2004, s. 87
  21. Heidarzadeh 2008, s. 25, Table 2.1
  22. Livingston, J. W. (1971). „Ibn Qayyim al-Jawziyyah: A Fourteenth Century Defense against Astrological Divination and Alchemical Transmutation“. Journal of the American Oriental Society. 91-jild, № 1. 96–103 [99]-bet. doi:10.2307/600445. ISSN 0003-0279. JSTOR 600445.
  23. OʻConnor, J. J.; Robertson, E. F. „Galileo Galilei“. University of St. Andrews (2002-yil noyabr). 2012-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 8-yanvar. (Archive.is saytida 2012-05-30 sanasida arxivlangan)
  24. Evans, J. C. „Our Galaxy“. George Mason University (1998-yil 24-noyabr). 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 4-yanvar. (Wayback Machine saytida 2016-04-14 sanasida arxivlangan)

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir