[go: up one dir, main page]

Fosiq (arab. - yoʻldan adashgan, axloqsiz) - 1) islom anʻanasida diniy majburiyatlarni

ado etmagan gunohkor; 2) axloqiy maʻnoda -fahsh, buzuq odam. "Fosiq" kalimasi johiliyat davrida qoʻllanilmagan. Qurʼoni karimda oʻzak holida yetti, tuslangan feʻl sifatida oʻn va "fosiq" shaklida esa (ikkitasi birlikda, boshqalari koʻplikda) oʻttiz yetti joyda keladi. Baʻzi oyatlarda yahudiylar, xristianlar, mushriklar va munofiqlar haqida soʻz borar ekan, koʻplarining fosiq ekanlari bildiriladi (mas., Baqara, 99; Oli Imron, 110; Moida, 47, 59; Tavba, 67); boshqa ayrim oyatlarda esa, fisq va fusuq moʻminlarga nisbatan ham ishlatiladi (Baqara, 197, 282; Nur, 4). Oyatlarda maʻlum qilishiga koʻra, Alloh fosiqlardan rozi boʻlmaydi, moliy ehsonlarini qabul etmaydi va oʻzlarini hidoyatga erishtirmaydi. Ularni dunyoda jazolagani kabi, oxiratda ham jahannamga tashlaydi.

Manbalar

tahrir