Fond birjasi
Fond birjasi - qimmatli qogʻozlar va boshqa moliyaviy vositalar oldi sotdi qilinadigan birja; pul kapitali harakatiga xizmat koʻrsatadigan moliya bozorining dastaklaridan biri. Bozor infratuzilmasining muhim boʻgʻini, qimmatli qogʻozlar (davlat obligatsiyalari, korxonalar aksiya va obligatsiyalari, bank kredit biletlari, tijorat veksellari), valyuta oldi sotdisi boʻyicha muntazam va tashkiliy faoliyat koʻrsatadi.
Fond birjasining asosiy vazifalari: boʻsh turgan pul va qimmatli qogʻozlarni sotishni tashkil etish orqali jamgʻarilgan pul kapitalini safarbar etish va toʻplash; xususiy xoʻjalik subʼyektlari va davlat investitsiyalarini ularning qimmatli qogʻozlari xaridini tashkil etish yoʻli bilan moliyalashtirish; qimmatli qogʻozlarning yuqori darajadagi likvidligini, yaʼni qimmatli qogʻoz egalari uchun yoʻqotishlarsiz tezda pul mablagʻlariga aylanishini taʼminlash. Huquqiy maqomiga koʻra, jahon amaliyotida doimiy davlat nazoratida faoliyat koʻrsatadigan yalpi huquqiy, aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi hususiy va davlat kapitali ishtirokidagi aralash Fond birjasi turlari bor.
Fond birjasi 16-asrda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida paydo boʻlgan. Jahonda 150 dan ortiq yirik Fond birjasi bor (2003). Oʻzbekistonda birinchi fond birjalari 1991-yildan boshlab tashkil etila boshladi, lekin ularning ko'pi keyinchalik yopildi.
Shuningdek qarrang
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |