[go: up one dir, main page]

Falastin davlati

Gʻarbiy Osiyodagi qisman tan olingan mamlakat
(Falastin Davlatidan yoʻnaltirildi)

Falastin, rasman Falastin Davlati (arabcha: فلسطين) – Yaqin sharqda joylashgan qisman tan olingan suveren davlat boʻlib, hozirda BMT tomonidan „aʼzo boʻlmagan kuzatuvchi davlat“ sifatida tasniflangan arab mamlakati[1]. Falastinning huquqiy maqomi munozarali. Shunday boʻlsa-da, BMTga aʼzo 193 mamlakatning 139 tasi mamlakatni tan oladi[2]. Falastin Iordan daryosining Gʻarbiy sohili (Gʻarbiy Sohil) hamda Gʻazo sektori oʻz hududi ekanligini daʼvo qiladi, ammo bu hududlarning barchasini Terrorchi Isroil 1967-yildan beri okkupatsiya qilib kelmoqda[3][4]. Dastlab Falastin yerlari 1948-yilgacha Misr va Iordaniya tomonidan bosib olingan boʻlsa, 1967-yilda olti kunlik urushdan keyin Terrorchi Isroil tomonidan bosib olingan. 2024-yil oktabr holatiga koʻra Falastinda 5,522,076 kishi yashaydi. Aholi soni boʻyicha Falastin dunyoda 121-oʻrinni egallab turibdi[5].

Falastin milliy ma’muriyati
دولة فلسطين
Dawlat Filasṭīn
ShiorYoʻq
Madhiya: "فدائي"
"Fida'i"
Location of Falastin davlati
Poytaxt Ramalloh, Quddus
Eng katta shahar Gʻazza
Rasmiy til(lar) Arabcha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Mahmoud Abbas
Rami Hamdallah
Maydon
• Butun
6,020 km2 (164-oʻrin)
• Suv (%)
3.5
Aholi
• 2014-yilgi roʻyxat
4,550,368 (123-oʻrin)
• Zichlik 6,020/km2
YIM (XQT) 2008-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$11,950,000,000 (129-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$2,900
Pul birligi Misr Funti, Yangi Isroil Shekel, Iordaniya dinori (EGP, ILS, JOD)
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma PS
Telefon prefiksi 970
Internet domeni .ps
Falastin (1947)

Etimologiyasi

tahrir

Falastin mintaqasi va uning geografik miqyosi kontseptsiyasi tarix davomida turlicha boʻlgan boʻlsa-da, hozirda u zamonaviy Isroil Davlati, Gʻarbiy Sohil va Gʻazo sektori tomonidan tuzilgan deb hisoblanadi. „Falastin“ atamasi yoki Oʻrta yer dengizining janubi-sharqiy burchagida Suriya boʻylab joylashgan hududga tegishli atamalarning umumiy qoʻllanishi tarixan Qadimgi Yunoniston davridan beri mavjud boʻlib, Gerodot eramizdan avvalgi 5-asrda yozgan birinchi tarixchidir. Finikiyaliklar boshqa dengiz xalqlari bilan aloqada boʻlgan „Palaistina deb nomlangan Suriya okrugi“ tarixi. „Falastin“ atamasi (lotincha, Palæstina) qadimgi yunonlar tomonidan filistlar tomonidan egallab olingan erlar uchun kiritilgan atama boʻlgan, ammo boshqa tushuntirishlar ham mavjud.

Tarixi

tahrir

Miloddan avvalgi davrlarda Falastin

tahrir

Taxminan miloddan avvalgi 600 ming yilga oid Tabariya koʻlining janubiy qismida qadimdan insonlar yashaganligining izlari aniqlangan. Neolit ​​davrida (miloddan avvalgi 10000 – 5000-yillar) dehqonchilik bilan barqoror ravishda shugʻullangan jamoalar mavjud boʻlgan. Erixo devori, Yetti quduq va Oʻlik dengizdan eneolit ​​davriga oid boʻlgan (miloddan avvalgi 5000–3000-yillar) mis va tosh qurollar topilgan. Kanʼonliklar Arabiston yarim orolidan Falastinga koʻchib oʻtganlar. Shundan keyin bu hududlar Kanʼon yurti deb nomlana boshlangan. Taxminan miloddan avvalgi 1250-yilda dengiz aholisi (falastinliklar) oʻz mulklarini barpo etgan qirgʻoq boʻylab joylashdilar. Ular ichki togʻli hududlarda tarqalgan kanʼonlik mamluklar bilan chatishgan va savdo aloqalarini oʻrnatganlar. Bu davrdan koʻp oʻtmay, al-Abiro (Bani Isroil) Falastinliklar va kanʼonliklar bilan urushlardan keyingi Erixo davridan boshlab, miloddan avvalgi 1000-yilgacha Kanʼon yerlarining bir qismini bosib olganlar. Bu orada Dovud yabusiylar (kanʼonliklarning bir qismi) bilan urushdan keyin Quddus shahrini nazorat qila boshlagan.

Sulaymon 965–928-yillarda Quddusda oʻzi uchun haykal oʻrnattirgan. Miloddan avvalgi 928-yilda Bani Isroil davlati Isroil hamda Yahudiy davlatlariga boʻlinib, milodiy 721-yilga kelib, mamluklar butun Falastinning tarixiy yerlarini qoʻldan chiqarishgan. Ularning qoʻl ostida butun qirgʻoq mintaqasi qolgan xolos. Ossuriyaliklar Isroil yurtini egallab, miloddan avvalgi 586-yilda Navuxaz Nasr boshchiligidagi bobilliklar qoʻshini Yahudiyani magʻlub etgan va u yerdagi aholi Bobilga koʻchirilgan. Haykal esa buzib tashlangan. Miloddan avvalgi 539-yilda forslar Bobilni egallab, yahudiylarning Falastinga qaytishiga ruxsat berganlar. Falastinga qaytgan yahudiylar tomonidan haykal qayta oʻrnatilgan. Miloddan avvalgi 333-yilda Aleksandr Makedonskiy Forsni zabt etib, Falastinda yunon hukmronligini oʻrnatgan. Aleksandr Miloddan avvalgi 323-yilda vafot etganidan keyin Misr Ptolemeylari va Suriyadagi Salavkiylar galma-gal Falastin ustidan hukmronlik oʻrnatganlar. Salavkiylar imperiyasi Falastin aholisiga ellin (yunon) madaniyati va dinini majburan qabul qildirishga urinib koʻrishgan. Lekin, miloddan avvalgi 165-yilda yahudiylar tarixiga koʻra, makkabiylar salavkiylar hukmdori Antiox Ibifanga qarshi isyon qilgan va mustaqil yahudiy davlatini barpo etgan. Miloddan avvalgi 63-yilda Falastin Rim imperiyasiga qoʻshib olingan[6][7].

Falastinning yaqin tarixi

tahrir

1947-yil 29-noyabrda BMT Falastinda ikki davlat – Isroil yahudiy va Falastin – arab davlati tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Versal konferensiyasidayoq (1919-yil) Buyuk Britaniya Falastinni boshqarish va u yerda yahudiylar davlatini tashkil etish mandatini olgan edi. Bu davrda Falastinda 100 mingga yaqin yahudiy yashardi. Dunyo boʻylab tarqalib ketgan yahudiylami bir joyga – Falastinga toʻplashda ularning xalqaro tashkiloti katta rol oʻynadi. Bu tashkilot Sion tashkiloti deb ataladi. (Bu nom Falastindagi Sion togʻi nomidan olingan, bu tashkilot yahudiylarni shu atrofda toʻplanishga daʼvat etadi). Ayni paytda sionizm gʻoyasi ham vujudga keldi.

 
 
 
 
 
 
 

1942-yili Falastindagi yahudiylar soni 0.5 millionga yetdi. Ulardan yaxshi harbiy tayyorgarlikka ega, AQSH va Buyuk Britaniya tomonidan zamonaviy qurollar bilan qurollantirilgan armiya tuzildi. Yahudiylar arablar uchun ajratilgan hududlarni ham ishgʻol qilib oldilar.

1948-yilning 14-mayida yahudiy sionistlar rahnamosi Ben Gurion Isroil davlati tuzilganligini eʼlon qildi. Tel-Aviv shahri bu davlatning poytaxti boʻlib qoldi. Falastin arab davlati esa tuzilmay qoldi. Buning oqibatida 1948-yil birinchi isroil-arab urushi yuz berdi. Bu urushda ishtirok etgan arab davlatlari armiyasi yengildi. Chunki ular qoloq, zamonaviy armiyaga ega boʻlmagan davlatlar edi.

Yahudiylar Falastin arablarini oʻz yerlaridan quvib chiqaraboshladilar. Buning natijasida 0,5 mln falastinlik arablar Livan davlati hududiga qochib oʻtishga majbur boʻldi. Misr, Suriya, Livan, Iordan va Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolashga majbur boʻldilar. Dunyo sionistik tashkilotlari koʻrsatgan moliyaviy yordam, Germaniyaning Isroilga toʻlagan 1 milliard $ dollar miqdordagi tovoni hamda AQSH koʻrsatgan katta yordam tufayli Isroil qisqa vaqt ichida qudratli armiyaga ega davlatga aylandi. Yaqin Sharq strategik xomashyo – neftga boy oʻlka. U yerda jahon neft zaxirasining 50 foizi mavjud.

1967-yilning 5-iyunida Isroil Misrga yana hujum qildi. Bu urushda Misr armiyasiga juda katta talafot yetkazildi. Urush 6 kun davom etdi. Shu davr ichida Isroil oʻz hududidan 2 baravar katta boʻlgan arab davlatlari hududlarini bosib oldi. Bu hududlar keyinchalik anneksiya ham qilina boshlandi. Misr Sinay yarim orolini, Suriya Joʻlan tepaligini, Iordan esa Iordan daryosining gʻarbiy qirgʻogʻini boy berdi. SSSR 10 yil davomida Misr va Suriyaga yetkazib bergan harbiy texnikaning deyarli barchasi Isroil qoʻliga oʻtdi. Gʻazza sektori va Falastin davlati poytaxti boʻlishi kerak boʻigan Quddus shahrini ham (arablar yashaydigan qismi) Isroil egalladi. 1967-yil Sudanda arab davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi oʻtkazildi. Uchrashuvda Isroil bilan muzokara oʻtkazmaslik; Isroilni tan olmaslik va u bilan separat tinchlik shartnomasini imzolamaslik haqida qaror qabul qilindi. Ayni paytda, agar Isroil davlati Falastin arab xalqiga oʻz davlatini tuzish imkonini bersa hamda bosib olingan yerlarni qaytarsa, bu qarorni bekor qilish mumkinligini qayd etdi. Isroil ittifoqchilari katta miqdorda yordam koʻrsatishni davom ettirdilar. 1969–1979-yillar oraligʻidagi 10 yil ichida Isroil 20 milliard dollarlik yordam oldi. Hukumat bosib olingan hududlarga yahudiylarni joylashtirish siyosatini yuritdi. Arab davlatlari ham oʻzlarining harbiy salohiyatiarini mustahkamlash choralarini koʻrdilar. SSSR ularga zarur harbiy texnika yetkazib berdi.

1973-yil 6-oktabrda yana arab-isroil urushi boshlandi. Shu kuni Misr-Suriya armiyasi Isroilga hujum qildi. Arab qurolli kuchlari birinchi bor Isroilni ogʻir ahvolga solib qoʻydi. Ayni paytda FOTning xalqaro obroʻsi oshib bordi. 1974-yilda arab davlatlari uni falastin arab xalqining yagona vakili, deb tan oldilar. FOTga BMTda kuzatuvchi maqomi berildi. Isroilning ogʻir ahvolga solib qoʻyilishi uning ittifoqchilarini befarq qoldirmadi. AQSH isroil-arab munosabatlariga jiddiy aralasha boshladi. Uning maqsadi Isroilning xalqaro obroʻsini saqlab qolish edi. Ikkinchidan, arab davlatlarini SSSRdan uzoqlashtirish hamda arablar orasiga nizo solish edi. 1979-yilning 26-martida AQSH Isroil va Misr oʻrtasida separat Kemp-Devid (AQSH) bitimi imzolanishiga erishdi. Unga koʻra, Isroil oʻz qoʻshinlarini 1982-yil aprelgacha Sinaydan olib chiqib ketishga rozilik berdi. AQSH har ikki davlatga iqtisodiy-harbiy yordam koʻrsatish majburiyatini oldi. AQSH Suvaysh kanalini minalardan tozalab, kemalar qatnovini yoʻlga qoʻyishda Misrga yordam koʻrsatdi. Arab xalqi Misr Prezidenti A. Sadatning bu siyosatini sotqinlik deb baholadilar va 1981-yilning 6-oktabrida uni oʻldirishga muvaffaq boʻldilar.

1980–1990-yillarda arab davlatlari oʻrtasida Yaqin Sharq masaiasida boʻlinish yuz berdi. Boy arab davlatlari – Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Ummon davlatlari muammoni Isroil bilan kelishuv orqali hal etish kerakligini yoqlab chiqdilar. Iordan va Livan ham keyinchalik shunday qildi. Suriya va Iroq esa tinch kelishuv yoʻlini inkor eldilar.

1994-yildan boshlab Yaqin Sharq muammosini hal etish yangi bosqichga kirdi. Isroil Falastin milliy avtonomiyasini tuzishga ijozat berdi. Biroq bir qancha muzokaralar oʻtkazilsa-da, Falastin davlatini tuzish muammosi hamon ochiqligicha qolmoqda.

2005-yilda Yosir Arofat vafot etgach, uning oʻrniga kelgan Mahmud Abbos bu ishni davom ettirmoqda. 2005-yil avgustidan Isroil Gʻazza sektoridan 8,5 mingdan ortiq yahudiylarni koʻchirib olib chiqib ketdi.

Joylashuvi

tahrir

Falastin davlati daʼvo qilgan hududlar Janubiy Levantda joylashgan. Gʻazo sektori gʻarbda Oʻrta yer dengizi, janubda Misr, shimol va sharqda Isroil bilan chegaradosh. Gʻarbiy Sohil sharqda Iordaniya, shimol, janub va gʻarbda Isroil bilan chegaradosh. Shunday qilib, Falastin davlati daʼvo qilgan hududni tashkil etuvchi ikki anklav bir-biri bilan geografik chegaraga ega emas, ular Isroil tomonidan ajratilgan. Bu hududlar quruqlik boʻyicha dunyoda 163-oʻrinni egallaydi.

Iqlimi

tahrir

Falastindagi harorat juda xilma-xil. Gʻarbiy sohildagi iqlim asosan Oʻrta yer dengizi, qirgʻoq chizigʻiga nisbatan baland joylarda biroz salqinroq, hududdan gʻarbda. Sharqda Gʻarbiy Sohil quruq va issiq iqlimi bilan ajralib turadigan Oʻlik dengizning gʻarbiy qirgʻogʻini oʻz ichiga olgan Yahudiya choʻlining katta qismini oʻz ichiga oladi. Gʻazoda issiq yarim qurgʻoqchil iqlim, qishi yumshoq va yozi quruq issiq. Taxminan mart-aprel oylarida bahor keladi va eng issiq oylar iyul va avgust, oʻrtacha eng yuqori harorat 33 °C. Eng sovuq oy yanvar, harorat odatda 7 °C. Yomgʻir kam va odatda noyabr va mart oylari orasida tushadi, yillik yogʻingarchilik darajasi taxminan 116 mm ni tashkil qiladi.

Manbalar

tahrir
  1. The World: A Third World Guide 1995–96 Bissio, Robert Remo: . Montevideo: Instituto del Tercer Mundo, 1995 — 443-bet. ISBN 978-0-85598-291-1. 
  2. Krassov, Oleg. Land Law in Middle Eastern Countries. Norma, 2022 — 239-244-bet. ISBN 9785001562573. 
  3. Tahhan, Zena Al „51 years on: How Israel devoured the rest of Palestine“ (en). www.aljazeera.com. Qaraldi: 2023-yil 18-oktyabr.
  4. Tahhan, Zena „The Naksa: How Israel occupied the whole of Palestine in 1967“. www.aljazeera.com. 2018-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-dekabr.
  5. „State of Palestine Population (2024) - Worldometer“ (en). www.worldometers.info. Qaraldi: 2024-yil 13-oktyabr.
  6. Shahin (2005), p. 4
  7. Ember, Melvin; Peregrine, Peter Neal, redaktorlarEncyclopedia of Prehistory. 8: South and Southwest Asia (1). Springer. 2001. səh. 103. ISBN 0-306-46262-1.