[go: up one dir, main page]

Chana sporti — qishki sport turi, bir kishilik (ogʻirligi 22 kg) va ikki kishilik (ogʻirligi 26 kg) chana (sirpanchiklarining eni 15 sm, orasi 48 sm, uz. 124—150 sm) da 800–2000 m qorli yoki muzlatilgan maxsus qiyalik trassadan tez uchish musobaqasi. Chana sporti 19-asr oxirida Yevropada sport turi sifatida shakllangan, 1883-yilda Shveysariyaning Davos shahri yaqinida birinchi xalkaro musobaqa oʻtkazilgan. 1884-yildan Germaniyada sport chanalari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Chana sporti 1924-yildan Xalqaro bobsley va toboggan federatsiyasi tarkibida rivojlana boshladi. 1954-yilda Xalqaro Chana sporti federatsiyasi (FIL) tashkil topdi, unga 40 dan ziyod davlat aʼzo. Chana sporti boʻyicha 1955-yildan jahon chempionati oʻtkazib kelinadi, 1964-yildan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Chana sporti Avstriya, Germaniya, Italiya, Norvegiya, Polsha, Chexiya, Shveysariya kabi davlatlarda rivojlangan.