[go: up one dir, main page]

Alla-prima (ital. alia prima) – rangtasvir ishlash usullaridan. Bunda rassom moʻyqalam bilan ishlanayotgan yuzaga rang surtmalarini qurib ulgurmasidan ishlab, imkoniyat boricha bir rang surtmasida tez bajarishi lozim. Rassomdan bir harakat bilan kerak rang tuyimini olish va kerak joyga kerakli hajm va shaklda bera olish talab etiladi. Alla-primausulining oʻziga xos xususiyati – u asar ranglarini toza, tiniq boʻlishini, boʻyoq qatlamining chidamliligini taʼminlaydi. Bu usulda koʻp vaqt talab qiladigan, katta mavzu, salmoqli, mujassamoti murakkab asar yaratilmaydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil