[go: up one dir, main page]

Akkad tili (qadimgi shahar Akkad nomidan) — mashhur som tillarining eng qadimgisi. Ikki dialektga — bobil va ossuriy dialektlariga ega, shu bois koʻpincha u bobil-ossuriy (yoki ossuriy-bobil) tili deb ham ataladi. Akkad tilining ham (boshqa som tillari kabi) oʻziga xos xususiyati undagi soʻzlar oʻzagi undoshlardan (koʻpincha uch undoshdan) tashkil topishidir. Unlilar hamda oʻzakka te-gishli boʻlmagan baʼzi undoshlar grammatik munosabatni yuzaga keltiradi va oʻzak umumiy maʼnosini muayyanlashtiradi. Akkad tili yozuvi shumer sillabo-ideografik mixxatiga asoslangan boʻlib, belgilar koʻp tovushli xususiyatga ega. Ular soni 500 dan oshib ketadi. Akkad tili mixxat yozuvini 1857-yilga kelib toʻliq oʻqishga muvaffaq boʻlingan[1].

Akkad tili
Milliy nomi akkadû
Mamlakatlar Mesopotamiya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 0
Turkumlanishi
Til oilasi Som-hom tillari
Alifbosi mixxat
Til kodlari
ISO 639-2 akk
ISO 639-3 akk

Manbalar

tahrir
  1. "Akkad tili" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil