[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Yakutiya (aviakompaniya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Yakutiya aviakompaniyasi“ AJ
Tashkil topgan 2002
Boshlangan amaliyotlari 2003-yil 21-yanvar
Baza aeroporti Yakutsk aeroprti, Vnukov aeroport
Havo tuguni Yakutsk
Bosh qarorgohi Yakutsk
Muhim shaxslar Andrey Vinokurov
Sof foyda 1635.91 mln rubl
Xodimlar soni 1000
Sayti yakutia.aero

„Yakutiya aviakompaniyasi“ AJ (saxa.: „Якутия“ авиакомпания) — Yakutsk va Vnukovo (Moskva) aeroportlaridan foydalanadigan Rossiya aviakompaniyasi.

Boeing 737-800 Tallin aeroportida (2017-yil)

Saxa respublikasi (Yoqutiston) Rossiya Federatsiyasi hududidagi eng yirik maʼmuriy-hududiy birlik boʻlib, fuqaro aviatsiyasi yil davomida harakatlanadigan mamlakatdagi yagona transport turidir va u respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishida ulkan rol oʻynaydi. 2002-yil 30-iyulda Saxa respublikasi (Yoqutiston) Prezidenti Vyacheslav Shtirovning farmoni bilan „SaxaAvia“ va „Yakutskiye avialinii“ aviakompaniyalari negizida mintaqaviy oʻrta masofali „Yakutiya“ aviakompaniyasi tashkil etiladi. 2013-yilning 23-yanvarida Yakutiya aviakompaniyasi oʻzining bortida 49 nafar yoʻlovchi bilan Sukhoi Superjet 100 samolyotida Yakutsk — Xabarovsk yoʻnalishida birinchi yoʻlovchi parvozini amalga oshirgan[1]. 2016-yil dekabr oyida „Yakutiya aviakompaniyasi“ AJ „Polyarniye avialinii“ kompaniyasini sotib oladi. Bitim natijasida Yakutiya „Polyarniye avialinii“ kompaniyasining 100% minus bir ulushiga ega boʻladi. „Oltin“ aksiya Mulk va yer munosabatlari vazirligi tasarrufida Yoqutiston hukumati yurisdiksiyasidadir. 2021-yil 14-sentyabrda Rostransnadzor „Yakutiya“ aviakompaniyasi aviatsiya hodisalari mezoniga kiruvchi 55 dan ortiq hodisani yashirganligini aniqladi. Ertasi kuni aviakompaniyaning bosh direktori Vladimir Gorbunov isteʼfoga chiqadi va uning oʻrinbosari, tijorat direktori Andrey Vinokurov bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi[2]. 2022-yil yanvar oyida Rosaviatsiya Rostransnadzorning baholashiga rozi boʻlmaydi va 54 ta hodisani roʻyxatdan chiqarib tashlaydi, faqat ulardan bittasi boʻyicha audit tekshiruvini boshlaydi. 2022-yil 26-oktyabrda „Yakutiya“ aviakompaniyasi Uzoq Sharqning yagona aviatashuvchisi „Avrora“ tarkibiga kiradi.

Aviakompaniyaning bosh ofisi Yakutsk shahrida joylashgan. Aviakompaniyaning asosiy aeroportlari Yakutsk va Moskva shaharlaridagi havo transporti markazlari hisoblanadi. Aviakompaniyaning vakolatxonalari Rossiya va xorijning 40 dan ortiq turli shaharlarida joylashgan.

Hozirgi floti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil iyun holatiga koʻra aviakompaniya parkida 9 ta samolyot mavjud[3]:

Yakutiya aviakompaniyasi havo floti
Rasm Samolyot turi Foydalanilgan Buyurtma qilingan Izoh
Boeing 737-700 2 Bort raqamlari:

RA-73262, RA-73263

Boeing 737-800 2 Bort raqamlari:

RA-73260, RA-73261

DHC-8-300 2 Bort raqamlari:

RA-67268

RA-67270

SSJ-95B 1 Bort raqamlari:

RA-89021

SSJ-95LR-100 3 Bort raqamlari:

RA-89035; RA-89037 ; RA-89038

Jami 5 turdagi samolyotlar 10 0
Rasm Turi Miqdori Foydalanishga

kiritilgan yili

Foydalanishdan

chiqarilgan yili

Izoh
An-140 4 2006-yil 2014-yil
Boeing 757-200 5 2007-yil 2015-yil
Boeing 757-200F 2 2011-yil 2018-yil Yuk samolyoti
Tu-154M 10 2002-yil 2018-yil

Yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Yakutiya“ aviakompaniyasi samolyotlari Saxa respublikasi (Yoqutiston), Uzoq Sharq federal okrugi shaharlari, Rossiya Federatsiyasining markaziy hududlari, MDH mamlakatlari, Janubi-Sharqiy Osiyo, Kipr va xorijga muntazam amda charter reyslarini amalga oshiradi.

  • 2018-yil 10-oktyabr kuni Ulan-Ude — Yakutsk yoʻnalishida parvoz qilayotgan Sukhoi Superjet 100 samolyoti qoʻnish vaqtida uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketadi va shikastlanadi. Toʻrt nafar yoʻlovchi shifokorlarga murojaat qilgan. Samolyot hisobdan chiqariladi[4][5].
  • 2021-yil 1-iyul kuni Krasnodar — Novosibirsk — Yakutsk reysini amalga oshirayotgan Boeing 737-700 samolyoti belgilangan aeroportga yetib kelganida fyuzelyajdagi shikastlanishlar aniqlangan. Yakutiya aviakompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qilishicha, samolyotning nogermetik qismi shikastlangan. Asosiy sababi uchish-qoʻnish yoʻlagiga tegib ketishi boʻlgan[6][7].
  1. „Sukhoi Superjet 100 авиакомпании «Якутия» выполнил первый рейс“. Авиакомпания Якутия (2013-yil 23-yanvar). 2013-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Гендиректор «Якутии» уволился после замечаний Ространснадзора — РБК“. 2022-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  3. „Реестр сертификатов эксплуатантов“. favt.gov.ru. 2021-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  4. „Sukhoi Superjet 100 в Якутске при посадке надломил основные стойки шасси, въехав в уступ на полосе“ (ru-RU). avianews.com (2018-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 2-iyul.
  5. „Аварийная посадка "Суперджета" в Якутске: версия Росавиации“. BBC News Русская служба. 2019-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-iyul.
  6. „Прилетевший в Якутск из Краснодара Boeing повредил фюзеляж“ (ru). РБК. 2021-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-iyul.
  7. „Пассажирский самолет повредил фюзеляж при посадке в аэропорту Якутска“ (ru). Российская газета. 2021-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-iyul.