[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Xolid ibn Validning Banu Jazimaga yurishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xolid ibn Validning Banu Jazimaga yurishi
Sanalar Mildoiy 630-yil yanvar (hijriy 8-yil)[1][2]
Urush yeri Makka
Natija * Banu Jazima qabilasi vakillari Islomni qabul qilganlar
* Xolid ibn Valid tushunmovchilik sabab ularning baʼzilarini oʻldirgan[3]
Qoʻmondonlar
Xolid ibn Valid Nomaʼlum
Kuchlar
350 Nomaʼlum

Xolid ibn Validning Banu Jazima qabilasiga qarshi yurishi[4] hijriy 8-yilning 9-oyida (630-yil yanvar) boʻlib oʻtgan[5].

Xolid ibn Valid Banu Jazima qabilasini Islomga daʼvat qilish uchun yuborilgan. Qabila vakillari ushbu taklifni qabul qilishgan, lekin Xolid ularning hammasini asirga olgan va bir qismini qatl qilgan[6][7].

Xolid ibn Valid al-Uzzoni vayron qilish uchun Naxla yurishidan qaytgach, hijriy 8-yilda[8] 350 nafar otliq yordamchilar, muhojirlar va Banu Salim boshliqlari bilan yana Banu Xuzayma badaviylari qarorgohiga joʻnatilgan[9][10].

Uning vazifasi qabila aʼzolari Islomga chaqirish va musulmonlikni qabul qilishga koʻndirish edi. Koʻpchilik qabila aʼzolari ushbu taklifni qabul qilib, bu yangi dinni qabul qilganlar, mmo Xolid ibn Valid uni toʻxtatmagunlaricha ularning bir qismini qatl qilgan.

Xolid ibn Valid Banu Juzayma vakillarining barchasini bogʻlab, asir qilib qoʻyadi va bu dinni qabul qilishlari bir xiyla ekanligini sezgach, ularni qatl qilishni buyuradi. Madina fuqarosi boʻlgan boshqa musulmonlar kelib, Xolidni toʻxtatgunga qadar ularning bir qismi oʻldiriladi[11].

Qon toʻkilganligi haqidagi xabar paygʻambar Muhammadga yetib keladi. U zot qattiq qaygʻuga tushadi. Xalifa Alini zulmga uchragan qabilalarga yordam berish uchun yuboradi. Ali sinchiklab tekshirilgan surishtiruv ishlaridan soʻng barcha jabr koʻrganlarga qon puli toʻlaydi. Xolidning Abdurahmon ibn Avf bilan kelishmovchiligi bor edi. Buni eshitgan Muhammad qattiq gʻazablanadi va Xolidga oʻrtadagi bu janjalni toʻxtatishni buyuradi. Sahoba sifatida Xolid ibn Valid va Abdurahmon ibn Avfning martabalari juda baland ekanligini, bunday keraksiz tortishuvlarga aralashmasliklarini aytadi[12].

  1. „List of Battles of Muhammad“. 2011-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-may.
  2. Abu Khalil, Shawqi. Atlas of the Prophet's biography: places, nations, landmarks. Dar-us-Salam, 1 March 2004 — 226-bet. ISBN 978-9960-897-71-4. 
  3. Muir, Sir William. The Life of Mahomet and History of Islam to the Era of the Hegira. Smith, Elder & Company, 1861 — 135-bet. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr. 
  4. Abu Khalil, Shawqi. Atlas of the Prophet's biography: places, nations, landmarks. Dar-us-Salam, 1 March 2004 — 226-bet. ISBN 978-9960-897-71-4. 
  5. „List of Battles of Muhammad“. 2011-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-may.
  6. Muir, Sir William. The Life of Mahomet and History of Islam to the Era of the Hegira. Smith, Elder & Company, 1861 — 135-bet. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr. 
  7. Mubarakpuri, Safiur Rahman. The Sealed Nectar, 6 October 2020. ISBN 9798694145923. OCLC 1035160797. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr. 
  8. Mubarakpuri, Safiur Rahman. The Sealed Nectar, 6 October 2020. ISBN 9798694145923. OCLC 1035160797. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr. 
  9. Mubarakpuri, Safiur Rahman. The Sealed Nectar, 6 October 2020. ISBN 9798694145923. OCLC 1035160797. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr. 
  10. The life of Mahomet and history of Islam, Volume 4, By Sir William Muir, Pg 135 See bottom, Notes section.
  11. Muir, Sir William. The Life of Mahomet and History of Islam to the Era of the Hegira. Smith, Elder & Company, 1861 — 135-bet. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr. 
  12. Mubarakpuri, Safiur Rahman. The Sealed Nectar, 6 October 2020. ISBN 9798694145923. OCLC 1035160797. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.