[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Vivian McGrath

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vivian McGrath
Toʻliq ismi Vivian Erzerum Bede McGrath
Mamlakat Avstraliya bayrogʻi Avstraliya
Tugʻilishi 17-fevral 1916-yil
Merrendee, NSW, Avstraliya
Vafoti 9-aprel 1978-yil(1978-04-09)
(62 yoshda)
Burradoo, NSW, Australia
Professionallik Slam debut in 1932
Faoliyati tugashi 1950s
Ishlatadigan qoʻli Right-handed (two-handed both sides)
Yakkalik bahslar
Eng yuqori pozitsiyasi No. 8 (1935, A. Wallis Myers)[1]
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open W (1937)
French Open QF (1935)
Wimbledon QF (1935, 1937)
US Open 4R (1933)
Juftlik bahslari
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open W (1935)
French Open F (1933, 1934, 1935)

Vivian Erzerum Bede McGrath (1916-yil 17-fevral – 1978-yil 9-aprel) – avstraliyalik tennis bahslari chempioni edi. John Bromwich kabi oʻzlarining oʻynash uslublarini yaratgan dastlabki ajoyib oʻyinchilardan biri edi.

U Yangi Janubiy Vels(Wales)ning Mudji(Mudgee) yaqinidagi Merrendi(Merrendee) shahrida tugʻilib, katta boʻlgan. Uning ota-onalari mahalliy avstraliyalik edi va u oilasining 4-farzandi boʻlib dunyoga kelgan. Uning otasi mehmonxona xodimi edi. U Sidney oʻgʻil bolalar oʻrta maktabiga borib, 1932-yilda maktabni tugatgan.[2] U yerda tennis va kriket bilan shugʻullangan. Ilk tennis mashgʻulotlarini oʻzining uy devori bilan mashq qilib oʻynay boshlagan.[3]

Christian Boussus (chapda) va Vivian McGrath (oʻrtada) 1934-yil noyabr oyida Avstraliyaning Sidney shahridagi White City stadionining markaziy kortiga kirishi.

U 1932-yilda avstraliyalik oʻsmirlar va 1933-yilda fransuz oʻsmirlar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida gʻolib chiqdi. U 1933-yildan 1937-yilgacha Avstraliya Devis Kubogi jamoasi aʼzosi boʻlgan. 1935-yilda dugonasi Jack Crawford bilan Avstraliya ochiq chempionatida gʻolib chiqdi. 1937-yilda u John Bromwichga qarshi Avstraliya Ochiq chempionatida gʻalaba qozondi. McGrath 1935-yilda The Daily Telegraph nashri A. Wallis Myers tomonidan dunyoning eng yaxshi tennischilar qatorida 8-oʻrinini egallagan.

Ikkinchi jahon urushi paytida uning faoliyatini toʻxtatildi va u havo kuchlarida harbiy xizmat oʻtay boshladi. Unga faqatgina amerikalikga qarshi tennis musobaqalarida qatnashish uchun harbiy xizmatdan ozod etilgan edi(faqatgina qisqa muddatga).

Urushdan keyin u hech qachon oʻz faoliyatini avvalgiday qayta tiklay olmadi va jarohatlardan azob chekdi. Oxir-oqibat u „Southern highlands“da murabbiy boʻlib xizmat qila boshladi va endi koʻproq eʼtiborini ot poygasiga yoʻnaltirdi.

U Yangi Janubiy Uelsning Burradoo shahrida yurak xastaligidan vafot etdi.

Katta dubulgʻa finallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakkaliklar: (1 ta nom)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Natija Yil Chempionat Qoplama Raqib Hisob
Gʻalaba 1937-yil Avstraliya chempionati Oʻt Avstraliya John Bromwich 6-3, 1-6, 6-0, 2-6, 6-1

Juftliklar: (1 unvon, 5 ikkinchi oʻrin)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Natija Yil Chempionat Qoplama Hamkor Raqiblar Hisob
Magʻlubiyat 1933 Fransiya chempionati Loy Avstraliya Adrian Quist Birlashgan Qirollik Pat Hughes

Birlashgan Qirollik Fred Perry

2-6, 4-6, 6-2, 5-7
Magʻlubiyat 1934 Fransiya chempionati Loy Avstraliya Jack Crawford Fransiya Jean Borotra

Fransiya Jacques Brugnon

9-11, 3-6, 6-2, 6-4, 7-9
Gʻalaba 1935 Avstraliya chempionati Oʻt Avstraliya Jack Crawford Birlashgan Qirollik Patrick Hughes

Birlashgan Qirollik Fred Perry

6-4, 8-6, 6-2
Magʻlubiyat 1935 Fransiya chempionati Loy Avstraliya Donald Turnbull Avstraliya Jack Crawford

Avstraliya Adrian Quist

1-6, 4-6, 2-6
Magʻlubiyat 1936 Avstraliya chempionati Oʻt Avstraliya Jack Crawford Avstraliya Adrian Quist

Avstraliya Donald Turnbull

8-6, 2-6, 1-6, 6-3, 2-6
Magʻlubiyat 1940 Avstraliya chempionati Oʻt Avstraliya Jack Crawford Avstraliya John Bromwich

Avstraliya Adrian Quist

3-5, 5-7, 1-6
  1. „Moody, Perry Rated Tops By British Expert“, Reading Eagle, 17 October 1935.
  2. „Australian Sporting Representatives“ (pdf). www.shsobu.org.au. Sydney High School Old Boys Union. 2019-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  3. „Vivian McGrath“. www.tennis.co.nf. 2022-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.