[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Vey chjen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vey Chjen (580-643) - Xitoy tarixchisi. Xitoy imperatorlarining Suy sulolasi (581—618) tarixiga oid "Suy shu" ("Suy xonadonining tarixi") nomli asar (85 bobdan iborat) yozgan (Yan Shigu va Kxun Inda bilan birgalikda). Unda imperatorning iqtisodiy siyosati, armiyaning tuzilishi, mamlakatning moddiy ahvoli, xalqning urf-odati haqida maʼlumotlar keltirilgan. Shuningdek 83-bobida Markaziy Osiyo (hozirgi Janubiy Qirgʻiziston, Pomir, Toshkent va boshqalar) hamda Sharqiy Turkiston (Harashar, Kucha, Qashqar, Xoʻtan) haqida ham muhim maʼlumotlar mavjud.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil