[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Tasqara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tasqara
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Qarchigʻaysimonlar
Urugʻ: Aegypius
Turlari: Tasqara
Xalqaro ilmiy nomi
Aegypius monachus Linnaeus, 1766

Tasqara [1] yoki jigarrang kalxat[2] ( lotincha: Aegypius monachus) — qarchig‘aylar oilasiga mansub qush[3]. O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan .

Tashqi ko‘rinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bunday yirtqich qushlarning ko‘rinishi yirik bo‘lib, ularning umumiy uzunligi 1 m ga yetadi, qanotlari 85 sm, vazni esa 7-12 kg.ni tashkil etadi. Nomlanishiga qaramay, tasqaraning patlari qora emas, balki och zangori-jigarrang. Faqat 1 yoshgacha bo‘lganlarini rangi qora bo‘ladi. Uning boshi biroz egilgan. Terisi, ya’ni kamyob momiq patlari moviy tusda bo‘lib o‘zgacha jilo berib turadi. Qora kalxatning tumshug‘i o‘tkir, pastga egilgan. Tasqaraning bo‘ynining yon va orqa tomoni patlar bilan qoplanmagan, terisi bu yerda och pushti rangga ega. Yangi tug‘ilgan tasqaralar birinchi navbatda sarg‘ish momiq pat bilan qoplanadi, so‘ngra u o‘rnini zangoriga bo‘shatib beradi. Bir yarim oydan keyin birinchi patlari paydo bo‘la boshlaydi.

Farbiy Tyan-Shan, Farbiy Pomir-Oloy, Bo‘kantov, Tomditov qoldiq tog‘lari. O‘zbekistondan tashqarida: Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Farbiy, O‘rta va Markaziy Osiyo, Hindiston, Oltoy, Mo‘g‘uliston va Xitoy.

Bu kabi yirtqich qushlarni dengiz sathidan 500-2500 m balandlikdagi tog‘larning quyi va o‘rta qismlari (uyalash); tog‘lar va tekisliklar, shu jumladan ekin yerlarida (ko‘chish) uchratish mumkin.

1980-yillarda 80 yaqin jufti (Nurota tog‘i – 40-50; Bo‘kantov – 5-6, Boysuntov – 1, Turkiston tog‘i – 6, Chotqol tog‘i – 10- 13), Hisor tog‘ida 75-80 zoti uyalashi qayd etilgan. Hozirda soni asta-sekin kamayib bormoqda. Hisor davlat qo‘riqxonasida 1997-yildan 2003-yilgacha turning soni 85 tadan 155 tagacha oshdi. Gʻarbiy Tyan-Shanda soni barqaror. Respublikaning boshqa hududlarida turning sonidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas. Surxon qo‘riqxonasida 2015-yilda 8-10 ta tasqara borligi qayd qilingan. Uyalamaydigan davrda ushbu noyob qushlarning yakka va kichik guruhlarini tekislik suv havzalarida uchratish mumkin. Dunyodagi populyasiyasi 7,2-10 ming juft bo‘lib, tobora qisqarib bormoqda.

Daraxtlar, butalar (alohida paramlar) va qoyalar (mustamlaka aholi punktlari) ustidagi uyalar; debriyaj (1 tuxum) - fevral-aprel oylarida; qolish - 54-56 kun; Qushlar iyul-sentyabr oylarida ucha boshlaydi. Noto‘g‘ri o‘sadi. Tuyoqli hayvonlar, ba’zan toshbaqalar o‘liklari bilan oziqlanadi.

Daraxtlar, butalar (alohida juft bo‘lib) va qoyalarda (koloniya bo‘lib) uyalaydi. Fevral-aprel oyida 1 ta tuxum qo‘yadi va 54-56 kun bosib yotadi. Poloponlari iyul-cyentyabr oyidan ucha boshlaydi. Nomuntazam ko‘chib turadi. Tuyoqlilar o‘laksasi, ba’zan toshbaqalar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yovvoyi tuyoqlilar sonining kamayishi, brakonyerlik tufayli kamayib ketgan.

Ko‘paytirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butundunyo hayvonot bog‘larida ko‘paytiriladi.

Muhovaza choralari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ovlash taqiqlangan. Tog‘ qo‘riqxonalari va milliy tabiat bog‘larida muhofaza ostiga olingan. SITESning II Ilovasiga kiritilgan.

  1. Коблик Е. А., Редькин Я. А., Архипов В. Ю. Список птиц Российской Федерации. — М.: Товарищество научных изданий КМК, 2006. — С. 102. — ISBN 5-87317-263-3
  2. Бёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 39. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0.
  3. Gill F., Donsker D. & Rasmussen P. (Eds.): Hoatzin, New World vultures, secretarybird, raptors (англ.). IOC World Bird List (v11.1) (20 января 2021). doi:10.14344/IOC.ML.11.1