[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Tara Westover

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tara Westover[1]

Tara Westoverning 2023-yil 21-mart kuni Oq uyda „Milliy gumanitar fanlar“ medalini olishi
Tavalludi 27-sentyabr 1986-yil (1986-09-27) (38 yosh)
Kasbi yozuvchi va tarixchi
Ijod qilgan tillari Ingliz tili
Fuqaroligi AQSh[2]
Alma mater Brigham Young universiteti, Kembrij universiteti
Shoh asari Talaba
Veb-sayti
tarawestover.com

Tara Westover (1986-yil 27-sentyabrda tugʻilgan[3]) – amerikalik yozuvchi va tarixchi[1]. Uning „Talaba“ (2018) memuar kitobi The New York Times bestsellerlari roʻyxatidan joy olgan va bir qator milliy mukofotlarga loyiq koʻrilgan. The New York Times ushbu kitobni 2018-yilning eng yaxshi 10 ta kitobidan biri sifatida baholagan[4]. Westover Time jurnali tomonidan 2019-yilning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritilgan[5].

Yoshligi va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Westover Aydaxo shtatining Clifton shahrida (aholi soni 259) Mormonlar oilasida tugʻilgan. U yetti farzandning eng kichigi boʻlib, beshta akasi va opasi bor[6][7]. Westoverning ota-onasi shifoxonalar, davlat maktablari va federal hukumatga shubha bilan qarashgan. Westover uyda doya yordami bilan dunyoga keltirilgan va hech qachon shifokor yoki hamshiralar koʻrigiga olib borilmagan[8]. U toʻqqiz yoshga toʻlgunga qadar hattoki tugʻilganlik haqida guvohnoma olish uchun roʻyxatdan oʻtmagan. Westoverning otasi oila aʼzolarining rasmiy tibbiy yordam olishiga qarshilik koʻrsatgan. Hattoki ogʻir jarohatlari boʻlsa ham onasi farzandlarini faqatgina xalq tabobati va turli xil giyohlar yordamida uyda oʻzi davolagan.

Westover va uning hamma akalari va opasi onasi tomonidan uyda oʻqitilgan. Westoverning aytishicha, u oʻqishni katta akasidan oʻrgangan va u cherkov kitoblarini oʻqigan. Ammo hech qachon maʼruzalarda qatnashmagan, insholar yozmagan yoki imtihonlar topshirmagan. Chunki ularning uyida darsliklar kam boʻlgan.

Oʻsmirlik chogʻida Westover kattaroq dunyoni koʻrishni va kollejga oʻqishga kirishni istay boshlagan. U ACT imtihonida yaxshi ball toʻplash uchun darsliklar sotib olgan va mustaqil ravishga imtihonga tayyorlana boshlagan. Westover Brigham Young universitetiga oʻqishga kirishga muvaffaq boʻlgan va yuqori maktab diplomiga ega boʻlmasa-da, stipendiya yutib olishga erishgan. Westover uni oʻrab turgan jamiyatga moslashish uchun qattiq harakat qilgan va oʻqishdagi muvaffaqiyatlari tufayli 2008-yilda universitetni imtiyozli diplom bilan tugatishga muvaffaq boʻlgan.

U keyinchalik Gates Cambridge stipendianti sifatida Trinity kollejida[9] Kembrij universiteti magistrlik darajasini olgan. Westover 2014-yilda intellektual tarix boʻyicha doktorlik darajasini olgan. Uning dissertatsiyasi „1801–1890-yillar Angliya-Amerika hamkorligida oila, axloq va ijtimoiy fan“ deb nomlanadi[10][11].

2009-yilda, Kembrijni bitirayotgan yili Westover ota-onasiga koʻp yillar davomida (15 yoshidan boshlab) akasi tomonidan jismoniy va ruhiy zoʻravonlikka uchrab kelganini aytgan. Ota-onasi uning ushbu iddaolarini rad etib, Westover shaytonning taʼsiri ostida ekanligini taʼkidlashgan. Oila ushbu holatdan soʻng ikkiga ajralgan. Westover oʻzining 2018-yilgi „Talaba“ memuar kitobida oʻzining universitet taʼlimiga tomon gʻayrioddiy yoʻli haqida yozgan.

Westover 2019-yil kuzida Harvard Kennedy maktabining Shorenstein Center qarorgohida yozuvchi sifatida oʻz faoliyatini boshlagan. U 2020-yil bahorida ushbu maktabning katta ilmiy xodimi sifatida tanlangan[12].

Westover The New York Times[13] va BBC News[14] kabi jurnallarda ham oʻz faoliyatini olib borgan.

2018-yilda Penguin Random House nashriyoti tomonidan Westoverning „Talaba“ nomli kitobi nashr etilgan. Ushbu kitobda muallifning taʼlim va avtonomiyaga boʻlgan intilishini oilasining qatʼiy mafkurasi va izolyatsiya qilingan hayoti bilan uygʻunlashtirish yoʻlidaga kurashi haqida hikoya qilinadi[7][15][16][17][18]. Ushbu asar qisqa fursatda The New York Timesning birinchi raqamli bestselleriga aylangan va The New York Times[19][20], The Atlantic Monthly[21], USA Today[22], Vogue[23][24], The Economist[25] nashriyotlari tomonidan ham ijobiy qabul qilingan.

Asar 2020-yil fevral holatiga koʻra ikki yil davomida The New York Times bestsellerlar roʻyxatida oʻz oʻrnini yoʻqotmagan[26] va 45 tilga tarjima qilingan[27]. 2020-yil dekabr holatiga koʻra ushbu asar 8 milliondan ortiq nusxada sotilgan[28].

Tara ota-onasining advokati kitobdagi baʼzi holatlar haqida, jumladan, uning otasi bipolyar kasallikka chalingan boʻlishi va onasi motorikaning pasayishiga olib kelgan miya jarohatiga uchraganligi haqidagi fikrlarni rad etgan[29][30].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Westover hozirda Londonda istiqomat qilmoqda[31].

  1. 1,0 1,1 „Tara Westover“ (EN). Alumni Biography. Gates Cambridge (2020-yil 25-iyun). Qaraldi: 2022-yil 9-noyabr.
  2. (unspecified title)
  3. Whitworth, Damian. „Review: Educated by Tara Westover — from the Mormon boondocks to a Cambridge PhD“. The Times (2018-yil 17-fevral).
  4. „The 10 Best Books of 2018“ (en-US). The New York Times (2018-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 8-yanvar.
  5. „Tara Westover: The 100 Most Influential People of 2019“. TIME (ingliz (Amerika)). Qaraldi: 2019-04-18.
  6. Bureau, U. S. Census „U.S. Census website“ (en). United States Census Bureau. Qaraldi: 2019-yil 3-aprel.
  7. 7,0 7,1 Educated by Tara Westover | PenguinRandomHouse.com. 
  8. Miller, Dave „REBROADCAST: Tara Westover“ (en). Think Out Loud. Oregon Public Broadcasting. Qaraldi: 2022-yil 9-noyabr.
  9. „Tara Westover (2018) on her first book, Educated: A Memoir, the 'life of the mind', and the transformative power of education“. The Fountain. № 25. Trinity College, Cambridge. Summer 2018. Qaraldi: 19 March 2018issuu.
  10. Westover, Tara. The Family, Morality and Social Science in Anglo-American Cooperative Thought, 1813-1890 (en). University of Cambridge, 2014. 
  11. Westover, Tara „The family, morality and social science in Anglo-American cooperative thought, 1813-1890“. E-Theses Online Service. University of Cambridge (2014). 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-noyabr.
  12. Shorenstein Center „Spring 2020 Shorenstein Fellows“ (en). shorensteincenter.org/ (2020-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 1-fevral.
  13. Westover, Tara. „Opinion: I Am Not Proof of the American Dream“. The New York Times (2022-yil 2-fevral). Qaraldi: 2022-yil 9-noyabr.
  14. Westover, Tara. „Rethink: Tara Westover says 'Build a world where we can be one people'“. BBC News (2020-yil 24-iyun). Qaraldi: 2022-yil 9-noyabr.
  15. Cryer, Dan. „'Educated' review: Tara Westover's memoir of a childhood with religious extremists, and finding her own voice (book review)“. Newsday (2018-yil 23-fevral). Qaraldi: 2018-yil 24-fevral.
  16. Davies, Helen. „Book review: Educated by Tara Westover“ (2018-yil 4-fevral). Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  17. Ciabattari, Jane „Ten books to read in February“. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  18. „The 50 most anticipated books of 2018“. EW.com (2017-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  19. MacGillis, Alec. „She Didn't Own a Birth Certificate or Go to School. Yet She Went On to Earn a Ph.D.“. The New York Times (2018-yil 1-mart). Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  20. Jordan, Tina. „Spinning a Brutal Off-the-Grid Childhood into a Gripping Memoir“. The New York Times (2018-yil 2-mart). Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  21. Hulbert, Ann „'Educated' Is a Brutal, One-of-a-Kind Memoir“ (en-US). The Atlantic (2018-yil 13-fevral). Qaraldi: 2020-yil 25-iyul.
  22. „In 'Educated,' the inspiring story of an isolated young woman determined to learn“. USA TODAY. Qaraldi: 2018-yil 29-noyabr.
  23. „Tara Westover on Turning Her Off-the-Grid Life Into a Remarkable Memoir“. Vogue. Qaraldi: 2018-yil 29-noyabr.
  24. „Tara Westover's Educated Is Already Being Hailed as the "Next Hillbilly Elegy"“. Vogue. Qaraldi: 2018-yil 29-noyabr.
  25. „A riveting memoir of a brutal upbringing (book review)“. The Economist (2018-yil 15-fevral). Qaraldi: 2018-yil 24-fevral.
  26. „Hardcover Nonfiction Books - Best Sellers - The New York Times“. The New York Times. Qaraldi: 2018-yil 29-noyabr.
  27. „Curtis Brown“. www.curtisbrown.co.uk. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
  28. Barclay agency profile (EN). Qaraldi: 2020-yil 31-dekabr. 
  29. Alexander, Neta. „The Author Who Only Found Out About the Holocaust in College: How Tara Westover Became 'Educated'“ (en). Haaretz (2018-yil 3-iyul). Qaraldi: 2019-yil 21-fevral.
  30. „Educated and the Intellectual History of Brain Trauma“. Society for US Intellectual History (2019-yil 9-aprel). Qaraldi: 2022-yil 9-noyabr.
  31. Follis, Don. „On defying one's family to earn a Ph.D. from Cambridge“ (en). The News-Gazette (2018-yil 27-avgust). Qaraldi: 2022-yil 9-noyabr.