[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Tabiatshunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tabiiyotdan yoʻnaltirildi)

Tabiatshunoslik biosferaga oid ilmiy tadqiqotdir. Tabiatshunoslar odatda tajriba oʻrniga kuzatuvdan foydalanishadi. Tabiatshunoslik hayot shakllarining kelib chiqishi va yashash tarzi haqidagi maʼlumotlarni toʻplaydi va tizimga soladi. U biologiyaning ostsohasi boʻlib, botanika, zoologiya bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqdir va paleontologiya, ekologiya, biokimyo, geologiya va iqlimshunoslik kabi fanlar bilan aloqadadir.

Tabiatshunoslik, tabiiyot - tabiat haqidagi fanlar tizimi, tabiiy fanlar majmui. Tabiatning inson ongidagi aksi boʻlgan T. jamiyatning rivojlanishi bilan mukammallashadi. T.ning maqsadi — tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash, tabiat qonunlarini bilish hamda ulardan amalda foydalanish imkoniyatlarini ochib berish. T., asosan, fundamental fanlar boʻlgan mexanika, fizika, kimyo va biologiyadan tashkil topgan. Astronomiya, geol., tibbiyot fanlari, qishloq xoʻjaligi. fanlari, ekologiya kabi koʻplab bil im tarmoklari shu fundamental fanlardan kelib chiqqan. T. tabiatda yuz berib, roʻyobga chiqib turadigan materiya harakatining mexanik, fizik, kimyoviy va biologik shakllarini oʻrganadi va oʻrgatadi; ularning harakatlanish, oʻzgarish, rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi, bu krnuniyatlarning uzluksizligini isbotlaydi. T. tarixi umumjamiyat tarixi bilan mustahkam bogʻliqdir. T. tushunchasi faqat tabiiy sharoitlarni emas, ijtimoiy mehnat jarayonida yaratiladigan moddiy boyliklarni ham ifodalaydi. T.ni alohida fan sifatida oʻrganish gʻoyalari Forobiy, Ibn Sino risolalaridan maʼlum. Abu Rayhon Beruniy esa T.ni mustaqil fan sifatida rivojlantirishga hissa qoʻshgan, hatto T.ni ham boʻlimlarga boʻlgan va geodeziya, farmakognoziyani mustaqil fanlar sifatida bayon etgan. Matematika T.ning bir sohasi sifatida kelib chiqqan. Yevklid, Diofant, Geron, Xorazmiy, Ulugʻbek, Koshiy kabi olimlar matematik krnunlarni T. qonunlari asosida kashf etadilar. 17-asrdan nazariy T. yaratildi. Buning negizida Nyuton klassik mexanikasining 3 aksiomasi yotadi. Ayniqsa, uning ikkinchi aksiomasi 18-asrda T. sohasida kashf etilgan muhim qonunlarning deduktiv asosi boʻldi. Natijada T. qonunlarini matematik ravishda isbotlashga imkon yaratildi. Bu davrda Lagranj, Eyler, Gauss, Laplas, Bernulli va boshqa olimlar kashf etgan qonunlarni hamma fanlarga tatbiq etish harakatlari paydo boʻldiki, bu aslida notoʻgʻri boʻlib chiqdi. 19—20-asrlarda T.ning bu yoʻnalishini mexanitsizm deb, yangi tabiat krnunlari kashf etila boshladi. J. Tomson elektronni, A. Bekkerl radioaktivlik hodisasini kashf qilishi T.da, birinchi navbatda, fizikada ilmiy inqilobga asos boʻldi. A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi, Ch. Lapelning geol.dagi, Ch. Darvoʻn, J. Kyuvye, Veysman va Morganning biologiyadagi, K. Berning embriologiyadagi, shuningdek, molekulyar genetika va gen injeneriyasi sohasidagi yutuklar T. mazmunini boyitdi. T.ning intensiv taraqqiyoti hozirgi zamon ilmiytexnik jarayonini muttasil tezlashtirmokda. 21-asrda T., texnikashunoslik va jamiyatshunoslikni hamkorlikda rivojlantirish davr talabidir. Omonulla Fayzullayev.

Tabiatshunoslik ildizlari Arastu va uning zamondoshlarining atrof-olamni kuzatib, tahlil qilishi va yigʻilgan axborotni tizimlashtirishiga borib taqaladi. Lekin biologik turlarni klassifikatsiyalash Renessans olimlarigacha amalga oshirilmadi; bu Carolus Linnaeus ishlari bilan boshlandi.