[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Wedgwood

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vejvud, (toʻliq nomi Josiah Wedgwood va Oʻgʻillari (inglizcha: Wedgwood ,inglizcha: Josiah Wedgwood and Sons — taniqli savdo belgisi boʻlgan, sopol idishlar ishlab chiqaruvchi Britaniya kompaniyasi.

Vejvud (Wedgwood) firmasiga 1759-yilda Josiah Wedgwood tomonidan asos solingan. U 1765-yili oʻz fabrikasida ishlab chiqqan servizlar toʻplami Angliya qirolichasida qiziqish uygʻotadi. Shu bilan Wedgwood korxonalari „qirollik mahsulotlari“ ishlab chiqaruvchi fabrikalar shuhratiga ega boʻldi. 1766-yilda Wedgwood Staffordshir grafligidagi Etruriya (Potteris sanoat hududi, hozirda Stok on Trent shahri atrofi) hududida zavod qurishga ruxsat oladi.

Wedgwood fayansi Rossiyada 1773-yili Yekaterina II tomonidan Chesmen saroyi uchun buyurtma qilingan „Yashil qurbaqa serviz“ toʻplamidan soʻng dong tarangan. Ushbu toʻplam ingliz mulklari tasvirlari bilan bezatilgan. Rossiya imperatori uchun buyutrma qilingan birinchi „Hask servizi“ toʻplami gullar, bugʻdoy boshoqlari va gulchambarlar bilan jilolangan[1].

Josiah Wedgwood (Josiya Vejvud) idishlarini ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar va takomillashtirilgan mahsulotlardan foydalangan, shu sababli 1783-yilda u Qirollik ilmiy jamiyatiga qabul qilingan. Qoida tariqasida, toʻplamlar Rim, Yunon yoki Misr uslublariga muvofiq ishlab chiqilgan. XVIII—XIX asrlarda oliy tabaqa jamiyatida ayniqsa „xitoy chinni“si ga oʻxshash qilib yasalgan chinni idishlar ancha mashhur edi.

1906-yil may oyida Staffordshir grafligidagi Etruriyadagi eski Wedgwood zavodida Wedgwood muzeyi (hozirgi Stok-on-Trentda) ochilgan.

1987-yilda Wedgwood Irlandiyaning xrustal mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Waterford Crystal bilan birlashib, Waterford Wedgwood kompaniyasini tashkil qildi.

Ushbu kompaniya 2009-yilda toʻlovga layoqatsizligi sababli tashqi boshqaruvga berilgan va 2015-yilda uning aktivlari Finlandiyaning Fiskars kompaniyasi tomonidan sotib olingan[2][3].

  1. О. Новикова. На аглицкий манер (русский) // Антиквариат, предметы искусства и коллекционирования : журнал. — 2005. — Май (№ 5 (27)). — С. 26—33.
  2. „Wedgwood goes into administration“. BBC (2009-yil 5-yanvar).
  3. „Fiskars Corporation has completed the acquisition of WWRD and extended its portfolio with iconic luxury home and lifestyle brands“. NASDQ Global News Wire. Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.
  • Poxlyobkin V. V. Vedjvudova posuda // Kulinarniy slovar. — M.: Izdatelstvo „E“, 2015. — S. 63. — 456 s. — 4000 ekz. — ISBN 978-5-699-75127-3.