Roza Feola
Rosa Feola | |
---|---|
Rosa Feola, 2020 | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
21-may 1986-yil |
Janrlar | opera |
Kasbi | soprano |
Faoliyat yillari | 2009-yildan hozirgacha |
Fuqaroligi | Italiya |
Rosa Feola (1986-yil 21-mayda tugʻilgan) – italyan opera sopranosi .
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Feola Italyaning San-Nicola-la-Strada shahrida musiqaga mehri baland oilada dunyoga kelgan[1]. Taxminan 5 yoshida u amakivachchasi bilan birinchi pianino darsiga bordi va 6 yoshga yetganda u Coro dell’Accademiada va keyinchalik cherkov xorida qoʻshiq kuylashni boshladi[2][3]. Mara Naddei bilan birga tahsil olib, 2008-yilda Salerno qoʻshiqchilik yoʻnalishi bo'yicha birinchi darajadagi imtiyozli diplom bilan tamomlagan. U oʻqishni Santa Ceciliya akademiyasining opera studiyasida davom ettirdi va Renata Skotto, Anna Vandi va Cesare Scartonning mahorat darslarida qatnashdi[4].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Feola 23 yoshida Santa Ceciliya akademiyasida Kent Nagano qoʻl ostida Korinna (Il viaggio a Reims) rolida oʻzining operdagi ilk chiqishini qildi[5][6]. U Placido Domingoning 2010-yilgi Operalia koʻrgazmasida Ikkinchi darajali mukofot hisoblangan Zarzuela mukofotini va bundan koʻp oʻtmay Rolex mukofotini qoʻlga kiritib, xalqaro eʼtiborga tushdi[7].
Keyingi yili sanʼatkor Teatro dell’Opera di Romada Adina rolida[8], La Fenice Teatroda Susanna rolida[9] oʻzining opera akstrisasi sifatidagi ilk debyutini namoyish qildi. Eng muhimi, Riccardo Muti qoʻl ostida Mercadante ning I due Figaro qoʻshigʻining zamonaviy premyerasida Inez rolini kuylash edi, u oʻshandan beri u bilan uzoq vaqt hamkorlik qilib keladi[5][10]. Ravenna festivalidagi chiqishlari jonli ravishda efirga uzatilgan va keyinchalik Ducale yorligʻida eʼtirof etilgan[4].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Feolaning shaxsiy hayotida 2015-yilda katta oʻzgarish boʻldi. U bariton Serxio Vitale bilan turmush qurgan boʻlib, turmush oʻrtogʻi ham Casertadan[1]. Rosa Feolaning ikkita ukasi bor: Karlo, bas-bariton va skripkachi Janluka[11]. Uning shaxsiy hayotida ham yaqinlarining koʻpi sanʼatga qiziquvchan insonlardir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Il soprano sannicolese Rosa Feola convolerà a nozze con il baritono casertano Sergio Vitale“. Vivi Casagiove (2015-yil 1-dekabr). 2018-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Volker Hagedorn trifft Rosa Feola“. Opernhaus Zürich MAG65 p.46-47.
- ↑ Angela Lonardo. „Ricordi d’infanzia“. Il Mattino (Caserta edition) (2019-yil 9-iyun).
- ↑ 4,0 4,1 "Notes", I due Figaro, ℗© 2012 Ducale, DUC 045-47
- ↑ 5,0 5,1 Emiliano Metalli. „Il sorriso e la tenacia – Intervista a Rosa Feola“. Connessi all'Opera (2017-yil 12-iyul).
- ↑ „News dai Corsi“. Accademia Nazionale di Santa Cecilia. 2018-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Winners“. Operalia, The World Opera Competition.
- ↑ „L'elisir d'amore, Stagione 2010/2011“. Teatro dell'Opera di Roma.
- ↑ „Le nozze di Figaro, Venerdì 14 Ottobre 2011, ore 19:00“. L’Archivio Storico del Teatro La Fenice.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Saverio Mercadante • I due Figaro, o sia Il soggetto di una commedia“. Salzburger Festspiele.
- ↑ „Meine selbst gebackene Pizza ist wirklich fantastisch!“. Theaterjournal Theater Basel (2018-yil sentyabr), s. 20–21. 2018-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rosa Feola Askonas Holt haqida
- Operabase -da Rosa Feola