[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Pizza Hut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pizza Hut, LLC
Turi shoʻba korxona
Xizmatlari franchayzing
Tarmogʻi
Egasi Yum! Brands
Qachon asos solingan 31-may, 1958-yil (66 yil avval) (1958-05-31)
Wichita, AQSh
Joylashuvi 7100 Corporate Dr., Plano[1]
Hududiy xizmati xalqaro
Asoschi(lari)
  • Dan Carney
  • Frank Carney
Rahbariyat Aaron Powell
(Pizza Hut prezidenti)[2]
Mahsulot(lar)i pitsa
kartoshka fri
taplanagan pitsa
makaron pastasi
tovuq qanotlari
non tayoqchalari
Aylanma daromadi US$1.091 milliard (2016)[3]
Ishchilar soni 350,000 atrofida[3]
Vebsayti pizzahut.com

Pizza Hut (talaffuzi: Pitsa Hat; inglizcha Hut – „kulba“) – dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida 15 mingdan ortiq ovqatlanish joylariga ega pitseriyalar tarmogʻi[4]. Pizza Hut – Yum! Brandsning bir qismi.

1958-yilda Kansasning Wichita shahrida aka-uka Dan va Frank Carneylar tomonidan tashkil etilgan. U pitsaning amerikacha versiyasini, shuningdek, makaron, tovuq qanotlari, sarimsoqli non kabi o'xshash taomlarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Dunyodagi eng katta pitseriya tarmogʻi boʻlgan.

Pizza Hut ikki turga: oilaviy tushlik uchun Pizza Hut va tez tayyorlanadigan Pizza Hut Express boʻlingan. Oilaviy pitseriyalar fastfud restoranlaridan koʻproq menyusi, koʻproq joylari va xodimlari (masalan, Golden Corral restoranlar tarmogʻidagi kabi) bilan farqlanadi.

  1. „Inside Pizza Hut's new headquarters in Plano“. Wfaa.com. 2011-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-mart.
  2. „Senior Officers & Leadership Team“. Yum! Brands. 2021-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.
  3. 3,0 3,1 „Pizza Hut to close up to 300 locations operated by bankrupt franchisee“. Wfaa.com (2020-yil 17-avgust). Qaraldi: 2023-yil 3-sentyabr.
  4. „Pizza Hut“. 2016-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-may.