[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Paraboloidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Paraboloidlar — 2-tartibli yopiq boʻlmagan sirtlar. Bir parabolani ikkinchisi boʻyicha ilgarilama harakatlantirib, Paraboloid hosil qilish mumkin. Buning uchun parabolalar yotgan tekisliklar oʻzaro tik, oʻqlari parallel, birinchi parabolaning uchi ikkinchi parabola boʻylab sirpanishi kerak. Bunda parabolalar bir tomonga yoʻnalgan boʻlsa, elliptik paraboloid, turli tomonga yoʻnalgan boʻlsa. giperbolik paraboloid hosil boʻladi. Elliptik paraboloid tekislik bilan kesilsa, kesimda ellips va parabolalar; giperbolik paraboloid kesilsa, parabola, giperbola va oʻzaro kesishuvchi toʻgʻri chiziq,lar yuzaga keladi. Giperbolik paraboloidni toʻgʻri chiziqni harakatlantirib ham hosil qilish mumkin. Uning bu xossasidan meʼmorlikda foydalaniladi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil