[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Sulton ahmadxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sulton ahmadxon, Olachaxon (? — 1504) — Moʻgʻuliston sharqiy qismining xoni (1487—1504). Chigʻatoiylardan. Yunusxonnpnt kenja oʻgʻli. Eson Toyshi boshchiligidagi qalmoqlar ustidan 2 marta qozongan gʻalabasi va ularni qattiq qirgʻin qilgani uchun qalmoqlar tomonidan "Qon toʻkuvchi", "Olacha" yoki "Olachi", yaʼni "qonxoʻr" deb atalgan. Umar Shayx Mirzo (Boburning otasi) Yunusxonga Toshkent va Sayramni berganida (1487) shahar va viloyatda yashashni istamagan moʻgʻullar S.A.ni Moʻgʻulistonga qochishga koʻndirganlar. Otasi uni taʼqib etmagan. S.A. Moʻgʻulistonda markaziy hokimiyatga qarshi bosh koʻtargan qabilalar bilan 10 yilga yaqin kurashib, nihoyat hokimiyatni mustahkamlab olgan. Qashqarga egalik qilish uchun Mirzo Abu Bakr dugʻlat bilan muvaffaqiyatsiz kurash olib borgan. Shayboniyxonta qarshi kurashda yordam berish uchun akasi Sulton Mahmudxon oldiga, Toshkentga kelgan (1503), Axsi yonidagi jangda ular Shayboniyxon qoʻshinidan magʻlubiyatga uchrashgan, har ikki xon asir olingan. Shayboniyxon ularga shafqat qilib Moʻgʻulistonga ketishlariga ruxsat bergan. S.A. Oqsuvda vafot etgan.