[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Seebeck effekti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Seebeck effekti — ketma-ket ulangan turli oʻtkazgichlardan iborat elektr zanjirda elektr yurituvchi kuch — termoelektr yurituvchi kuch hosil boʻlishi; bunda oʻtkazgichlar oʻrtasidagi kontaktlar har xil temperaturalarda tutib turiladi. „Termoelektr effekt“ deb ham ataladi. Nemis fizigi Thomas Johann Seebeck 1821-yilda kashf etgan. Termoelement yoki termoparalar 3. e. ga asoslangan. 3. e. yuqori temperaturalarni oʻlchash hamda juda kuchsiz temperatura farqlarini aniklashga tatbiq qilinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil