[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Maniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ulug'vorlik xayoliga uchragan bemorlar o'zlarini haqiqatdan ham kuchliroq deb o'ylashlari mumkin (megalomaniya).

Maniya (yun. mania —telbalik, jahl, shod-xurramlik), maniakal sindrom — kishi ruhiyati (psixika)ning buzilishi. Bemor kayfi chogʻ yuradi, serharakat, gʻayratli, lekin ezma boʻlib qoladi, ulugʻvorlik hissi va boshqa paydo boʻladi. Yuzaki fikr yuritadi, bir narsani gapirib turib, ikkinchisiga oʻtib ketadi. Koʻpincha, kayfiyati tez oʻzgaradi, xursand boʻlib turganda, birdan gʻazablanib ketadi. M. maniakaldepressiv psixoznutt maniakal fazasida. shizofreniya, infeksion, miya kasalliklari zaharlanish va boshqalarda kuzatiladi. Baʼzan ulugʻvorlik, buyuklik M.si ham uchraydi. Biror narsaga, mas, oʻgʻrilikka, jinsiy aloqaga ruju qilish va boshqa ham M.ga xos.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil