[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ortopediya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ortopediya (grekcha: ὀρθός [orto]… va παιδεία [paideia] – parvarish qilish) – tibbiyotning bir sohasi. Tugʻma nuqsonlar, shikastlar va turli kasalliklar oqibatida tayanch harakat aʼzolari shakli va funksiyasining buzilishini aniqlash, davolash va oldini olish yoʻllarini oʻrganadi. Hozirgi Ortopediya faniga fransuz vrachi N. Andri (1658—1742) asos solgan. Ortopediya uzoqtarixga ega. Umurtqa pogʻonasining qiysha-yishi, maymoik, son suyagining boʻksa boʻgʻimidan chiqishi, singan va chiqqan suyaklarni solish va toʻgʻrilash usullari Gippokrat asarlaridayoq mufassal bayon etilgan edi.

Qad. zamon vrachlari Asklepiy, Galen va boshqa ham Ortopediyaga koʻpgina yangilik kiritdilar. Oʻsha davrda taklif qilingan „lordoz“ (umurtqa pogʻonasining oldinga qiyshayishi), „kifoz“ (orqaga qiyshayishi), „skolioz“ (yonboshga qiyshayishi) kabi terminlar Ortopediyada shu kunga qadar oʻz mohiyatini saqlab qoldi. Oʻrta Osiyo olimlaridan Abu Ali ibn Sino, Abdulqosim Abdurahmon va boshqa oʻz asarlarida silash usullarini tasvirladilar va singan qoʻl yoki oyoqqa gips bogʻlov qoʻyishni amalda tatbiq etdilar. Fransuz xirurgi A. Pare esa qoʻl yoki oyoq suyaklarining sinishi, chiqishi, umurtqa pogʻonasining qiyshayishi, tugʻma maymoklik va boshqalarning kelib chiqish sabablarini tasvirladi, turli davo usullarini taklif etdi.

18-asr oxirlarida maxsus ortopedik davolash muassasalari tashkil topdi. Singan qoʻl-oyoq suyagini davolashda Yevropada birinchi marta gips qoʻllanila boshladi. Ortopediyada konservativ davo usullaridan redressatsiya, singan qoʻl-oyoqni choʻzish, gips bogʻlov qoʻyish, silash, davo mashqlari va boshqalardan ham keng foydalaniladi. Antiseptika, aseptika, narkoz, keyinchalik rentgenografiyaimt rivojlanishi bilan Ortopediyada osteotomiya, osteosintez, artroplastika, muskul paylarini koʻchirib oʻtqazish kabi operativ metodlar ham qoʻllanadi.

1806-yilda rus xirurgi Ye. O. Muxin harakat aʼzolari xirurgiyasini tasvirlab berdi. N. I. Pirogov Ortopediya sohasida ilmiy asarlar, N. Ellinskiy desmurgiya toʻgʻrisida qoʻllanma, N. I. Studen-skiy „Ortopediya kursi“ni yaratdi va hokazo. Rus vrachi I. V. Rklitskiy birinchi bor suyakni pardasi ostidan arralab operatsiya qildi. Bu davrda son va tizza protezlari takomillashtirildi. XX asr oxirida V. I. Kuzmin singan va bit-magan suyaklarni nikel shtiftlar bilan biriktirish usulini amalda tatbiq etdi. 1900-yilda Peterburg Harbiy-tibbiyot akademiyasida birinchi Ortopediya kafed-rasi va klinikasi tashkil etilib, 1906-yilda institutga aylantirildi.

Oʻzbekistonda bu soha 20-yillarda rivojlana boshladi. 1926-yilda Oʻrta Osiyo universitetining tibbiyot fakultetida suyak sili va ortopediya dotsentlik kursi joriy etilishi, 1930-yilda fizioterapiya institutida Ortopediya klinikasi ochilishi, uning 1931-yilda Ortopediya, travmatologiya va suyak sili ilmiy tadqiqot institutiga aylantirilishi travmatologiya va ortopediya muammolari ustidagi tadqiqot ishlarining rivojlanishiga imkon berdi. 1940-yil institut ber-kitildi, lekin uning klinikasi Toshkent tibbiyot instituti tarkibida oʻz faoliyatini davom ettiraveradi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekistonda koʻplab gospitallar ochildi, yaradorlarni davolash, ularni hayotga, meh-natga qaytarish yoʻlida respublikamiz mutaxassislari professor Ortopediya Sh. Shokirov, professor N. M. Shomatov va boshqa katta tajriba orttirdilar. Bu Oʻzbekistonda suyak jarroxligi va protezlash sohalarining rivojlanishiga asos boʻldi.

Urushdan keyingi yillarda ilmiy tadqiqot ishlari tobora chuqurlashtirib borildi. Oʻzbek olimlari tomonidan jarohatlarni davolashda suyak plastikasi qilish (N. M. Shomatov), sharq tabobati usullarini qoʻllash (O. Sh. Shokirov) ustida chuqur ilmiy ishlar olib borildi. Shu bilan bir qatorda Oʻzbekiston uchun juda muhim muammo – bolalarda tugʻma majruxliklarning oldini olish va davolash masalasiga katta eʼtibor berildi. N. M. Shomatov boshchiligidagi olimlarning harakatlari natijasida Oʻzbekistonda bolalar or-topediyasi xizmati tashkil topdi.

70—80-yillarda Oʻzbekistonda oʻlka patologiyasi deb hisoblanadigan keng tarqalgan ortopedik kasalliklarni davolash ustida ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Qoʻl-oyoklarning kuyishdan keyingi shakl oʻzgarishlarini teri plastikasi yordamida davolash (K. X. Tagirov, B. M. Mirazimov, R. F. Bashkinova, S. M. Mannonov), bolalar serebral falaji (B. V. Shavarin), suyak sinishini (Oʻ. S. Islombekov), osteomiyelit kasalligini (Sh. Sh. Hamroyev, Sh. B. Turgʻunov) davolash boʻyicha qilingan ilmiy ishlar mamlakatda travmatologiya va ortopediya fanining rivojlanishida katta rol oʻynadi.

OʻzRda ortopedik kasalliklarni Ilizarov usulida davolash boʻyicha ilmiy tadqiqotlar professor B. M. Mirazimov nomi bilan bogʻliqdir. Hozir Kaunas masalalari bilan Travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot instituta, shuningdek, barcha tibbiyot intlaridagi ortopediya va travmatologiya kafedralari shugʻullanadi.

Shahob Hamroyev[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil