[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi
Turi Sport tashkiloti
Egasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi
Qachon asos solingan 21-may 1997-yil
Joylashuvi Dakka, Bangladesh
Prezidenti Qozi Salohiddin
Bosh kotib Anvarul Haq Helal
Vebsayti saffederation.org

Janubiy Osiyo Futbol Federatsiyasi (SAFF) – Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Janubiy Osiyodagi mintaqaviy federatsiyasi boʻlib, 1997-yilda tashkil etilgan. Federatsiyasi tarkibiga Bangladesh, Butan, Hindiston, Maldiv orollari, Nepal, Pokiston va Shri-Lanka futbol federatsiyalari kiradi.

Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi (keyingi oʻrinlarda SAFF deb yuritiladi – ingliz tilidagi qisqartma shakli) 1997-yilda Bangladesh, Hindiston, Maldiv orollari, Nepal, Pokiston va Shri-Lanka ishtirokida tashkil etilgan. 2000-yilda federatsiyasi Butanni oʻz tarkibiga qoʻshib, aʼzolar soni yettita yetgan. 2005-yilda Afgʻoniston ham qoʻshilgan. 2015-yilda Afgʻoniston Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi aʼzoligini tark etib yangi tashkil etilgan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasiga qoʻshilgan.

Prezident Yillar
Hindiston PP Lakshmanan 1997—2001[1]
Nepal Ganesh Thapa 2001—2009[2]
Bangladesh Qozi Salohiddin 2009—hozirgacha[3]
  1. „News for the month of March 1999“. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-fevral.
  2. „Ganesh Thapa no longer SAFF president“. República Sports. Nepal Republic Media (2009). 2010-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-yanvar.
  3. „Salahuddin new SAFF president | the Daily Star“ (2009-yil 3-oktyabr). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-fevral.