[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

James Dashner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
James Dashner

Dashner 2014-yilda
Tavalludi
James Smith Dashner

26-noyabr 1972-yil (1972-11-26) (52 yosh)
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1]
Fuqaroligi AQSh
Janr Fantasy, science fiction, children's literature
Turmush oʻrtogʻi Lynette
Bolalari 4
Veb-sayti
jamesdashner.com

James Smith Dashner —– 1972-yil 26-noyabrda AQShning Georgia shtatida dunyoga kelgan yozuvchi. Dashner oʻzining fantastik janrdagi asarlari bilan mashhurlikka erishgan. Uning asarlari asosan kichik yoshdagi insonlarga bagʻishlangan. U oʻzining The Maze Runner asari va yoshlarga bagʻishlangan "The 13th Reality" asarlari toʻplami bilan mashhur. Uning 2008-yilda chop etilgan "The Journal of Curious Letters" romani toʻplamdagi birinchi asar boʻlib, har yili oʻtkaziladigan "Borders Original Voices” tanlovining yillik mukofotiga sazovor boʻlgan.

2014-yilda The Maze Runner asarining ekranlashtirilgan versiyasi boʻlgan Labirintdagilar filmi ommaga taqdim etilgan. 2015 va 2018-yillarda filmning qolgan ikki qismi ham suratga olingan. Film trilogiyasi umumiy taxminan 949 million dollar daromad keltirgan. Trilogiyaning umumiy kassa daromadi uni kichik yoshdagilarga bagʻishlangan kitoblarga ishlangan filmlar seriyasi boʻyicha Harry Potter, Twilight Saga va The Hunger Games franshizalaridan keyin toʻrtinchi oʻrinni egallagan. 2018 yilda Dashner jinsiy zoʻravonlikda ayblanib, agenti va nashriyotchisi bilan kelishuvlar bekor qilingan. Dashner oʻz bayonotida shunday deydi: „Men har qanday tanqidlarni va ayblovlarni oʻta jiddiy qabul qilyabman, ularni hal qilish uchun maslahat va yoʻl-yoʻriq soʻrayman“[2].

Hayotining ilk davrlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

James Dashner 1972-yil 26-noyabrda Georgia shtatining Austell shahrida dunyoga kelgan[3]. Dashner Mormon sifatida tarbiya qilingan. 10 yoshida Dashner ota-onasining yozuv mashinkasida turli narsalar yozishi sabab yozuvchilikka ilk qiziqishlari uygʻongan[4]. Dashner 1991-yilda Duluth High Schoolni tamomlagan[4]. James Brigham Young Universityda taqsil olish uchun Atlantadan Georgia shtatining Provo shahriga koʻchib oʻtib, u yerda buxgalteriya boʻyicha magistr darajasini qoʻlga kiritgan[4][5].

Dashnerning ilk romani A Door in the Woods boʻlib, 2003-yilda nashr etilgan. Uning koʻplab kitoblari singari, A Door in the Woods ham oʻsmirlarga moʻljallangan fentezi janridagi asar. Hikoya oʻrmondagi odamning harakatlaridan shubhaga tushgan Jimmy Fincher haqida edi. Jimmy guvoh boʻlgan narsa uning hayotini tubdan oʻzgartiradigan voqealarning boshlanishiga sabab boʻladi[6]. A Door in the Woods asari Jimmy Fincher Saga deb nomlanuvchi kitoblar toʻplamining bir qismiga aylangan[7]. 2004-yilda Jimmy Fincher Saganing navbatdagi qismlari boʻlgan ikkinchi va uchinchi kitoblar ham chiqarilgan. Ikkinchi qism A Gift of Ice boʻlib, u Jimmyning „Stompers“dan dunyoni qutqarishi haqida hikoya qiladi[8]. Toʻplamning uchinchi qismi 2004-yil ohirlarida nashr etilgan boʻlib, "The Tower of Air" deb nomlangan. 2005-yilda nashr etilgan toʻrtinchi kitob War of the Black Curtain asari toʻplamni yakunlagan[9].

Jimmy Fincher Saga toʻplami yakunlanganidan soʻng, Dashner ikkita yangi toʻplam ustida ish boshlagan. Birinchi toʻplam The 13th Reality nomi ostida nashr etilgan, ikkinchisi The Maze Runner kitoblar toʻplami sifatida tanilgan. Dashner 2008-yilda The 13th Reality toʻplamining ilk kitobi boʻlgan The Journal of Curious Letter asarini nashr ettirgan. Kitob nashr etilgan yili bolalar orasida juda keng ommalashib, Whitney Awardga sazovor boʻlgan[10][11]. 2009-yilda roman yana Borders Original Voices sovrinini ham qoʻlga kiritgan[12]. 2009-yilda Dashner yana ikkita kitob chiqargan. Birinchisi The 13th Reality toʻplamining ikkinchi qismi boʻlgan The Hunt for Dark Infinity asari edi. Ikkinchi kitob The Maze Runner boʻlib, shu nomdagi toʻplamning ilk asari boʻlgan. The Maze Runner kitobining mashhurligi 20th Century Foxni 2010-yil oxirida asarni ekranlashtirish huquqini qoʻlga kiritishga undagan[13]. The Maze Runner ilk marta 2012-yil oxirida New York Timesning bestsellerlari roʻyhatida The Hunger Games va Divergent bilan birga eʼtirof etilgan[14]. The Maze Runner koʻp yillar davomida bestsellerlar roʻyxatda qolib, barcha davrlarning eng koʻp sotilgan bolalar kitoblaridan biriga aylangan.

2013-yilda Labirintdagilar filmi premyerasi ortga surilib 2014-yil Sentryabrda ommaga taqdim qilinishi haqida eʼlon qilingan. Xuddi shu davrda, toʻplamning ikkinchi qismi boʻlgan The Scorch Trials Fox tomonidan suratga olinayotgan Labirintdagilar filmning davomi boʻlishi eʼlon qilingan[15]. Biroz oʻtib Dashner VirtNetda ishlaydigan xaker Michaelning hayoti haqida soʻzlovchi The Eye of Minds asarini ommaga taqdim etgan[16]. Asar The Mortality Doctrine kitoblar seriyasining ilk qismiga aylangan. 2014-yil sentyabr oyida Labirintdagilar filmi premyera qilinib, butun dunyo boʻylab 348,3 million dollar daromad qilgan[17]. Fox birinchi filmning davomi tahminan bir yillardan soʻng, 2015-yil sentyabr oyida ommaga taqdim etilishini eʼlon qilgan[18].

Trilogiyaning soʻnggi qismi boʻlgan Labirintdagilar: Oʻlimga qarshi filmi 2017-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan. Filmning asosiy rolini gavdalantirayotgan aktyor Dylan O'Brien 2015-yilda suratga olish maydonchasida jarohat olib film suratga olish ishlari ortga surilgan[19]. Film 2018-yilning yanvar premyera qilingan hamda trilogiyadagi avvalgi ikki film kabi 250 million dollardan koʻp daromad keltirgan[20]. 2018-yil iyul oyida Dashner 15 yil ichida ilk marta yangi kitob yozayotganini eʼlon qilgan[21].

Labirintdagilar: Oʻlimga qarshi filmi ommaga taqdim etilganidan soʻng, Dashner jinsiy zoʻravonlik bilan shugʻullanayotganini xaqida School Library Journal veb-saytida anonim ravishda habarlar joylashtirilgan[22]. Toʻrtta izohda Dashner tomonidan tazyiq qilinganligi daʼvo qilingan va yana ikkita izoh mualliflari Medium platformasida oʻtkazilgan tazyiq haqidagi soʻrovnomada uni xabar qilganliklarini aytishgan[23]. Bu holatlardan soʻng, Dashnerning agenti Michael Bourret ortiq u bilan ishlashni davom ettira olmasligini bayon qilgan[24]. Dashnerning nashriyotchisi Penguin Random House, bundan soʻng uning kitoblarini nashr qilmasligini taʼkidlagan[25]. Bu ayblovlar keng koʻlamli Me Too harakatining bir qismi boʻlgan[26].

2021-yil oktyabr oyida Dashner kattalar uchun horror janridagi House of Tongues romanini Riverdale Avenue Books nashriyotida chop etgan. Kitob chop etilgandan soʻng koʻpgina ijobiy izohlar bildirilgan[27].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dashner va uning rafiqasi Lynette Anderson, Brigham Young University taqsil olishgan. Xozirda toʻrt farzandi bor va Utah shtatida istiqomat qilishadi.

Nashr qilingan kitoblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dashnerning kitoblari asosan yosh oʻsmirlar uchun moʻljallangan. Uning asarlari odatda sarguzasht, tirik qolish va ilmiy-fantastik janrlarni qamrab oladi.

Uning eng ommalashgan The Maze Runner kitobi 2014-yil 21-sentyabrda kitobning film versiyasi premyerasidan 2 kun oʻtib New York Times jurnali bestsellerlari maqomiga ega boʻlgan[28].

The Jimmy Fincher Saga

  • A Door in the Woods (2003)
  • A Gift of Ice (2004)
  • The Tower of Air (2004)
  • War of the Black Curtain (2005)

The 13th Reality toʻplami

The Maze Runner toʻplami

Maze Runner voqealaridan avval sodir boʻlgan voqealar kitoblari

The Maze Cutter toʻplami (trilogiyaning davomi)

  • The Maze Cutter (2022)
  • The Godhead Complex (2023)

The Infinity Ring toʻplami [30]

  • A Mutiny in Time (1-kitob) (2012)
  • The Iron Empire (7-kitob) (2014)

The Mortality Doctrine

Daxshat janri

The House of Tongues (2021)

  1. (unspecified title)
  2. Dashner, James „A message from me to you...“ (2018-yil 15-fevral). 2018-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-fevral.Andoza:Primary source inline
  3. „Georgia Authors: James Dashner“. Georgia Center for the Book. 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „About Dashner's Life“. jdashnerdaily.com.
  5. Stettler, Jeremiah. „Quitting his day job“. Salt Lake Tribune (2008-yil 6-mart). 2014-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-oktyabr.
  6. „A Door in the Woods (The Jimmy Fincher Saga #1)“. Goodreads.
  7. „A Door in the Woods (The Jimmy Fincher Saga #1)“. Goodreads.
  8. „A Gift of Ice (The Jimmy Fincher Saga #2)“. Goodreads.
  9. „War of the Black Curtain“. Goodreads.
  10. De Groote, Michael. „Best LDS fiction named at Whitney Awards“. MormonTimes.com (2009-yil 26-aprel). Qaraldi: 2009-yil 30-iyul.[sayt ishlamaydi]
  11. De Groote, Michael. „'08 Whitney Awards honor best LDS fiction“ (2009-yil 30-aprel). Qaraldi: 2009-yil 30-iyul.
  12. „Interview with James Dashner“. The Author Hour (2009-yil 10-dekabr).
  13. Zeitchik, Steven „Young-adult sensation The Maze Runner gets ready to run the movie gantlet (Updated)“. Los Angeles Times (2011-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 5-fevral.
  14. „Children's Series Best Sellers“. The New York Times (2014-yil 23-mart).
  15. Langshaw. „Fox Acquires Rights The Scorch Trials“. DigitalSpy (2013-yil 11-oktyabr).
  16. Scribe. „Review of The Eye of Minds by James Dashner“. The Guardian (2013-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  17. „The Maze Runner (2014)“. The Numbers. Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
  18. McNary. „Fox to Release 'Maze Runner: The Scorch Trials' in Multi-Screen Format“. Variety (2015-yil 21-aprel).
  19. White. „Maze Runner: The Death Cure delayed again as Dylan O'Brien recovers from his injuries“. Empire (2016-yil 1-may).
  20. „Maze Runner: The Death Cure (2018)“. The Numbers.
  21. Canfield, David (July 6, 2018). „James Dashner says he's working on his first book since being dropped by publisher“. Entertainment Weekly.
  22. Flood, Alison „Maze Runner author James Dashner dropped by US publisher amid harassment claims“. The Guardian (2018-yil 16-fevral). Qaraldi: 2018-yil 22-fevral.
  23. Romano, Nick (15 February 2018). „Maze Runner author says he'll 'seek counseling' following misconduct claims“. Entertainment Weekly. Qaraldi: 27 March 2018.
  24. Flood, Alison „Maze Runner author James Dashner dropped by US publisher amid harassment claims“. The Guardian (2018-yil 16-fevral). Qaraldi: 2018-yil 22-fevral.
  25. Cohen, Patricia; Hsu, Tiffany. „Children's Book Industry Has Its #MeToo Moment“ (2018-yil 15-fevral). 2018-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-fevral.
  26. Flood, Alison „Maze Runner author James Dashner dropped by US publisher amid harassment claims“. The Guardian (2018-yil 16-fevral). Qaraldi: 2018-yil 22-fevral.
  27. „House of Tongues – A gripping, entertaining, but sometimes uneven horror story“. Kirkus Reviews.
  28. „Best Sellers > Series Books“. The New York Times Book Review (2014-yil 21-sentyabr).
  29. Dashner. „Great News from Borders Bookstores“. jamesdashner.com (2008-yil 27-fevral).
  30. Pavao, Kate. „Q & A with James Dashner“. Publishers Weekly (2012-yil 2-avgust). Qaraldi: 2014-yil 15-oktyabr.
  31. Dashner. „The Mortality Doctrine series“. jamesdashner.com.