[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Isaak Sukervanik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Isaak Platonovich Sukervanik (1901.23.5, Boku — 1968.21.4, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1942). Kimyo fanlari doktori (1940), professor (1940). Turkiston universitetini tugatgan (1927), organik kimyo kafedrasi mudiri (1938-yildan). Asosiy ilmiy ishlari aromatik birikmalarni alkillash va atsillashga oid. Aromatik uglevodorodlarni spirtlar bilan alyuminiy xlorid ishtirokida alkillash usullarini ishlab chiqqan (1933—34). Bifunksional birikmalar bilan alkillash reaksiyalarini oʻrgangan hamda galoid-, oksi-, alkoksi-, karboksi-, sian-va nitro-hosilalar olish usullarini taklif etgan. Defoliantlar, desikantlar va oʻstirish regulyatorlari sintezini amalga oshirgan (1963-yildan).

  • Issledovaniya neftey Oʻzbekistana, T., 1938; Issledovaniya v oblasti alkilirovaniya yadra aromaticheskix soyedineniy, Yerevan, 1955.