Iguasu
Qiyofa
Iguasu — 1) Jan. Amerikadagi dare, Braziliya hududida, Parananing chap irmogʻi. Uzunligi 1320 km, havzasining maydoni 62 ming km2. Quyi qismida Braziliya bilan Argentina chegarasidan oqadi. Serostona, sharsharalar bor; 2) Jan. Amerikadagi sharshara, Iguasu daryosida. Iguasu daryosining Parana daryosiga quyilish joyidan 26 km yukrrida. Ikkita tik bazalt zinadan oʻzaro orollar bilan ajralgan 275 dan ortiq katta va kichik sharsharalardan iborat boʻlib, tor daraga 72 m balandlikdan tushadi. Kengligi 4000 m gacha. I. atro-fida shu nomda Argentina va Braziliyaga qarashli milliy park tashkil etilgan. Turizm rivojlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |