[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Iogann Lambert

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iogann Lambert
Tavalludi 26-avgust 1728
Vafoti 25-sentyabr 1777
Fuqaroligi Republic of Mulhouse va Fransiya[1]

Iogann Genrix Lambert (Johann Heinrich Lambert; 1728.26.8, Myulxauzen - 1777.25.9, Berlin) — nemis matematigi, fizigi, astronomi va filosofi. Berlin Fanlar akademiyasi aʼzosi (1765). Ilmiy ishlari geometriya (parallel toʻgʻri chiziqlar, konus kesimlari, perspektiva nazariyasi), sferik trigonometriya va algebraga oid. Lambert l sonining irratsionalligini birinchi boʻlib isbotlagan (1766). U giperbolik funksiyalar apparatini bi-rinchilardan boʻlib qoʻllagan va bu funksiyalarga nom bergan (1768). Lambert mantiqiy hisobni ishlab chiqqan va J. Bul mantiqiy algebrasining gʻoyalarini oldindan bilgan. Fizikada Lambert atmosferada yorugʻlik refraksiyasini oʻrgangan, fotometriyaga oid tekshirishlar oʻtkazgan, xira sirtlarda yorugʻlik qaytishi nazariyasini bergan. Astronomiyada kometali orbitalarni, Yupiter va Saturn harakatlari xususiyatlarini tekshirgan.[2]

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil