[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Distillash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Haydashdan yoʻnaltirildi)

Distillash (lotincha: disstillatio — tomchilab oqish), distillanish, haydash — suyukliklarni buglatib, sof komponentlarga yoki har xil tarkibli fraksiyalarga ajratish, tozalash. Buning uchun komponentlarga ajratiladigan suyuklik qizdiriladi va undan ajralib chiqayotgan bugʻ kondensat lanadi. Tarkibi va qaynash temperaturalari oʻzgarmasdan haydaladigan eritmalarni D. usuli (azeotrop distillanish) ham bor. Metallurgiyada rudalar yoki ularning konsentratlaridan rangli metallarni avval bugʻlantirib (yuqori temperaturada qaytarib), keyin kondensatlab ajratib olish ham D. deyiladi. D. neftni fraksiyalarga ajratish, spirtni tozalash, yogʻni eritmadan ajratib olishda va b. sohalarda keng qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil