[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Havo vinti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Havo vinti

Havo vinti, propeller -uchish apparati (dirijabl, samolyot, vertolyot, aerochana va boshqalar)da kuraklari radial joylashgan harakatlantir-gich. Aylanganida havoni irgʻitib tashlashi hisobiga tortish kuchi hosil qiladi. Dvigatel valigi joylashgan vtulka, qulochi boʻyicha koʻn-dalang kesimi turlicha shaklda boʻlgan parraklardan iborat. Kuraklar yogʻoch, duralyuminiy, poʻlat va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Uchish apparatining ilgarilama harakat tezligi, aylanishdagi chiziqli tezlik va vintning aylanishidan hosil boʻladigan qoʻshimcha havo oqimi tezliklarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan kuch taʼsirida kuraklarga qandaidir ataka burchagi ostida havo oqimi kelib uriladi. Shunda kuraklarning barcha kesimlaridan hosil boʻluvchi yigʻindi aerodinamik kuch Havo vintining tortish kuchini va uning aylanishiga qarshilik kuchini vujudga keltiradi. Dvigatel quvvatiga qarab, Havo vinti kuraklari soni turlicha (2, 3, 4) va qarama-qarshi tomonga aylanuvchi oʻqdosh (quvvatni tejash uchun ) boʻlishi mumkin (rasmga q.). Uchish vaqtida dvigatelni majburiy toʻxtatish (flyugerli rejim) yoki qoʻnish vaqtida tormozlash maqsadida teskari tortish (reversiv rejim) hosil qilish uchun uchish vaqtida qadamini oʻzgartiradigan Havo vintidan foydalaniladi.