[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kinuyo Tanaka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kinuyo Tanaka (yaponcha 田中 ⁇ 代, Hepburncha Tanaka Kinuyo, 29-noyabr 1909-yil 21-mart 1977-yil) − Yaponiyalik aktrisa va kino rejissyor[1][2]. Kinuyo Tanaka, 50 yil davomida 250 dan ortiq filimlarda qatnashgan, shuningdek 15-ta filimdagi roli uchun tanilgan[3]. Asosan, Oharu (1952-yil) va Ugetsu (1953-yil) filimlari orqali mashhurlikga erishgan. 1953-yilda Love Letter nomli filmga rejisyorlik qilgan[3][4].

Erta hayoti va karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanaka Yamaguchi prefekturasining Shimonoseki shahrida tugʻilgan. uning otasi Kumekichi va onasi Yasu, ular kimono savdogarlari oilasidan boʻlishgan. Tanaka oilada eng kichkina farzand boʻlgan. Tanakaning otasi davosiz kasalikga chalinib 1912-yilda vafot etgan. Otasi vafotidan soʻng, oila moliyaviy muammolarga duch kelishni boshlagan, va 1920-yilda Osakaga koʻchib oʻtishgan. Tanaka 1924-yilda Genroku Onna („Genroku davri xotini“) filmida ilkbora rol ijro etgan. 1927-yilda Hiroshi Shimizi, birga ishlashni taklif etadi va Tanaka bunga rozi boʻlgan. 1929-yilga qadar ular bir qancha filimlarda birga rol ijro etishgan va baʼzi oilaviy kelishmovchiliklar sababli ajrashishgan. Bu voqeadan soʻng Tanaka butun hayoti davomida turmush qurmagan. Tanaka Yasujiro Ozu „I Graduated“ filmida rol ijro etganidan soʻng mashhurlikga erishgan, shuningdek 1929-yilda Tanaka Ayyoku no ki (Mujodbaxt va istak yoki kechasi istak) filmida bosh rol oʻynagan. 1931-yilda Heinosuke Gosho rejissyorligida Yaponiyaning birinchi ovozli filmida qatnashgan. 1930-yillarda Tanaka shunchalik mashhur boʻldiki, koʻplab kinofilmlarning nomlari uning nomidan foydalangan, masalan, Kinuyo Monogatari („Kinuyo hikoyasi“), Joi Kinuyo Sensei („Doktor Kinuyo“) va Kinuyo no Hatsukoi („Kinuyoning birinchi muhabbati“) filmlarida. 1938-yilda u Hiromasa Nomuraning „Aizen katsura“ filmida Ken Uehara bilan birgalikda kinoda bosh rollarni ijro etishgan. Aizen katsura filimi urushdan oldingi davrning eng yuqori daromadli filmi hisoblangan[5]. 1940-yilda Tanaka birinchi marta Kenji Mizoguchi bilan hamkorlikda ish olib borishgan, va Naniwa Onna („Osako xotini“) filmida birgalikda rol ijro etishgan. 1940-yilda Tanaka „Ornamental Hairpin“ filmida rejissyorlik qilgan[6][7]. 19-yilda Tanaka rejissyor Keisuke Kinoshita bilan vatanparvarlik asaridagi „Army“da birinchi hamkorlikni boshlashgan. Film oʻzining militarizm xabarini buzgan finalining mashhurligi bilan mashhur boʻldi[7].

Urushdan keyingi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1949-yil oktyabr oyidan boshlab Tanaka, AQShga uch oylik sayohatga uchib ketgan. Tanaka, uch oy davomida oʻzining muxlislarini yuqotgan[8]. Keyinchalik Tanaka, Mikio Naruse, Ozu, Kinoshita, Gosho va boshqalar bilan bir necha filmlarda rol ijro etishgan. Tanaka rejissyor Kenji Mizoguchi bilan oldindan tanishligi sababli, birgalikda hamkorlik qilishni taklif etgan va Kenji rozilik boʻlgan, va ular birgalikda 15 ta filmda asosiy rollarni oʻynashgan, shu jumladan „Oharu hayoti“ (1952), „Ugetsu“ (1953) va „Sansho the Bailiff“ (1954) filmlari orqali Tanaka qayta mashhurlikka erishgan. Ushbu filmlarning, zamonaviy va tarixiy dramalarning takrorlanadigan mavzusi oila, sevganlar va jamiyat tomonidan yomon muomala qilinadigan ayollarning taqdiridir[7]. Tanaka va Mizoguchining ishtiroki koʻp taxminlarga sabab boʻlgan. Bu haqida aktrisa 1975-yilgi „Kenji Mizoguchi: Film rejissyorining hayoti“ hujjatli filmida Tanaka va Mizoguchi „kameraning oldida, lekin uning orqasida turmush qurgan“ deb sharh bergan[9]. Ularning ishqi munosabatlari Mizoguchi, Yaponiya Direktorlar Guildining Nikkatsu studiyasiga rejissyor sifatida taklif qilganidan soʻng, tugagan[10].

Tanakaning tugʻilgan shahrida joylashgan muzey uning sharafiga „Kinuyo Tanaka madaniyat muzeyi“ deb atalgan.

Masaki Kobayashi, Tanakanining ikkinchi turmush oʻrtogʻi boʻlgan, shu sababli Tanaka koʻp yutuqlarga sazovor boʻlgan[5][11]. 1985-yildan boshlab, aktrisa asarlari va faoliyati uchun Kinuyo Tanaka mukofotini qoʻlga kiritgan.

Tanaka 2018-yilda Irene Gonzalez-Lopez va Maykl Smit, ishi va hayoti haqida birinchi ingliz tilidagi baʼdiy toʻplamini nashr etgan, va undan soʻng, Millat yulduzi nomidagi mukofotga erishgan[12]. 2020- yilda Tanaka, Locarno Film Festivalining badiiy direktori Lili Hinstin bilan uchrashgan[13][14].

2021-yilda Tanaka rejissorlik qilgan oltita film ham Kan Film Festivalida va Lyon Film Festivalida raqamli qayta oʻrnatilgan versiyalarda namoyish etilgan[15].

Tanaka hayoti davomida 258-ta filmda rol ijro etgan.  

  1. „田中絹代 (Tanaka Kinuyo)“ (ja). Kinenote. Qaraldi: 2022-yil 2-yanvar.
  2. „田中 絹代 (Tanaka Kinuyo)“ (ja). Kotobank. Qaraldi: 2022-yil 2-yanvar.
  3. 3,0 3,1 „10 great films set in medieval Japan“. British Film Institute. Qaraldi: 2023-yil 4-yanvar.
  4. „Kinuyo Tanaka—Actress, Director, Pioneer“. Harvard Film Archive. Qaraldi: 2023-yil 27-avgust.
  5. 5,0 5,1 Sharpe, Jasper. Historical Dictionary of Japanese Cinema. Scarecrow Press, 2011 — 240–242-bet. ISBN 978-0-8108-7541-8. 
  6. Jacoby, Alexander. Critical Handbook of Japanese Film Directors: From the Silent Era to the Present Day. Berkeley: Stone Bridge Press, 2008. ISBN 978-1-933330-53-2. 
  7. 7,0 7,1 7,2 The Best Japanese Film of Every Year – From 1925 to Now. British Film Institute. Qaraldi: 2021-yil 20-yanvar.
  8. Gonzalez-Lopez, Irene. Tanaka Kinuyo:Nation, Stardom and Female Subjectivity. Edinburgh University Press, 2017 — 106–107-bet. ISBN 978-1-4744-4463-7. 
  9. Gonzalez-Lopez, Irene. Tanaka Kinuyo:Nation, Stardom and Female Subjectivity. Edinburgh University Press, 2017. ISBN 978-1-4744-4463-7. 
  10. Tony Rayns video essays in the Masters of Cinema edition of The Crucified Lovers/The Woman in the Rumor.
  11. Prince, Stephen. A Dream of Resistance: The Cinema of Kobayashi Masaki. Rutgers University Press, 2017 — 291-bet. ISBN 9780813592374. 
  12. „Edinburgh University Press Books“.
  13. „Locarno to fete Japan's Kinuyo Tanaka in first retrospective devoted to female filmmaker“.
  14. „Tanaka Kinuyo will not appear at Locarno“ (2021-yil 13-mart).
  15. „Tokyo Festival Honors Japan's Pioneering 1950s Female Filmmaker Kinuyo Tanaka“. The Hollywood Reporter (2021-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.